Fanidan O‟quv-uslubiy qo‟llanma qarshi 2016 Tuzuvchilar


Ta‟lim jarayonida testlardan foydalanish, noan‟anaviy dars shakllari



Download 1,33 Mb.
bet6/49
Sana29.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#78359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
pedagogik texnologiyalar

2.1. Ta‟lim jarayonida testlardan foydalanish, noan‟anaviy dars shakllari.
2.2. Og„zaki-ko„rgazmali yondashuv.
2.3. Ta‟lim jarayonini tahlil qilib olish. Fanning ichki bog‟lanishi va fanlararo bog‟liqlik.
2.4. Pedogogik texnologiya va uning istiqbollari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Tayanch iboralar: tarbiya, noan‟anaviy dars, demokratik g„oyalar texnologiya, ijtimoiy tajriba ta„lim, tarbiya, ta‟lim, shaxsni rivojlantirish, pedagogik fikrla;
2.1. Ta‟lim jarayonida testlardan foydalanish, noan‟anaviy dars shakllari.
Mustaqil shaxsni shakllantirish jarayoni uzoq va murakkab bo„lib, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy tashkilotlarning va ayniqsa, ta‟lim tizimi mazmunining takomillashtirilishini, ikkinchi tomondan esa, bevosita ushbu masalani amalga oshirilishini ta‟minlovchi yagona tarbiya tizimini barpo etish lozimligini taqozo etadi. Bu jarayonda kadrlar tayyorlashning yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g„oyalariga sodiq bo„lgan ongli fuqaroni, o„z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta‟sir ko„rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas‟uliyat olishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish.


  1. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma‟nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish, shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmog„i lozim.




  1. Yosh avlod milliy istiqlol g„oyasini anglab olishi, bu g„oyaning har bir fuqaro uchun, Vatanning obod va farovon bo„lishi uchun hayotiy zarurat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo„naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ro„yobga chiqarish lozim.

Tabiiyki, bu uzoq davom etadigan, barcha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlarining, eng avvalo, uzluksiz ta‟lim tizimi muassasalarining faoliyati va



ayniqsa, mazmunini tubdan qayta ko„rib chiqishni talab etadigan murakkab jarayondir. Yoshlarni barkamol qilib yetishtirish jarayonida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishini ta‟minlashga e‟tiborni kuchaytirish va ta‟lim sohasida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishiga ustunlik berishni ta‟minlashdan iborat.
Ta‟lim-tarbiya jarayonining uch tarkibiy birligi – tarbiya, ta‟lim, shaxsni rivojlantirish to„liq darajada amalga oshirilishiga erishish lozim. Ta‟lim-tarbiya ishida rasmiyatchilik va beparvolik kabi illatlardan voz kechish kerak. Bu maqsadda mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo„naltirilgan yangi uslub va vositalar ishlab chiqilishi hamda joriy etilishi zarur.
Bugungi kunda pedagogikada o„quvchi-talabalarning ta‟lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o„qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o„qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o„yinlar, rolli o„yinlar, mavzu bo„yicha o„qitish va h.k. Ularni oliy ta‟lim tizimida keng qo„llaniladi, deb bo„lmaydi. Bizningcha, buning sababi har bir mashg„ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko„zda tutishi, yuksak kasbiy bilim va mahoratni, ishda ijodiy yondashuv va ko„p vaqtni sarflashni talab qilishida bo„lsa kerak. Chunki har bir o„tiladigan mashg„ulot ishlanmasi o„ziga xos xususiyatga ega. An‟anaviy o„qitish usuli respublikamizda keng tarqalgan, biroq ta‟lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an‟anaviy ta‟limning imkoniyatlari cheklanayotganligi, muhim ta‟limiy muammolar o„z yechimini topmayotganligi, qator ilg„or pedagogik tajribalarning ommalashmayotganligini ko„rishimiz mumkin.
Yangi munosabatlarning o„ziga xos jihati an‟anaviy ta‟limdagidan farq qilib, o„quvchi-talabalarning mustaqilligi va o„quv faoliyatini taqiqlamasdan, balki belgilangan maqsadga yo„naltirish, o„quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, ularni faoliyatga ongli ravishda yo„llash, biror- bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o„quvchi-talabalarda fan asoslarini o„rganishga bo„lgan qiziqishlarini orttirish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi va imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o„xshash) olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo„llaniladigan usul va metodlar to„plami tushunilib, qo„yilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul metodlari majmuasi tushuniladi. Agar metod bilish yo„li, tadqiqot yo„li yoki biror faoliyatdagi ma‟lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashni harakatlar, operatsiyalar, usullar majmuasi deb tushunsak, pedagogik texnologiyaning ta‟lim usuli, ma‟lum ma‟noda ta‟lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi.
Pedagogik texnologiyani an‟anaviy o„qitish metodikasidan farqlovchi belgilari ko„p. Pedagogik texnologiya an‟anaviy metodikadan, avvalo maqsadlarning qo„yilishi va unga erishishi bilan farqlanadi. Pedagogik texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta‟limning umumiy maqsadlari (o„qituvchi va talabaning maqsadlari)ni ishlab chiqish, ta‟lim maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga o„tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi.

Loyihalashtirish faoliyati o„quvchi-talabalar bilan ishlashni tashkillashtirishning eng ommabop shakllaridandir. Loyihalash metodi – o„qitishning tashkillashtirilishi bo„lib, o„quvchi-talabalar rejalashtirish va amaliy vazifalarni bajarishlari orqali loyiha ko„rinishida bilim oladi. Loyihalashtirish metodini qo„llash natijasida loyiha (proyekt) ko„rinishidagi bilim o„zlashtiriladi.


O„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi hamkorlik pedagogikasiga tayanib, talabalarning birgalikda ta‟lim olishlari amalga oshiriladi. Talabalarni hamkorlikda ta‟lim olishlari, ta‟lim jarayonlarini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyihalashtirish kabilar Pedagogiktexnologiyalarning asosiy metodlari hisoblanadi.
O„quv-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar mazkur jarayonda Pedagogiktexnologiyalarni qo„llashni taqozo etadi. Pedagogika fani va amaliyotida turli xil yondashuvlar qo„llaniladi. Ular og„zaki-ko„rgazmali, tadqiqiy, izlanuvchan, tizimli, funksional, kompleks, texnologik, faoliyatli yondashuvlardir.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish