Oq choyni damlash tartibi: Masalliqlar: 2,5 l sut, 140 g shakar, 2 ta choy qoshiq quruq qora choy, 0,5 choy qoshiqda tuz, 20 g sariyog‘.
1. Kastryulkada yarim litrcha suvni qaynatiladi va unga quruq choy solinadi.
2. Choy chiqqandan so‘ng sutni qo‘shib, 8-10 daqiqa qaynatiladi.
3. Qaynash oxirida ozgina tuz solinadi.
4. Tayyor oq choy piyolalarda, yuziga yarim choy qoshiq sariyog‘ olib dasturxonga tortiladi.
Shirchoyni tayyorlash tartibi:
Kastryulkaga 1,5-2 litr suv qo‘yib qaynatiladi.
Unga quruq qora choy solib, yana 5 daqiqa qaynatiladi.
Qaymoqni yaxshilab aralashtirib, choyga quyiladi va ozgina tuz ham solinadi.
Shirchoy 3-4 daqiqa qaynagandan kеyin pishadi.
Shirchoyni piyolalarga quyib, xar bir piyolaga 0,5 choy qoshiqdan sariyog‘ solib dasturxonga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |