Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

Sulfаt kislоtа
pirit vа pirrоtinni fаоllаshtirish uchun ishlаtilаdi. 
Fаоllаshtirish minеrаl zаrrаchа yuzаsidаgi tеmir gidrоksidi pаrdаsini 
eritishdаn ibоrаt bo‘lib, buning nаtijаsidа minеrаl flоtаtsiоn qоbiliyatini 
tiklаydi. 
Nаtriy sulfidi
rаngli mеtаllаr оksidli minеrаllаrini sulfidlаshtirishdа 
ishlаtilаdi. Bundа minеrаl zаrrаchа yuzаsidа оksid pаrdа hоsil bo‘lаdi. 
Bo‘tаnаdа minеrаl pаrdа bilаn tа’sirlаshish vа kislоrоd bilаn оksidlаnish 
nаtijаsidа erkin sulfid iоnlаrining sоni аstа–sеkin kаmаyib bоrаdi vа ulаr 
yo‘qоlishi bilаn ksаntоgеnаtni оksid pаrdа yuzаsidа hоsil bo‘lgаn sulfid 
pаrdа yuzаsidа аdsоrbsiyalаnishigа imkоniyat tug‘ilаdi. Shu pаytdа 
оksidlаngаn minеrаllаr yaхshi flоtаtsiyalаnаdi. Kеyinchаlik, sulfid pаrdа 
оksidlаnаdi vа ungа mаhkаmlаngаn ksаntоgеnаt bilаn birgаlikdа qаt–qаt 


98 
bo‘lib ko‘chаdi, hаmdа flоtаtsiya to‘хtаydi. Flоtаtsiyani qаytа tiklаsh 
uchun qаytа sulfidlаsh аmаlgа оshirilаdi [2]. 
Hаvо kislоrоdi 
sulfidli minеrаllаr yuzаsini vа bo‘tаnаdаgi erkin 
sulfid iоnlаrini оksidlаsh nаtijаsidа fаоllаshtirаdi. Sulfidli minеrаllаr 
yuzаsini qаttiq оksidlаnib kеtishi hаm zаrаrli, chunki bundа to‘plоvchining 
sаrfi оrtib kеtаdi. 
Faollashtiruvchi va so‘ndiruvchi degan atamalar nisbiy bo‘lib, bir 
vaqtning 
o‘zida moslovchi reagent har xil minerallar uchun 
faollashtiruvchi va so‘ndiruvchi bo‘lishi mumkin. Masalan, natriy sulfidi 
rangli metallarning oksidli minerallarini faollashtiradi ammo sulfidli 
minerallarni tazyiqlaydi. Bundan tashqari, qo‘llanilish sharoitiga ko‘ra bir 
moslovchi reagentning o‘zi ham tazyiqlovchi, ham faollashtiruvchi 
bo‘lishi mumkin. Natriy sulfidi bo‘tana tarkibida kam konsentratsiyada 
oksidlangan minerallarni faollashtiradi. Konsentratsiyasi ma'lum miqdorga 
yetgandan so‘ng o‘zining tazyiqlovchi harakatini namoyon etadi [10]. 
Faollashtiruvchi moslovchilarga quyidagilar taalluqlidir: 
1) og‘ir metallarning suvda eruvchi tuzlari (sfalerit ZnS, pirit va 
kvars uchun); 
2) ishqoriy metallarning suvda eruvchi tuzlari (kvars va 
sulfidlanmagan minerallar uchun); 
3) suvda eruvchi sulfidlar – natriy sulfidi (rangli metallarning 
oksidlangan rudalari uchun - serussit PbCO
3
, malaxit CuCO

Cu(OH)
2
); 
4) kislorod (sulfidli va sulfidsiz minerallar uchun). 
Faollashtiruvchilar faollashtirilayotgan mineral yuzasiga yig‘uvchi 
reagentning birikishi uchun xizmat qiladi. Faollashtiruvchilarning ta`siri 
tanlovchan va vaqtincha bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tazyiqlovchilar 
qo‘shilganda faollashtiruvchilarning qarshi ta`siri sezilmasligi kerak. 
Faollashtirishning asosiy mexanizmlari: 
1 – faollashgan yuza birikishni hosil qilish,
2 – yuzadan tazyiqlovchi qatlamni eritib yo‘qotish. 
Minerallarni selektiv flotatsiyalashni faqatgina yig‘uvchi va ko‘pik 
hosil qiluvchi reagentlar bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. U moslovchi 
reagentlar yordamida amalga oshirilib, ular orasida faollashtiruvchilar 
muhim o‘rin egallaydi. Faollashtiruvchi reagentlar sifatida noorganik 
birikmalar: kislotalar, ishqorlar, ishqoriy yer metallari tuzlari va og‘ir 
metallar tuzlari, kompleks hosil qiluvchi birikmalar va boshqalar. Ularni 
qo‘llashdan asosiy maqsad mineral yuzasiga yig‘uvchining so‘rilishini 
ta`minlab, ajratilayotgan mineralning samarali flotatsiyalanishi uchun 
uning yuzasini suvda namlanmasligini oshirishdan iborat. 


99 
Yig‘uvchilarning fizikaviy va kimyoviy so‘rilishininig rolini 
o‘rganish 
natijalari 
minerallarni 
flotatsiyalanishini 
faollashtirish 
yig‘uvchilarning so‘rilish qatlamini hosil qilish mineral yuzasining 
dastlabki 
namlanmaslik 
darajasining 
oshishi 
bilan 
bog‘liqligini 
o‘rganishga yordam beradi. Bunga quyidagi faollashtiruvchi reagentlarni 
qo‘llash orqali erishilib, ular quyidagicha ta`sir qiladi: 

mineral yuzasini tazyiqlovchi qobiqdan kimyoviy tozalash va 
yig‘uvchilar bilan ta`sirlashib, ularning yuzasida kerakli miqdorda 
so‘rilgan qatlam hosil qilish uchun elementlarning kristal panjaralarini 
ochish;

yig‘uvchilarni bog‘lanishi uchun markaz hisoblangan ionlarni 
mineral yuzasiga kimyoviy so‘riltirish;

yig‘uvchining yuzaga so‘rilishi uchun yaxshi sharoit yaratuvchi 
sorbsion qobiq hosil qilishga olib keladigan geterogen kimyoviy reaksiya 
paydo qilish. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish