Yuzani kimyoviy so‘rilish yo‘li orqali reagentlarni faollashtirish
mexanizmi
Reagentlarning bunday faollashtirish mexanizmiga yaqqol misol
sifatida silikatli minerallarni ishqoriy yer metallari tuzlari (kalsiy, bariy va
b.) va og‘ir metallar tuzlari (qo‘rg‘oshin, mis, temir va b.), sfalerit va temir
sulfidlarini mis tuzlari, alyuminiy silikatlarini kationli yig‘uvchilar mavjud
muhitda ftorit kislotasi faollashtirishini keltirish mumkin.
Ishqoriy yer metallari va og‘ir metallar tuzlarining silikatli
minerallarni faollashtiruvchi harakati sulfidsiz minerallarni oksigidril
yig‘uvchilar yordamida selektiv flotatsiyalashda katta ahamiyatga ega.
O‘zining yuzasida qiyin eruvchi sovun hosil qiluvchi kationlari bo‘lmagan
minerallar,
masalan,
kvars
bunday
yig‘uvchilar
yordamida
flotatsiyalanmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sof kvars yuzasiga
oleat
eritmasidan
faqatgina
olein
kislotasining
molekulalari
adsorbsiyalanib, bu adsorbsiyalanish kimyoviy birikishsiz (so‘rilishsiz)
sodir bo‘ladi va flotatsiyalanishga olib kelmaydi. Ammo, kvars ikki
valentli va og‘ir metall kationlari yordamida oson faollashadi va shundan
so‘ng oleat yoki boshqa oksigidril yig‘uvchilar yordamida flotatsiyalanib
boshlaydi. Ular faollashtirish qobiliyati bo‘yicha quyidagicha joylashadi:
Fe
+3
> A1
+3
> Fe
+2
> Sa
2+
> Mg
2+
Oksigidril yig‘uvchilarning xuddi shunday ta`sir qilish mexanizmi
nafaqat boshqa kationlar bilan (masalan, uch valentli temir yoki
alyuminiy) faollashtirilgan silikatli minerallarni (kvars, dala shpati va b.)
flotatsiyalashda, balki kassiteritni flotatsiyalashda ham bir xildir.
Kassiteritning toza yuzasi bilan olein kislotasining o‘zaro
ta`sirlashishi natijasida u faqat molekulyar holatda adsorbsiyalanadi va
mineral flotatsiyalanmaydi. Agar kassiteritning yuzasi ko‘p valentli
metallar ionlari bilan faollashtirilsa, u holda yig‘uvchining birikishi
kimyoviy surilish orqali sodir bo‘ladi va mineralning samarali
flotatsiyalanishi uchun yetardi so‘rilgan qatlam hosil bo‘ladi.
Og‘ir metal tuzlarining faollashtiruvchi ta`siri sulfidli minerallarni
sulfgidril yig‘uvchi reagentlar yordamida selektiv flotatsiyalashda muhim
rol o‘ynaydi.
Deyarli barcha polimetall rudalarni boyitish fabrikalarida rux
sulfidlarini faollashtirish uchun mis kuporosi (CuSO
4
·5H
2
O) qo‘llaniladi.
Yig‘uvchi reagentning kimyoviy so‘rilishi mavjudligiga qaramasdan
faollashtirilmagan sfaleritning yomon flotatsiyalanishi ksantogenatli
ionlarning diksantogenidgacha oksidlana olmaganligiga bog‘liq bo‘lib,
ushbu mineral yuzasining yuqori manfiy zaryadlanganligi bilan izohlanadi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |