Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

 
Nаzоrаt uchun sаvоllаr: 
1.
Flоtаtsiya usulidа bоyitishning mоhiyati nimаdаn ibоrаt? 
2.
Flоtаtsiya jаrаyonidа muhit rеgulyatоrlаrining vаzifаsi nimаdаn 
ibоrаt? 
3.
Flоtаtsiya jаrаyonining tехnоlоgik ko‘rsаtkichlаrigа nimаlаr kirаdi? 
4.
Minеrаl zаrrа yuzаsining ho‘llаnishi dеgаndа nimа tushunilаdi? 
5.
Flоtаtsiya jаrаyonigа rеаgеntlаr qаndаy tаrtibdа qo‘shilаdi? 
 
 
3.8.
Flоtаtsiya jаrаyonigа tа’sir etuvchi оmillаr 
 
Flotаtsiya jаrаyonigа reаgentlаrning tа’siri.
Flotatsiya - universal 
va yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lgan jarayon 
hisoblanib, uning borishiga ko‘p sonli omillar ta’sir qilishi mumkin. 
Ularga: dastlabki mahsulotning mineral tarkibi va yirikligi, bo‘tananing 
zichligi, harorat, reagent tarkibi, suvning tarkibi, flotatsiya vaqti, 
bo‘tananing mashinadagi aeratsiyalanish darajasi va h.k. 
Boyitilayotgan 
rudaning 
mineral 
tarkibiga 
qo‘llanadigan 
reagentlarni tanlash, ularning sarfi, va rudadagi komponentlarni ajralish 


111 
ketma-ketligi tanlanadi. Rudani mineral - petrografik o‘rganish asosida 
flotatsiyadan 
oldin 
hamma 
mineral 
komponentlarning 
tarkibi, 
o‘simtalarning o‘zaro tuzilishi, begona aralashmalarining oksidlanish 
darajasi va har qaysi komponentning massa ulushi belgilanadi. Buning 
asosida reagentlar tanlanadi, yanchish va flotatsiya sxemalari belgilanadi 
[1]. 
Turli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli minerallarni 
nosulfid minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli 
rudalarning oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo‘lgan oksidli 
rudalarning flotatsion qobiliyati sust bo‘ladi va ular avval sulfidlanmasdan 
turib flotatsiyalanmaydi. 
Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo‘lishi 
kerakki, qimmatbaho komponent zarrachalari o‘ziga yopishgan puch tog 
jinslari minerallardan to‘liq ozod bo‘lgan va flotatsiyalanuvchi 
zarrachalarning o‘lchami havo pufakchalarining ko‘tarilishi kuchiga mos 
kelishi kerak. 
Odatda flotatsiyani zarrachalarning o‘lchami 0,02-0,5 mm orasida 
olib boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarning maksimal 
o‘lchami ularning gidrofobligiga va shakliga bog‘liq. Rudani flotatsiyadan 
oldin yanchganda shunga erishish kerakki, dastlabki bo‘tana tarkibida 
flotatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan yirik zarrachalar ham, shuningdek, 
ajralishni keskin ko‘paytiruvchi va reagentlar sarfini oshiruvchi, o‘lchami 
0,02 mm dan kichik bo‘lgan shlamlar bo‘lmasin. 
Bo‘tananing qattiq zarrachalarining massa ulushi 15-40% gacha 
bo‘lishi mumkin. Flotatsiyaning ba’zi jarayonlarida suyuqroq bo‘tana 
ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ayrim jarayonlar uchun esa bo‘tana 
quyultiriladi. 
Bo‘tananing zichligi katta bo‘lganda uning pufakchalar bilan 
to‘yinish darajasi pasayadi, yirik mineral zarrachalarning flotatsiyalanishi 
yomonlashadi, konsentratning sifati pasayadi. Yuqori sifatli boyitma 
olinishi talab qilinganda flotatsiya suyuqroq bo‘tanada olib boriladi. 
Haroratning ortishi ko‘p hollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir 
etadi. Bunda bir qator reagentlarning (ayniqsa, yog‘ kislotalari va 
sovunlar) eruvchanligi ortib, ularning sarfi kamayadi. Shu bilan bir vaqtda 
to‘plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatilganda bunday hol kuzatilmaydi 
va bunda bo‘tanani faqat qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish