Sulfid eritmalari va shteynlarni tuzilishi va fiziko-kimyoviy xususiyatlari
Reja:
1. Suyuq shteynning fizika-kimyoviy xususiyatlari
2.
Sul’fidli eritmalarni tuzilishi.
Kalit so‘zlar:
sulfidli eritmalar, rangli metallurgiya, ruda, kontsentrat, yarim o‘tkazgich,
yopishqoqlik.
Sulfidli eritmalar rangli metallurgiyada katta ahamiyatga ega sulfidli rudalar mis, nikel,
qo‘rg‘oshin va bir qator rangli metallarni olishda asosiy xom ashyo xisoblanadi. Qora metallurgiyada
ham sulfidlar uchraydi va ularning mahsulotlarda taqsimlanishi jarayoniga katta ta’sir qiladi. Bir
qator texnologik jarayonlarning birinchi bosqichda sulfidlarning erishi va kremniy, kaltsiy, alyuminiy
va boshqa metall oksidlarini ajratib olishdan iboratdir. Qimmat metallar og‘irroq faza bo‘lgan
shteynlarda to‘planadi. Bazi jarayonlarda oksidlar sulfidlanib shteyn fazasiga o‘tkaziladi. Tiklanuvchi
jarayonlarda metallashgan shteynlar olish imkoniyati bor. Ruda yoki kontsentratlarni qayta ishlashda
olinadigan shteynlarning tarkib namunalari 24.1-jadvalda keltirilgan.
37.1-jadval
Pirometallurgik ishlab chiqarishdagi shteynlarning tarkiblari
Jarayon
SHteynning tarkibi, % (og‘irlik bo‘yicha)
Fe
Cu
Ni
Pb
Zn
S
O
2
Mis kontsentratni
yalik pechda eritish
30-50
15-40
-
0,5-1,0
1-5
22-26
2-3
Oksidlangan
nikel rudasini pechda
eritish
55-65
0,1-0,3
12-20
-
-
15-22
0,5-2
Mis nikel
rudasini elektr pechda
eritish
50-60
5-10
5-13
-
-
25-28
1-2
Qo‘rg‘oshin
aglomeratini shaxtali
pechda eritish
20-40
10-30
-
10-20
5-10
13-22
3-6
SHteyn o‘zi bilan har xil metallar sulfidlarini eritmasini tashkil qiladi. SHteynda bir kancha
metal oksidlari erigandir (asosan temir oksidlari).
SHteynlarni tuzilishida asosan moddalar orasida kovalentli aloqa keng tarqalgan. Buni isboti
namunasida quyidagi omillardan ko‘rish mumkin. 1) eritilgan sulfidlardan elektroliz
yordamida elektrodlarda metall olish mumkin emas; 2) Suyuq sulfidlarni elektr o‘tkazish qiymati ion
sistemalariga nisbatdan ancha ko‘proqdir; 3) elektr o‘tkazishning harorat koeffitsienti suyuq
sulfidlarning stexiometrik tarkibiga bog‘liqdir; 4) oltin gugurt etishmagan sharoitlarda elektr
o‘tkazishning harorat koeffitsienti manfiydir, bu esa metallarga xos xususiyatdir. Oltingugurt ko‘proq
bo‘lsa, elektr o‘tkazishning harorat koeffitsienti aksariga aylanadi va bu xususiyat yarim o‘tkazgich
xossalarga mosdir.
SHteynlarning muhim bir xususiyati - ularni erish haroratidir. Erish harorati o‘ziga xos
diagrammalardan aniqlanishi mumkin. Metallurglar shteynlarni erish haroratinini aniqlaganda ularni
optimal tarkibini tanlab, berilgan harorat masofasida pech agregatlarini avariyasiz ishlashini
ta’minlaydi. Sulfidlar o‘zi bilan metallarni oltingugurt bilan kimyoviy birikmasini tasavvur qiladilar.
Ularning qatoriga Cu
2
S, FeS, PbS va boshqalar kiradi. Bir qator sulfidlar uchun murakkab binarli
sistema diagrammalari tuzilgan.
Bu sistemada dastlabki sulfidlardan tashqari hech qanday boshqa kimyoviy birikmalar yo‘q.
Taxminan 50 % (og‘irlik bo‘yicha) Cu
2
S va 950°Cda sistemada V evtektikasi mavjuddir.
Diagrammaning ikkala tomonida qattiq eritmalarga xos keng mintaqalar bordir, ayniqsa, Cu
2
S
tomonidan kengroqdir (mintaqa e
2
CAHR). FeSni Cu
2
Sda evtektika haroratida erishqoqligi 36-50 %
tashkil qiladi, Cu
2
S ni CuS da esa 8-18 %.
Mis va temirlarni yuqori sulfidlari mustahkam emasdir va baland haroratlarda parchalanadi.
Cu
2
S - FeS chizig‘idan o‘ngroq joylashgan eritmalar oltingugurt ajralib chiqishi bilan parchalanadi.
Suyuq holatda sistemada keng qatlamlanish mintaqasi mavjuddir. Qatlamlanish mintaqasini to‘g‘ri
chiziq - qanotlar kesib o‘tadi. Kanodlar deb fazali diagrammada muvozanatda turgan nuqtalarni
birlashtiradigan va geterogen mintaqalaridan o‘tgan chiziqlarga aytiladi. Masalan, 1200°C a- tarkibli
suyuqlik ikki eritmaga qatlamlanadi; bittasi-metallik misga yaqin, ikkinchisi esa 50 % mis tarkibli
eritmadir. Aralashmaydigan fazalarning soni richag qoidasi bo‘yicha aniqlanadi. Qatlamlanish
mintaqasi tashqaridan modda kiritilsa (masalan, uglerod) kengayadi. Bunda aralashmalarning
o‘zgarish holati yuz beradi.
Sistemada ikkita uch komponentli nuqtalar mavjuddir: mis burchagiga yaqin joylashgan, uch
komponentli peritektika (e nuqta) va e
1
nuqtaga javob beradigan uch komponentli evtektikadir.
Cu - Fe - S diagrammasi tuzuvchilarning bir-biri bilan kimyoviy reaksiyada qatnashadigan
sistemalarga kiradi. Masalan ko‘rilayotgan sistemada quyidagi reaksiya oqib o‘tishi mumkin:
FeS + 2Cu =Cu
2
S + Fe
(37)
Keltirilgan diagrammalardan ko‘rinib turibdiki, hamma shteyn eritmalari oksid suyuqliklariga
nisbatan, kamroq erish haroratiga egadir. Bu omil shlak bilan kontaktda bo‘lgan shteynlarni erish va
kristallanishda katta ta’sir qiladi. 21-rasmdan ko‘rish mumkinki, metallashgan shteynlar bir
tomondan qatlamlanish chizig‘i, ikkinchi tomondan Ag
2
S- FeS chizig‘i bilan cheklangan kichik
mintaqada joylashgan. Bu chiziqdan tashqarida amaliyotda uchramaydigan eritmalar uchraydi.
Sulfidlar deyarli katta hajmda metallarni o‘zida eritadi. Ularning tarkiblari Cu
2
S - FeS chizig‘idan
pastroq mintakada joylashgan.
Bundan shuni xulosa qilish kerakki, shteynlarni transportirovka qilish va saqlash uchun
metallik, himoya qilinmagan, dastgohni qo‘llash man etiladi. Mostovich qoidasiga binoan,
metallashgan shteynlarda oltingugurtning tarkibi 25 % ga yaqindir (oddiy shteynlarga o‘xshagan
holat). Bunday qoida metallurgik hisobotlarda keng qo‘llaniladi.
Sulfidli eritmalarning yopishqoqligi, silikatlarga nisbatan ancha kamroqdir. Ayniqsa, kam
yopishqoqlik bilan temirli eritmalar ajralib turadi. SHuning uchun shteynlar kichkina g‘ovaklarga
oson kirib ketadi. Sulfidlarni yopishqoqligi oltingugurtni miqdori oshib borishi bilan kamayib boradi.
Eritmalarning zichligi fazalarning bo‘linishida katta ahamiyatga ega. qanchalik zichlikning
farqi katta bo‘lsa, shuncha shlak bilan shteynni bo‘linishi osonroq o‘tadi. 24.1-rasmda Cu - Fe - S
sistema eritmasining zichlik diagrammasi keltirilgan.
35.1-rasm. Cu - S sistemasini yopishqoqlik izotermasi.
35.2-rasm. Cu - Fe - S sistema eritmasining zichlik diagrammasi.
Diagrammadagi raqamlar 1300°C g/sm
3
da zichlikni ta’riflaydi, ko‘rinib turibdiki, shteynlarni
zichligi mis tarkibi o‘sishi bilan 4,25-5,20 gacha oshib boradi. Keltirilgan ma’lumotlardan
metallurglar keng foydalanib, metallurgik jarayonni oqilona tartibda o‘tkazishlari mumkin.
Fe
S
4,2
5
4,5
0
4,8
5
5,0
0
5,2
0
40
30
20
Cu
2
S
70
80
Fe
Cu
Do'stlaringiz bilan baham: |