FUNKSIYALARNI BERILISH USULLARI
I. Funksiya jadval koʻrinishda berilishi mumkin.
Ushbu usulda maʼlum tartibda - argumentlar qiymatlari va ularga mos ravishda funksiyaning qiymatlari yozib olinadi. Masalan metereologik maydonchada kun davomida temperaturani yozib borish natijasida olingan jadval, T – temperaturani t vaqtga bogʻliqlik funksiyasining jadval koʻrinishiga misol boʻladi.
II. Funksiyani grafik usulda berish mumkin.
Agar dekart koordinatalar sistemasida qandaydir M(x;y) nuqtalar toʻplami berilgan boʻlib, hech qanday ikkita nuqta OY oʻqiga parallel toʻgʻri chiziqda yotmasa, u holda bu nuqtalar toʻplami qandaydir bir qiymatli y=f(x) funksiyani aniqlaydi. Nuqtalarning abssissalari funksiyaning argumentlari, ordinatalari esa funksiyaning qiymatlari boʻladi. XOY tekisligidagi bunday nuqtalar toʻplami funksiyaning grafigi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |