Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya



Download 3,36 Mb.
bet41/191
Sana24.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#407979
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191
Bog'liq
2 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021 Восстановлен

Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Bu holat demokratik yo‘liga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovidir. Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir.

Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir.Partiyaga 1991-yilning noyabrida asos solindi.Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi.

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan.Lekin besh yillik faoliyati o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi. 2000-yil aprelda “Vatan taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq, degan xulosa asosida ikkita partiya birlashdi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. 1995-yil fevralda tuzilgan O‘zbekiston “Adolat sotsial-demokratik partiyasi O‘zbekistonda shakllangan sotsial-demo- kratik partiyadir.Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va xalqaro sotsial demokratik harakatlarda faol ishtiroketishga intilmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi.

Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda asosiy masala O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligi ta’kidlandi va ular birlashtirildi.

O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir.

Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon bu ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi.

2008-yil O‘zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston ekologik harakati – 2008-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan.

2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Mazkur Murojaatnomada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 15 ta deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa partiyalar bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga erishishi lozimligi taklif etildi. 2019 yilda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkil topdi.

2010 yil 12 noyabrda kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning rolini oshirish borasida takliflar bildirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

Shuningdek, saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi.Ayni vaqtda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish masalasini hal etish borasida zarur bo‘ladigan saylovchilar imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi.Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. Shular qatorida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning «vakolatli vakili» degan yangi institut kiritildi, unga imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishini tekshirishda, saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqi berildi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda beshta siyosiy partiya faoliyat olib bormoqda:

1.Xalq demokratik partiyasi(O’zbekiston XDP) - siyosiy partiya sifatida mamlakatda birinchilardan bo‘lib, 1991-yil 1-noyabrda tashkil topdi. Partiya o’zining ommaviy axborot vositalariga ega.Uning markaziy nashrlari “O’zbekiston ovozi” gazetasi.

2.O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi (SDP) - 1995-yili 18-fevralda tashkil topdi va 30 ming a’zoga ega bo‘ldi. Partiyaning rasmiy nashri “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.

3.O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O’z MTDP ) – 1995 - yil 3- iyunda tashkil topdi. Partiyaning matbuot nashri - “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.

4.O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDeP) - 2003- yil 15-noyabrd tashkil topdi. Uning markaziy nashri –“XXIasr” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.

5.O’zbekiston ekologik partiyasi. 2019 yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston ekologik partiyasining ta’sis se’ezdi bo’lib o’tdi. Ta’sis se’ezdida O‘zbekiston ekologik partiyasini ta’sis etish va O‘zbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyihalari,O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi a’zolarini saylash, O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy nazorat taftish komissiyasi to’g’risidagi Nizomi, O‘zbekiston ekologik partiyasi Matbuot organini ta’sis etish, O’zbekiston ekologik partiyasining vakolatli vakillarini saylash kabi masalalarni ko’rib chiqdi.

Bugungi kunda dunyoda 100 ga yaqin davlatlarda ekologik partiyalar faoliyat olib boradi. Ko‘plab ekologik partiyalar mamlakatlar siyosiy maydonining teng huquqli a’zosi sifatida vakillik organlariga o‘rinlar egallash vazifalarini qo’yib orin olgach, parlamentda uz oldilaridagi mushtarak maqsadlarini davlat siyosati darajasida ilgari suradilar.

2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.

2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.

2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab berildi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Zero, Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish nazarda tutilganligi qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Bu siyosiy partiyalarning aholini o‘ylantirayotgan muammolarga samarali yechim topish, hududlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi.



Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam demokratiya yo‘lidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish