Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet64/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Yangi texnika va ilg‘or texnologiya, uning ifodalanilishi .

I dars: Fan–texnika taraqqiyotini jadallashtirish – davlatimiz iqtisodiy siyosatining tub masalasidir. Barcha ilg‘or yangiliklarni tez va keng miqyosda o‘zlashtirish, ishlab chiqarish kuchlarini sifat jihatdan yangilash eng muhim vazifadir. Shunga ko‘ra resurslarni fan–texnika taraqqiyotining elektronikani, energetikani, kompleks avtomatlashtirishni, ishlab chiqarish texnologiyasi va yangi materiallar tayyorlashni rivojlantirish kabi eng muhim yo‘nalishlarida mujassamlashtirishni ko‘zda tutilmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot va ilmiy-texnik rivojlanish ishlab chiqarish texnologiyalarining ahamiyatini oshirishga va ular asosida prisipial yangi ilmiy-tadqiqotlarni ochilishiga sabab bo‘ladi. Ular ancha takomillashgan, unumdorligi yuqori bo‘lib, mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini anchaga oshirishi mumkin. Bunday texnologiyalarga Elion texnologiyasi misol bo‘la oladi. Elion texnologiyasi fokuslangan turli energiya turlaridan foydalanishga asoslangan. Fizikaviy ta’siriga ko‘ra elion texnologiyasini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: lazer, ultratovush, plazma, elektron nur, ion nuri, elektr uchquni, yorug‘lik nurlari va boshqa nurlar yordamida ishlov berish usullariga bo‘linadi. Masalan, lazer nuri bilan ko‘pgina texnolgik jarayonlarni amalga oshirish mumkin, undan tibbiyotda operasiyalar qilishda, ko‘p kanallik aloqa liniyalarida hamda lazer nurlaridan pretizion asbob sifatida materiallarga ishlov berishda o‘ta qattiq materiallarda teshiklar ochishda foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda ultratovush tebranishlaridan foylanish alohida ahamiyatga ega bo‘lib, undan mashinasozlikda, priborsozlikda, metallurgiyada kimyoviy, yengil, oziq-ovqat va formasevtika sanoatida juda ko‘p ishlatiladi. Ultratovushdan turli texnologik jarayonlarda foylanish kengayib bormoqda. Hozirda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarida elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish texnologik jarayonni kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirishga o‘tishni ta’minlaydi. Xo‘jalik faoliyatini turli sohalarda, avvalo, asbob–anjomlarni, texnologik jarayonlarni loyihalashtirishda hamda boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish lozim, kerakli mahsulotni tayyorlashga tez va isrofgarchiliksiz moslashadigan kompleks – avtomatlashgan ishlab chiqarishni barpo qilish mo‘ljallanmoqda. Ishlab chiqarish jarayoni oldiga yuksak samarali texnikani yangi avlodlarini yaratish va joriy etishni jadallashtirish, mashinalar sistemalarini hamda texnologik asbob-uskunalar komplekslarini ishlab chiqarishga o‘tish vazifasi qoyilmoqda. Xalq xo‘jaligini kompyuterlashtirish keng tus olib borayotgani sababli ishlab chiqarishning barcha sohalarini yanada mukammal hisoblash texnikasi vositalari bilan ta’minlash zarur. Bu tadbir iqtisodiyot va boshqarishning axborot-texnik bazasini tubdan qayta qurishni amalga oshirish imkonini beradi. Fan-texnika taraqqiyotining yo‘nalishlaridan biri – oldindan belgilangan xossalarga, ayniqsa, istiqbolli konstruksion xossalarga ega bo‘lgan, jumladan, sintetik, kompozision, o‘ta toza va boshqa materiallar yaratishdir. Ularni ishlab chiqarishga joriy etish materiallar va qotishmalarni qimmatli tabiiy materiallarni tejash imkonini beradi. Shuningdek, energiyani tejashga, uning yangi manbalaridan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Yuqori kategoriyadagi sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ancha ko‘paytirish, texnikaning ishonchligini oshirish va ekspluatasiya (qo‘llash) muddatlarini uzaytirish, mo‘ljallanmoqda. Shu maqsadda sifatni boshqarishning majmua tizimi joriy etilmoqda, fan – texnikaning istiqbol yutuqlari asosida detallar, uzellar va texnologiyalarni tarmoqlar hamda tarmoqlararo unifikasiyalashtirish rivojlantirilmoqda. Ho‘jalik mexanizmini qayta qurmay inson omilini faollashtirmay, fan – texnikani taraqqiy ettirib bo‘lmaydi, ishga ijodiy, qiziqish bilan yondoshish, kam sarflab eng yuqori natijalarga va mahsulotning yuksak sifatli bo‘lishiga erishish uchun intilish – olg‘a tomon harakatning xalq farovonligini va mamlakatimiz qudratini oshirishning garovidir.


  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish