G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Tez uyqu (paradoksal).
Tungi uyqu davomida tez uyqu 4-5 marta ro‗y beradi 
(taxminan 1,5 soatdan keyin) va 6,8 yoki 20 daqiqa davom etadi. Kattalarda tez uyqu 
uyquning umumiy davomiyligidan 20%ga, bolalarda 30%ga, va yangi tug‗ilgan 
chaqaloqlarda 50%ga to‗g‗ri keladi. Tez uyquda EEGda past amplitudali tez ritmlarni 
paydo bo‗ladi. Tez uyquda orqa miya reflekslari keskin susayadi. Biroq, tonus 
umumiy pasayishi bilan birga tananing ayrim mushaklari, ayniqsa yuzning ayrim 
mushaklari uchib turadi. Bir vaqtning o‗zida miyaga qon oqimi kuchayadi. Tez 
uyquning xarakterli xossalari ko‗zlarni qovoqlari yumilgan holda tez harakatlanishi 
(daqiqasiga 60-70 marta), EEGni o‗zgarishi, yurak qisqarishi chastotasi, arterial 
bosimni nomuntazam ortishi, gormonal faollikning kuchayishidir («vegetativ 
bo‗ron»). Tez uyqudan uyg‗otilgan odamlarning 80-90%i tush ko‗rganligini aytadi 
(48, 49-rasmlar).
Shunday qilib, tungi uyquning barchasi 4-5 sikldan iborat. Ularning har biri 
sekin uyquning birinchi bosqichidan boshlanib tez uyqu bilan yakunlanadi. Uyquning 
davomiyligi 80-100 daqiqani tashkil etadi. Birinchi sikllarda delta-uyqu, oxirgi 
sikllarda esa – tez uyqu ustunlik qiladi. 


182 


48-rasm. Bosh miya po’stlog’idagi uyqu vaqtida kuzatiladigan o’zgarishlar: 
А – EEGdagi yozuv; B – MRT dagi tasvir. 


183 
49-rasm. Mushukda bedorlik, yengil uyqu va paradoksal uyqu. 
 
Uyqu turlari. 
Uyquning bir necha turi bor: 1) davriy sutkalik uyqu; 2) davriy, 
mavsumiy uyqu (hayvonlarning qishki yoki yozgi uyqusi); 3) turli kimyoviy yoki 
fizik agentlar ta‘sirida kelib chiqadigan napkotik uyqu; 4) gipnotik uyqu; 5) patologik 
uyqu. Uyquning dastlabki ikki turi — fiziologik uyqu turlari, qolgan uch turi esa 
organizmga maxsus nofiziologik ta‘sirlar oqibati hisoblanadi. Masalan, 
narkotik uyqu 
efir yoki xloroform bug‗larini nafasga olish, organizmga alkogol, morfin va boshqa 
ko‗pgina zaharlarni yoborish, elektr toki bilan uzluksiz ta‘sir etish (elektronarkoz) va 
boshqa ko‗pgina ta‘sirlar natijasida yuzaga chiqishi mumkin. 
Patologik uyqu 
etiologiyasi va belgilari jihatidan bir necha tur xillarga ajratilishi mumkin. Miya 
anemiyasida, ya‘ni uning qon ta‘minoti yetarli bo‗lmaganda, miya qisilganda, katta 
yarim sharlarda o‗sma paydo bo‗lganda yoki miya stvolining ba‘zi qismlari 
zararlanganda patologik uyqu ro‗y beradi. Ko‗pincha patologik uyqu uzoq vaqt — 
ko‗p kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar mobaynida kuzatilishi mumkin. Patologik 
uyqu vaqtida mushaklar tonusini pasayishi, shuningdek ko‗tarilishi mumkin. 
Gipnotik uyqu 
katta diqqatga sazovor bo‗lib, vaziyatni gipnozlovchi
uxlatuvchi ta‘sirida va uyquga extiyoj borligini ishontiradigan gipnozchining 
harakatlari ta‘sirida vujudga kelishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida kishi tevarak-
atrofdagi olam bilan qisman aloqa qilib, sensomotor faoliyat saqlangani holda miya 
po‗stlog‗ining ixtiyoriy faolligi yo‗qolishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida mushaklar 
tizimining asab markazlari haddan tashqari susayish, tormozlanish holatida
shuningdek qo‗zg‗alish holatida bo‗la oladi. 


184 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish