Aholi zichligi kartasi
O’zbekiston Respublikasi mintaqalarida aholining hududiy joylashuvi. Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 km2 va 71,5 kishidan iborat bo’lgan holda, u Navoiy viloyatidagi 7,9 kishidan Andijon viloyatida 631,2 kishiga farq qiladi. Bu boradagi ichki tafovut yoki geografik koeffitsient 79,9 martaga teng.
Tarixan aholi mamlakatimizning sug’oriladigan voha va vodiylarida zich joylashgan. CHunonchi, bu ko’rsatkich Farg’ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida ham ancha yuqori. Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati O’zbekiston hududining 61,9 foizini tashkil qilsada, bu yerda mamlakat aholisining atigi 8,9 foizi yashaydi; shu bois, aynan ana shu ikki ma’muriy birlik respublika aholisi joylashuvining o’rtacha ko’rsatkichiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
17-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |