Fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy metodologik tamoyillari



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/294
Sana29.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#415337
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   294
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

1993-yilning 23–30-oktabr
kunlari Toshkentda o‗tkazilgan «Teatr: Sharq va 
G‗arb» xalqaro festivali O‗zbekistonda dunyoning ko‗pgina mamlakatlaridan kelgan 
sahna san‘atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan ahamiyatli bo‗ldi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq teatr jamoalari Amir Temur mavzusiga 
murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya hamda 
O‗zbek davlat akademik drama teatrlarida sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy 
dramalar sahnaga qo‗yildi. Bu jamiyatda milliy iftixor o‗sishi, tarixiy xotiraning 
tiklanishi borasida olib borilayotgan keng ko‗lamli ishlar bilan hamohang bo‗lib, 


sahna ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‗oniy, Mirzo Ulug‗bek, jadidlar 
siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi. Milliy mumtoz adabiyot 
namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik 
manbalar asosidagi pyesalar drama-turgiyaning alohida yo‗nalishini tashkil qildi.
Mustaqillik yillarida musiqa san‘atida tub burilish asliga qaytish, an‘anaviy 
ohanglardan bahramandlik va ta‘sirlanishda namoyon bo‗ldi. Buning uchun eng 
avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste‘dodlarini izlab 
topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‗rik-tanlovlar o‗tkazildi. 
Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga 
tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san‘atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy 
ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‗qon 
shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida 
lapar, yalla ijrochilarining ko‗rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‗nlab 
iste‘dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‗tkazilishi an‘anaga aylanib, 
xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan 
harakatlar bilan uyg‗unlashib ketdi. 
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham 
e‘tibor qaratildi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish