Boshlang’ich ta’lim va gimnaziyalar gminlar byudjetidan moliyalashtiriladi.(gmin-Polshadagi eng kichik ma’muriy birlik).
Gminlar o’quvchilar uchun doimiy dotatsiyalarni oladilar.
Xususiy maktablar ochish imkoniyatlari bor, bunda shaxsiy pul mablag’laridan tashqari davlat dotatsiyasini ham olish mumkin.
Maktablar ustidan pedagogik nazoratni kuratoriyalar amalga oshiradilar.
Boshlang’ich maktab
Majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlik: bog’chada yoki maktabda.
Bolalar 7 yoshdan o’qishni boshlashadi.
O’qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi.
O’qish ikki bosqichda bo’ladi:
1. Birinchi bosqich 1-3-sinflarni qamrab oladi.O’qituvchi o’quv dasturini o’quvchilarning o’zlashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiradi.
2. Ikkinchi bosqich 4-6-sinflarni o’z ichiga oladi, o’qitilayotgan fanlar an’anaviy va blokli fanlarga bo’linadi. Bunda polyak tili, tarix, matematika, chet tili kabilar an’anaviy o’quv fanlariga, ximiya, biologiya, geografiyani o’zida birlashtiruvchi tabiat fani blokli fanlarga kiradi.
Dars 45 minut davom etadi.
O’quvchi maktabni 6-sinfdan keyin majburiy imtihonlarni topshirish bilan yakunlaydi.
Gimnaziya
Ta’lim 3 yil davom etadi.
Gimnaziya 3 bosqichli imtihon topshirish bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo’yicha, matematika va tabiat bo’yicha, chet tili bo’yicha.
Litsey, texnikum O’rta maktablar ballar limitini e’lon qiladi.
O’qish litseyda 3 yil, texnikumda 4 yil davom etadi.
Texnikumni tugatgan o’quvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha juda murakkab imtihon topshiradi.
Litsey bitiruvchisi hech qanday mutaxassislikka ega bo’lmaydi, u faqat OO’YUlarida o’qishni davom ettirish uchun tayyorlanadi, ayrim fanlar chuqur o’rganiladi.
Litsey va texnikum yetuklik attestati imtihoni bilan yakunlanadi.