Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Texnologik jarayonni uch elementdan iborat deyish mumkin: mehnat predmetlari, mehnat
qurollari va vositalari hamda mehnatning o‘zi. Mehnat predmeti – kishi mehnati yo‘naltirilgan buyum. Mehnat predmetlariga qayta ishlash natijasida tayyor mahsulotlarga aylanadigan xomashyolar, asosiy va qo‘shimcha materiallar hamda yarim mahsulotlar kiradi. Masalan, metallurgiyada – ruda, koksokimyoda – toshko‘mir, mebelsozlikda – yog‘och xomashyodir, tikuvchilikda – gazlamalar va hokazo. Mehnat qurollari, texnologik jarayonlarning rivojlanishi, avvalo, texnikaning o‘zgarishiga bog‘liq. Odatda, texnika deyilganda, tabiiy birikmalarga kishi tomonidan ongli ravishda ta’sir ko‘rsatish vaqtida qo‘llaniladigan qurollar va mehnat vositalarining yig‘indisi tushuniladi. Bevosita ishlab chiqarishga qatnashmaydigan, lekin unga ko‘maklashadigan narsalar mehnat vositalari deb ataladi. Mehnat qurollari va vositalari vazifasiga hamda tabiiy-moddiy belgilariga ko‘ra bir necha guruhga – mehnat qurollari ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqaradigan mehnat qurollariga barcha vositalar – sex va korxonaning ma’muriy binolari, inshootlar, mashina va jihozlar hamda ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiluvchi mehnat vositalari kiradi. Ishlab chiqarmaydiganlariga aholi yashaydigan kommunal binolar, inshoot va ularning jihozlari kiradi. Ishlab chiqarishda asbob-uskunalarning ish unumdorligini oshirish uchun quyidagi choralarni ko‘rish lozim: texnologik jarayonlarni jadallashtirish, yangi va takomillashgan texnologik jarayonlarni qo‘llash, boshlang‘ich xomashyo sifatini yaxshilash, ish joyini maxsus moslamalar bilan jihozlash, asbob-uskunalarni zamon talabiga javob beradigan darajada qayta jihozlash va boshqalar. “Texnologik jarayon” tushunchasi amaliyotda qo‘llanilayotgan “texnologiya”, “ishlab chiqarish texnologiyasi” tushunchasi bilan birdek deb tushunib kelinadi. Ushbu tushunchalarning turdoshligi ularni bir-biri bilan almashinib kelishiga olib keladi. «Texnologiya» ilmiy jihatdan, fan va texnika yutuqlari asosida texnologik jarayonlarning yangi, rasional sxemasi ishlab chiqiladi, ularning ketma-ketlik qonun-qoidalarini aniqlab beradi va konstruktorlarga kerakli uskunalar majmuasini ishlab chiqishga topshiriq bergan holda mehnat quroliga ta’sir etish usullari sifatida o‘rganiladi. Texnologiya va mehnat quroli, bular birgalikda, moddiy ishlab chiqarishning texnikaviy bazasini tashkil etadi. Bunda texnologiya yetakchi qism bo‘lib, texnika esa texnologiyaning tashkil etuvchisi hisoblanadi va uni yordamida yuzaga keladi. «Texnologik jarayon» tikuvchilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida turlicha talqin etiladi.
Bu har bir ishda texnologik jarayonning ayrim jihatlarinigina nazarga olinishini bildiradi. Ya’ni ba’zi bir ishlarda texnologik jarayonni obyektlarning qayta ishlanishi “sifat” o‘zgarishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayoning bir qismi deb qaralsa, boshqa ishlarda esa texnologik jarayonni texnologik operasiyalar yig‘indisining iqtisodiy va texnologik jarayonning tarkibiy jihatlari deb qaraladi. Demak, texnologik jarayonni maqsadlarga qaratilgan, ya’ni tayyor mahsulotlarni olish maqsadida mehnat predmetiga ta’sir etuvchi mehnat vositasi deb qarash mumkin. Tikuvchilik mahsulotlarini texnologik jarayonlarining tuzilishi, texnologik jarayon elementlarning bir-biriga munosabatini aniqlab beradi. Texnologik jarayonning elementlari har xil bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin. Texnologik jarayonning bo‘linish usullari qoyilgan masalaning yechilishiga bog‘liq. Tikuvchilik mahsulotlari tayyorlashning texnologik jarayon tuzilishi ishlov berish usullari sxemalari ko‘rinishida, buyumga ishlov berish texnologik tartibi ko‘rinishida beriladi. Texnologik ishlov berish sxemasi va buyumga ishlov berish texnologik tartibi mahsulotlarga ishlov berish boyicha operasiyalar bajarilishining ketma – ketligi to‘g‘risida faqatgina umumiy jihatlarni ko‘rsatib bersada, tikuvchilik mahsulotlarini texnologik jarayonlari tarkibidagi barcha elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni ko‘rsatib bera olmaydi. Tikuvchilik mahsulotini tayyorlashning texnologik jarayoni, har qanday boshqa xil mahsulotni tayyorlashning texnologik jarayoni kabi ishlab chiqarishning tashkil etuvchi qismlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va qo‘shimcha ishlab chiqarishdan iborat. Tikuvchilik sanoatida asosiy ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni, ya’ni gazlama, yarim fabrikatlar va tayyor buyum jarayonini o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayon, asosiy ishlab chiqarish jarayonini bir qismi bo‘lib, unda ishlov berilayotgan ob’ktning sifat ko‘rinishi o‘zgaradi. Masalan, detal yarim fabrikatga, yarimfabrikat buyumga aylanadi. Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat. Ulardan biri tikuvchilik sexida amalga oshiriladi. Tikuvchilik sexini texnologik jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda quyidagi ishlar bajariladi:
- ishlab chiqarishga yangi modelni texnologik va konstruktiv tayyorlash;
- texnologik, ya’ni zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, buyum tikish tartibini ishlab chiqish;
- buyum tikish uchun asosiy va qo‘shimcha materiallarni tanlash;
- tashkiliy ishlar, ya’ni zamonaviy asbob-uskunalarni tayyorlash;
- yangi texnika va texnologiyalarni o‘rganish va qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish;
- ish sharoiti xavfsiz va ozoda bo‘lishi, og‘ir hamda qo‘l mehnati sarf bo‘ladigan ishlarini
mexanizasiyalashtirishni nazarda tutish.
Demak, texnologik jarayonda mehnat predmetlari, mehnat qurollari va vositalari hamda mehnatning o‘zi yordamida xom ashyodan rejalashtirilgan buyum tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |