Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi



Download 1,58 Mb.
bet75/84
Sana13.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#787173
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
Shahar sanoat majmua

Nazorat uchun savollar



    1. Ekologik ong va madaniyat nima?

    2. Sanoatlashgan Shahar deganda nimani tushunasiz?

    3. Sanoati rivojlangan shaharlar sirasini sanang.

    4. Atrof -muhitni muhofaza qilish uchun aholidan nimalar talab etiladi?

    5. Aholi ekologik ongi va madaniyatini oshirish uchun qanday yo’l tutish lozim.

    6. Aholi ekologik madaniyatini oshirishda hukumat qarorlari qanday?

16- SEMINAR MASHG’ULOT
MAVZU: Sanoatlashgan shaharlarning ekologik holat. Ekologik loyiha va dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni hayotga tatbiq etish.
Sanoat korxonalari joylashgan zonalar bu funkcional zona sanoat korxonalari bilan bog’liq ob’yektlarni joylashtirishga mo’ljallangan. U yerga shu ob’yektlarning bir-biriga bog’lanishini yaxshilash maqsadida temir yo’llar quriladi. Turar joylar bilan korxonalar o’rtasidagi yo’llar esa qulay, transport bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tranzit shaharlar orasidagi temir yo’l va avtomobil yo’llari alohida qilib quriladi. Temir yo’l vokzallari, avtovokzallar shahar tashqarisiga, aholiga zarar yetkazmaydigan qilib quriladi. U yerga sanoat korxonalarini joylashtirish sanitariya-epidemiologiya qoidalari asosida bo’ladi. Sanoat markazlarida asosan sanoat korxonalari, issiqlik elektrostanciyalari, avtomobil bazalari joylashgan bo’ladi. Konstruktorlik idoralari, o’quv markazlari hamda sanoat korxonalariga texnik tomondan xizmat qiladigan ob’yektlar joylashtiriladi. Sanoat korxonalari joylashgan zonada quyidagilarga e’tibor byeriladi:
a) aholi turar joylari havosining ifloslanishining oldini olish va aholini shovqin-surondan muhofaza qilish maqsadida aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari orasida sanitariya muhofaza zonasi o’rnatilishiga;
b) sanoat chiqindi suvlarining aholi foydalanadigan suv havzalariga 56 tushmasligiga; v) tuproqlar ifloslanishining oldini olish maqsadida sanoat korxonalari chiqindilarining o’z vaqtida shahardan chetga olib chiqib ketilishi, shuningdek yig’ilgan axlatlarning zarur hollarda zararsiz holatga keltirib, so’ngra olib chiqib ketilishiga;
g) yuk tashishga mo’ljallangan transport vositalari qatnovining aholiga zarar byermasligiga;
d) sanoat korxonalari shamol yo’nalishiga to’g’ri qilib joylashtirilganligiga va hokazo. 1971 yilda chiqarilgan va tasdiqlangan sanitariya va qurilish normalariga asosan aholi turar joylari va sanoat korxonalaridan chiqadigan zaharli gaz va changlarning havodagi miqdoriga qarab sanitariya-himoya zonalari 5 turga bo’linadi.
I tur-1000 m; II tur —500 m; III tur —300 m; IV tur—100 m va V tur-50 m. Mabodo, aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi himoya masofalari talabga javob byermasa, sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli gazlar, chang va boshqalar aholi sihat-salomatligiga putur etkazsa, turar joyning sanitariya holatiga zarari tegsa, u holda respublika Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Davlat Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqar-masi va respublika Davlat qurilish komitetining qo’shma ravishda chiqargan va tasdiqlangan qaroriga yoki farmoniga asosan aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari oralig’idagi himoya masofasi uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Masalan, keyingi yillarda qurilayottan yirik sanoat korxonalari talabini yuqorida zikr qilingan himoya masofalari mutlaqo qoniqtirmaydi. Bunday holatlarda aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi masofa kamida 5—10 km ga uzaytirilishi lozim. Navoiy shahrida qurilgan ximiya sanoati korxonalari haqiqatan ham zamon talabiga javob byeradi.
CHunki, shahar bilan korxonalar oralig’i 10— 15 km ga to’g’ri keladi. SHuni ham aytish kerakki, agar chiqindilarni ushlab qoladigan qurilmalar tozalash inshootlari chiqargan zaharli chiqindilar ta’sirini kamaytirsa, aholiga zarari tegishi oldini olsa, u holda himoya 57 masofasini qisqartirish mumkin. Bu nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qachon aholi turar joylari va sanoat korxonalari oralig’idagi himoya masofalaridan foydalanishga ruxsat byeriladi? Nima uchun u maydonlarga hammomlar, avtomobillar uchun garajlar, konstruktorlik idoralari, korxonalar, oshxonalar, magazinlar, zavod va kombinatlarning idora-boshqarmalari, texnika inshootlari qurilgan? Agar ushbu maydonlarning 35—40% iga daraxtlar ekilib, kichik o’rmonlar tashkil qilinsa yoki ko’kalamzorlashtirilsa, u yerdan foydalanish mumkin. Daraxtzorlarning eni 30—40 metr, uzunligi 100— 200 metrga etgan bo’lsa, ishchi-xizmatchilarning dam olishiga xizmat qiladi. Bunday daraxtzorlar iqlimni yumshatib, havoning oksigen bilan boyishiga, ifloslangan havoni tozalashga imkon byeradi. Sanoat markazlarn joylashtirnlgan maydonlar darhol obodonlashtirilishi, ko’kalamzorlashtirilishi lozim.
U yerga vodoprovod va kanalizaciya tarmoqlari ulansa, favvoralar qurilsa ayni muddao bo’ladi. Bulardan tashqari, sanoat korxonalari zonasida transport harakati hamda odamlarning yurishi uchun qonun-qoidaga asoslanib yo’llar quriladi. Ishchilarga qulay bo’lishi uchun ular yashayotgan joydan korxonalargacha bo’lgan masofa 25 km dan ortiq bo’lsa, jamoa transporti bilan ta’minlanadi. 3000 metrdan ziyodroq himoya masofasini talab qiladigan katta korxonalar shahar tashqarisiga quriladi. Odatda, sanoat korxonalari qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lmagan yoki kam foyda byeradigan, hosil unmaydigan yerlarga quriladi. Sanoat korxonalari suv havzalariga yaqin joylarga, sanitariya-himoya zonalari atrofiga, sanatoriy va kurort, dam olish zonalari yaqiniga qurilsa, unga yuqori gigienik talablar qo’yiladi.
Bunda korxona chiqindilari aholining 58 sihat-salomatligiga ta’sir qilmasligiga, ifloslantirmasligiga ahamiyat byeriladi.
Buning uchun sanoat korxonalarini zamonaviy texnika asbob-uskunalari bilan ta’minlash, asboblarni ish tushgach yaxshilab byerkitish, chiqindilarni tozalash inshootlari orqali zararsizlantirish va boshqalar ko’zda tutiladi. Sanoat korxonalari ishi suv bilan bog’liq bo’lsa, ular suv havzalariga yaqinroq qilib quriladi. Bunda sanitariya xodimlarining vazifasi murakkablashadi, chunki chiqindi suvlarni zararsizlantirish va ularni sanoat korxonalaridan olib chiqib ketish va suv havzalarini ulardan muhofaza qilish masalasi hal qilinishi kerak bo’ladi. Ba’zi sanoat korxonalari ishlab chiqqan mahsulotlar suv transporti orqali boshqa rayonlarga tashiladi. Buning uchun daryo bo’ylarida yuk qabul qilish, yuk tushirish portlari, inshootlar joylashtiriladi. Bunday ob’yektlar suv oqimining quyiroq qismiga joylashtiriladi.
Agar ular aholi turar joylari yaqiniga joylash-tirilsa, suv havzalarini ifloslantirib, aholi sog’lig’iga zarar etkazishi mumkin. Sanoat korxonalari suv havzalari yaqinida joylashgan bo’lsa, qirg’oq bo’ylarida dam olish uchun maydonlar qoldiriladi. Sanitariya nazorati xodimlari qayta qurish uchun mo’ljallangan shahar loyihasini izchillik bilan tekshirib, xulosa yozishi kerak. Unda shahar ichida joylashgan sanoat korxonalarini shahardan tashqariga olib chiqib ketish, sanitariya-himoya zonalari tashkil qilish, shahar ichida joylashgan, ammo tashqi muhitni ifloslantiradigan kichik korxonalardan muhitni himoya qilish choralari ishlab chiqiladi. SHaharlarni qayta qurcsh bosh planida murakkab vazifalar ham hal qilinadi. Bunda shunday masalalar ko’tariladiki, toki bu korxona aholiga zarar byermaydigan korxonaga aylansin.
Ba’zan korxona chiqindilarini texnologik yo’l bilan tozalash inshootlari yordamida zararsizlantirib bo’lmasa yoki ularni shahardan chetga olib chiqishning iloji bo’lmasa, korxonalar atrofida yashovchi aholi boshqa yerga ko’chiriladi. Qolgan aholiga esa turar joylar 59 bilan korxonalar oralig’ida himoya masofalari tashkil qilinadi. Xavfli portlash yoki yong’in chiqish xavfi bo’lgan korxonalar shahar chekkasiga, aholidan uzoqroq masofaga shamol yo’nalishiga to’g’ri qilib quriladi. Ko’pgina sanoat korxonalaridan qayta ishlab bo’lmaydigan chiqindilar chiqadi. Masalan, shlaklar, kul va boshqalar. Bular uchun maxsus poligonlar, chiqindi tagalanadigan axlatxonalar tashkil qilinadi.
Bunday joylar tepaliklar yonida, suv toshmaydigan joylarda tashkil qilinadi. Sanoat korxonalari joylashgan zonalarni qayta qurish masalasi ko’tarilganda korxonalarning rivojlanishini nazarda tutib, rezyerv maydonlar tashkil qilinadi. YAngi korxonalar qurish uchun ham maydonlar ajratiladi. SHu bilan bir qatorda temir yo’llar, avtomobil qatnovini tartibga solish, foydalanilmagan yo’llarni buzib, u yerga boshqa ob’yektlar qurish ko’zda tutiladi. Sanoat korxonalari chiqindilari havoni ifloslamasligi uchun zavodlarga chiqindilarni tozalash inshootlari qurish, ulardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Dunyoning eng ifloslangan shaharlar
Yildan yilga ekologik muammolar miqyosi oshib bormoqda. Bunday muammolar nafaqat uchinchi dunyo mamlakatlarida, balki MDH mamlakatlari hamda qo‘shni mintaqalarda ham avj olib bormoqda. “Xabardor.uz” sayti dunyoning eng ifloslangan shaharlari haqida ma’lumot taqdim etdi.
1. Boku (Ozarbayjon)
Ekologiya sohasi mutaxassislarining fikricha, Boku dunyodagi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Eng achinarlisi – vaziyat yomonlashib bormoqda. Buning asosiy sababi shahar hududida ulkan neftni qayta ishlash komplekslarining hamda katta miqdordagi neft quduqlarining joylashganidir.
2. Addis-Abeba (Efiopiya)
Mamlakatda daryolar soni kamligi yetmaganday, ularga oqova suvlari va axlat to‘kiladi. Buning natijasida shaharda ichimlik suvi tanqisligi vujudga kelgan. Suv filtrlarini sotib olishga esa hammaning ham qurbi yetmaydi. Ko‘pchilik ichishga yaroqsiz suv bilan chanqog‘ini qondiradi. Aslida esa bunday suv, ekspertlarning fikricha, hatto sanoatda ham qo‘llanmasligi kerak.
3. Mexiko (Meksika)
Tog‘lar va vulqonlar, ozon qatlamining nihoyatda yupqaligi dunyodagi eng yirik shaharda istiqomat qiluvchilarga jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Geografik joylashuv tufayli bu yerda havo yaxshi aylanmaydi, quyosh taftida esa 10 daqiqadan ortiq turib bo‘lmaydi.
4. Antananarivu (Madagaskar)
Mamlakatdagi yomon iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat kanalizatsiyani ishlatish va tozalovchi inshootlar qurishga to‘sqinlik qilmoqda. Axlatni qayta ishlash korxonalari esa hozircha yo‘q. Ya’ni shahar yaqin orada ulkan axlatxonaga aylanishi va yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
5. Dakka (Bangladesh)
Dakka – suv tanqisligidan aziyat chekayotgan yirik shaharlardan biri. Shaharliklar foydalanayotgan suvda katta miqdorda virus va patogen mikroblar borligi aniqlangan. Ammo bu yagona muammo emas. Shahar axlatga to‘lib ketgan, shuningdek, mashinalar chiqarayotgan is gazi tufayli havo me’yoridan ortiq ifloslangan.
6. Katmandu (Nepal)
Katmanduning asosiy muammosi ham ulkan axlattepalardir. Axlat uyumlari tarixiy-me’moriy yodgorliklarni to‘sib qo‘ygan, shahar ko‘chalari uysiz odamlar va itlarga to‘lib ketgan, shahar hududidan o‘tuvchi daryolarning suvi ham me’yoridan ortiq ifloslangan.
7. Dorussalom (Tanzaniya)
Mamlakatning sobiq poytaxti va eng boy shahri mehmonlarni boyligi bilan emas, axlat uyumlari va axlat yig‘ishtiruvchi xizmatlarning umuman yo‘qligi bilan hayratga soladi. Kanalizatsiyadan oqova suvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar ichimlik suvi oladigan daryoga chiqarib tashlanadi.
8. Bog‘dod (Iroq)
Urush natijasida nafaqat shaharning bosh me’moriy yodgorliklari, balki suvni tozalovchi inshootlar ham vayron bo‘lgan. Natijada Bog‘dod atrofida tez-tez neft ko‘loblari yuzaga keladi.
9. Brazzavil (Kongo)
Bu shahardagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yirik sanoat markazlari tomonidan havoga chiqarilayotgan zararli gazlar sababchi. Bundan tashqari, sanoat axlati to‘g‘ri ichimlik suvi manbalariga chiqarib tashlanadi.
10. Mumbay (Hindiston)
Bu yerda toza suvning o‘zi yo‘q, shahar ko‘chalari yoqimsiz hid va turli-tuman infeksiyalarga to‘la. Ekspertlarning fikricha, Mumbayni tozalash va zaruriy inshootlarni qurish uchun bir mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflanishi talab etiladi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish