Reаgentlаrning qo‘shish tаrtibi
. Flotatsiyada reagentlar tarkibi
ishlatilayotgan reagentlarning turi, ularning sarfi, jarayonga berilish tartibi
reagentlarning bo‘tana bilan ta’sirlashuv vaqti bilan belgilanadi. Reagent
112
tartibi berilgan rudaning flotatsion qobiliyatini, mineral zarrachalarni
yirikligi, suvning tarkibi va h.k.larni o‘rganish borasida olib borilgan
tajribalar asosida tanlanadi.
Odatda reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo‘shiladi: muhit
sozlovchilar, tazyiqlovchilar (faollashtiruvchilar), to‘plovchi va ko‘pik
hosil qiluvchilar.
Muhit
sozlovchilar
tegirmonga
yoki
chanlarga
beriladi.
To‘plovchilar esa kontakt chanlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri flotatsion
mashinalarga beriladi. To‘plovchi odatda bira-to‘la emas, balki oz-ozdan
qo‘shiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar flotatsion kameraga beriladi.
Suvning tarkibi flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv
o‘zining tarkibida har xil ionlar, erigan gazlar va boshqa qo‘shimchalarni
saqlaydiki, ular muhitning pH ini o‘zgartirib, ko‘pik hosil bo‘lishini
yomonlashtiradi va reagentlar sarfini oshiradi. Bo‘tanadagi ionlar kerak
bo‘lmagan holda minerallarga faolligini oshiruvchi yoki so‘ndiruvchi
sifatida ta’sir qilishi mumkin.
Flotatsiya jarayonida flotatsiyalanuvchi komponentning boyitmaga
ajralish darajasi va boyitmaning sifatini belgilaydi. Olib borilgan tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, flotatsiya vaqtining ma’lum bir chegarasi (optimum)
bo‘lib, flotatsiya vaqtining optimumdan oshishi iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq emas, chunki qimmatbaho komponentning boyitmaga
ajralishining sezilarsiz darajada ortishi flotatsiya vaqtining ancha uzayishi,
boyitma sifatining yomonlashishi va flotatsion mashina ishlab chiqarish
unumdorligining kamayishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishning
texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo‘tananing aeratsiyalanish
darajasi ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo‘tanani havo bilan
haddan tashqari to‘yintirish ularni qo‘shilishini ko‘paytiradi. Nisbatan
yirik pufakchalar katta tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral
zarrachalarning
ajralish
ehtimolini
oshiradi.
Bo‘tanada
mineral
zarrachalarni ko‘tarish uchun nisbatan yirik zarrachalarning ham, va
mineral zarracha yuzasini faollashtiruvchi mayda pufakchalar ham bo‘lishi
kerak.
Flotatsiyaning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlash
sharoiti ham ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo‘tananing hajmi va
undagi qattiq zarrachalarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo‘lishi
kerak.
Flotatsion mashinani haddan tashqari yuklash metalni boyitmaga
ajralishini kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga
113
нetarli miqdorda mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti
ortadi va ko‘pikli mahsulotga puch tog‘ jinslari o‘tib ketib, boyitma sifati
yomonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |