Mustaqillik yillari musiqa san‘atini akademik, an‘anaviy
va zamonaviy
yo‗nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida ta‘limiga ham
e‘tibor berildi.
2002-yilda
Toshkent davlat konservatoriyasi O‗zbekiston davlat
konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi.
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san‘at
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada
yaxshilash bo‗yicha davlat dasturi ham muhim o‗rin tutib, uning doirasida 2009–
2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san‘at maktabi foydalanishga topshirildi,
ular 30 mingdan
ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming nusxada o‗quv qo‗llanma,
milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta‘minlandi. «Nihol», «Zulfiya» nomidagi
davlat mukofotlari ta‘sis etilishi, «Kamalak yulduzlari» respublika
bolalar ijodiyoti
festivali, «Sozlar navosi» yosh musiqa ijrochilar va boshqa ko‗rik-tanlovlar o‗tkazib
kelinayotgani yangi iste‘dodlarni ro‗yobga chiqarish va qo‗llab-quvvatlash
maqsadlariga xizmat qiladi.
Millatimizning o‗zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlari-mizni tiklashda
muzeylar alohida o‗rin tutadi. Muzeylar
tarixiy yodgorliklar maskani, adabiyot,
san‘at, urf – odatlari, hayot obrazlarimizning moddiy
va maishiy jihatdan bir
ko‗rinishi, ko‗zgusi, tasviri. Muzeylar orqali o‗tmishni, tarixni ko‗rish, eslash, sezish,
o‗rganish mumkin. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni
ta‘mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi
muzeylar barpo etishga
alohida e‘tibor berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-
shuhrati, 2002-yili Qatag‗on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi –
Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi.
O‗zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar
faoliyatini tubdan
yaxshilash va takomillashtirish to‗g‗risida»gi farmoni mamlakatimizda muzey ishini
rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi,
ularni ta‘mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy
jihatdan qo‗llab-quvvatlandi. Muzeylar
faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy–uslubiy
yordam ko‗rsatish, moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda
«O‗zbekmuzey» Respublika jamg‗armasi tuzildi. Ahoining muzeyshunoslik
madaniyatini oshirishga ko‗maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta‘sis etildi va u
1999-yildan boshlab o‗zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi.
Yoshlar ma‘naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib 2014-yil
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va
ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‗rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari «Muzeylar
haftaligi»ni tashkil etish belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: