§. Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifi
Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifida quyidagi belgi- xususiyatlarning alohida o'rni bor:
Har qanday leksema ikki tomonning - ifoda va mazmun planlarining (noniema va sememaning) birligidan tarkib topadi:
a) leksemaning ifoda plani lining fonetik qobig'idir (fonemalar, bo'g'inlar va so'z urg'usidan iborat moddiy-material shakli). Masalan, quloq lekse- masining ifoda planida 5 ta fonema (q, u, I, o, q), 2 ta bo'g'in (qu-loq) va I ta so'z urg'usi (quloq) bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |