7-ma‟ruza
Mavzu: Platifillin gidrotartrat, sitizin, efedrin gidroxlorid, morfin olish
texnologiyalari va ishlatilishi
Reja :
1
.
Platifillin gidrotartrat texnologiyasi
2 Sitizin texnologiyasi
3. Efedrin gidroxlorid texnologiyasi
4. Morfin texnologiyasi
Efedrin gidroxlorid olish texnologiyasi
Efedrin gidroxlorid rangsiz yoki oq kukun, hidsiz, achchiq ta‘mli. Suvda oson eriydi,
95
0
S spirtda eriydi, efirda erimaydi. Efedrin gidroxlorid nafas yo‗llari markazini
qo‗zg‗atuvchi,
bronxlarni kengaytiradi, qon bosimni oshiradi. Markaziy nerv tizimini
qo‗zg‗atadi. CHiqarilishi shakli kukun, tabletka, in‘eksiya uchun eritma.
Efedrin gidroxlorid ishlab chiqarishda qizilcha efedra – Ephedra equisefina Bunge,
o‗simligi hom ashyo sifatida ishlatiladi. Ushbu o‗simlik Qozog‗iston, Qirg‗iziston va
O‗zbekistonda tayyorlanadi.
Alkaloidlarni xom ashyodan ekstraksiyalash.
Butun holdagi qizilchani diskli tegirmonda 5-10 mm gacha maydalaniladi.
Ekstraksiyadan oldin diffuzorga joylangan mahsulotni bug‗latiladi (o‗tkir bug‗ bilan).
So‗ngra avvalgi diffuzordan qilgan sharbat bilan to‗ldiriladi.
Aralashtirish natijasida
diffuzordan diffuzorga sharbatlar katalizator orqali 85—90
0
S da quritilgan holatda o‗tadi.
1 soatlik tindirishdan keyin quyuq sharbat boshlang‗ich diffuzordan keyingi jarayonga
o‗tadi.
Bosqichda chiqish 82,9%.
Alkaloidlarni suvli sharbatdan kerosin bilan ekstraksiyasi
.
Yig‗gichda sharbatga ma‘lum miqdorda osh tuzi qo‗shiladi va 1 soat davomida
aralashtiriladi. Aralashtirishni davom ettirgan holda sharbatni 42% uyuvchi natriyning
suvli eritmasi bilan ishqorlatiriladi. So‗ngra, aralashtiriladi 65-70
0
da. Alkaloidlarni 65-70
0
da qizdirilgan
kerosin bilan ishlov beriladi, bunda suvli ishqoriy sharbat to‗liq ajraladi.
Kerosinli ekstraktdan alkaloidlarni 10% sulfat kislota eritmasi qarama-qarshi oqim
bo‗yicha kerosinli ekstrakt ajratiladi.
Psevdoefedrin ajratilishi
Alkaloidlarni sulfat kislotali eritmalarini aralashtirishli va qobiqli ekstraktorga
joylashtiriladi va eritma 42% uyuvchi natriyning eritmasi bilan ishqorlantiriladi. So‗ngra
ma‘lum miqdorda natriy sirkasi va ortofosfor kislota va faollashgan qo‗shib 5 minut
davomida qaynatilib aralashtiriladi. Qaynoq eritma bo‗z va qog‗oz filtr orqali nutch filtrda
filtrlanadi. Filtrdagi ko‗mirni qaynoq suv bilan yuviladi va asosiy filtratga qo‗shiladi.
Filtratni 25
0
gacha sovutiladi va 25% ammiak eritmasining ishqoriy muhit bo‗lguncha
qo‗shiladi. Eritmadan kristall psevdoefedrin cho‗kadi. Massani 30
minut kristallanish
uchun tindiriladi va mahsulotni sentrifugaga yuboriladi, bunda psevdoefedrinni
matochnikdan ajratiladi.
Efedrinni psevdoefedringa izomerlash.
Yig‗gichga 50% sulfat kislota eritmasi tayyorlanadi. Kislota eritmasining 80-90
0
gacha qizdiriladi, so‗ngra unga ma‘lum miqdorda psevdoefedrin qo‗shiladi va va massani
117-118
0
S da teskari sovutgich orqali qaynatiladi 2 soat davomida. So‗ngra uni 50
0
gacha
sovutiladi. Ishlab turgan aralashtirgichda 25% suvli ammiak
kongoga nordon reaksiya
berguncha qo‗shiladi. Bunda harorat 70
0
ga oshadi. Massani 50-52
0
gacha sovutiladi va
ammiak qo‗shishni davom ettiriladi. Psevdoefedrin eritmadan cho‗kmaga tushadi va u
bilan birga yog‗ ko‗rinishida efedrin ajralib chiqadi. Massa 30-35
0
gacha sovutiladi va
sentrifugada ajratiladi. Psevdoefedrinni suv bilan yuviladi. Bunda suvning harorati 40-60
0
bo‗ladi. YUvilgan suvlarni asosiy matochnikka qo‗shiladi.
Reaksiyaga kirishmagan
psevdoefedrinni 10 % namlik va 68-72% alkoloidlar bilan qaytarib olinadi.
Agar psevdoefedrin tiniq va sochiluvchan bo‗lsa, uni qayta izomerlashga beriladi.
Agar u qora rangda bo‗lsa uni tozalashga beriladi. Birlashtirilgan dixloretanli ekstrakt
psevdoefedrindan ajratilganni filtrlanadi va apparatga cho‗ktirish uchun tindiriladi.
Apparat qobig‗iga suv yuboriladi va 20
0
aralashtirib turgan holda 22-30% spirtli xlorid
kislota qo‗shiladi. Nordonlashtirilgan massani 20-20
0
gacha sovutiladi va 1 soatga
kristallashga qo‗yiladi. Ajratilgan texnik efedrin xidroxlorid toza
dixloretan bilan yuviladi
va yaxshilab siqiladi. Dixloretan yuvilgandan so‗ng uni asosiy matochnikka qo‗shiladi.
Texnik efedrinni 16 soat davomida 55-65
0
quritiladi.
Farmakopiyaviy efedrin gidroxloridni olish.
Texnik efedrin gidroxloridni aylantirgichli apparatga joylashtiriladi va ma‘lum
miqdorda suv qo‗shiladi va cho‗kma to‗liq eriguncha qizdiriladi.
Eritmaga faollangan ko‗mir qo‗shiladi va 30 minut qaynatiladi. Tiniqlashtirilgan
eritmani filtrlanadi. Bunda druk filtrdan foydalaniladi. Filtratni kristallizatorga solinadi va
oxirgi muhsulotni 18-20
0
da 18-20 soat davomida qayta kristallashga qo‗yiladi.
Oxirgi mahsulotni chiqish unumi 90%.
Do'stlaringiz bilan baham: