Fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy metodologik tamoyillari



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/294
Sana29.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#415337
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   294
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

1998-yil
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur 
qonunda fuqarolarning vijdon va e‘tiqod erkinligi bilan bog‗liq huquq hamda 
burchlari aniq-ravshan belgilab qo‗yildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq, «Davlat diniy konfessiyalar o‗rtasidagi tinchlik va 
totuvlikni qo‗llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga 
kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday 
missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‗lgan 
shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar».
O‗zbekiston kabi ko‗p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy 
bag‗rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta‘minlashning asosiy 
shartlaridan biri hisoblanadi. Zero, diniy bag‗rikenglik mamlakatda qurilayotgan 
demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‗lib, 16 diniy konfessiya o‗zaro 
totuvlikda faoliyat ko‗rsatmoqda.


O‗zbekistonda qaror topgan diniy bag‗rikenglik quyidagi omillar bilan 
belgilanadi:
Birinchidan, respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari 
hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‗zaro hurmat, sabr-toqat, bag‗rikenglik 
tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ikkinchidan, milliy va diniy bag‗rikenglik o‗zbek madaniyati hamda 
mentalitetining ajralmas qismidir. O‗zbekistonda diniy bag‗rikenglik borasida olib 
borilayotgan siyosat demokratik o‗zgarishlarni va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni 
tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, 
ekstremizm shakllaridan xoli haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga 
aylanishiga, jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon 
tug‗dirmoqda. 
Uchinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg‗unlik 
xalqlarning ma‘naviy boyligi manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Turli madaniyat va din 
vakillari o‗rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‗zaro ishonchga erishish yo‗llaridan biri 
sanaladi. 
To‗rtinchidan, mutaxassislar fikricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil 
bag‗rikenglik tushunchasi mavjud: formal – tashqi ko‗rinishdagi bag‗rikenglik va 
ichki – pozitiv bag‗rikenglik. Formal ravishdagisi boshqa kishining diniy e‘tiqodiga 
nisbatan toqatlilikni, unga qarshi kurashmaslikni anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa 
dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo etadi. Bugungi O‗zbekistonda har ikkala 
ko‗rinishdagi bag‗rikenglik amalda o‗zining to‗liq ifodasini topgan. 
Ilmiy manbalar o‗lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddaviylik, 
yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv 
faoliyat olib borganliklaridan dalolat beradi. Bunday holatni hozirgi O‗zbekistondagi 
islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‗zaro munosabatlari 
misolida ham ko‗rish mumkin. Umuman, O‗zbekistonda faoliyat olib borayotgan 
noislomik konfessiyalari turli e‘tiqodda bo‗lgan fuqarolar o‗rtasida totuvlik va 
do‗stlik rishtalarini mustahkamlashda muayyan mavqega ega. 
Ayni paytda O‗zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, baptistlar, 
yahudiylar, 
adventistlar, 
katoliklar, 
lyuteranlar, 
krishnaitlar, 
buddistlar, 
pyatidesyatniklar, 
Iegova 
xudosi 
shohidlari, 
yangi 
havvoriylar, 
xristian-
nresvitorianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud. Ulardan har birining 
o‗ziga xos mafkurasi, talab va ehtiyojlari mavjud. 
O‗rta Osiyodagi musulmon va boshqa konfessiyalarga mansublar o‗rtasidagi 
munosabatlar ham siyosiy, ham maishiy darajada ikki asosiy xususiyatga asoslangan, 
bular o‗zaro hurmat va bag‗rikenglikdir. Bu munosabat har xil dinlar vakillarining 
murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib o‗tishlari natijasida 
shakllangan. Mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik bo‗lishidan barcha din 
vakillari manfaatdor bo‗lib, ba‘zi konfessiyalar vakillari O‗zbekistonda va xorijda 
tashkil etilayotgan ma‘naviy va ma‘rifiy tadbirlardagi ma‘ruzalarida respublikada 
diniy bag‗rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasida amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarni 
qo‗llab-quvvatlashlarini bildirmoqdalar. Bunday 


munosabat davlat tomonidan ham taqdirlanmoqda. Mitropolit Vladimirning 
«Do‗stlik» ordeni bilan mukofotlangani buning yorqin dalilidir. 
Respublikada diniy bag‗rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashda 
konfessiyalarning ham muayyan o‗rni bor. Birinchidan, ular o‗z faoliyatlari davomida 
aholida diniy bag‗rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‗lida ma‘naviy-ma‘rifiy 
tadbirlar tashkil etib keladilar. Ikkinchidan, mamlakatda dinlararo totuvlikni qo‗llab-
quvvatlash hamda turli nizo va murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik 
kabi xatti-harakatlarga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashadilar.
Bugun respublikada 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot – 
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 9 ta o‗rta maxsus islom bilim yurti, 
pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda. Ularda talabalar diniy 
ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni olish imkoniyatiga ham ega. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish