Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet40/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

39





astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari» asarlarida koinot xaritasi tuzil- di. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kenglik- lar to‘g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo‘lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta'siri sezilib turdi.


Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873— 950) — musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo‘lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo‘lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qi- lishga bag‘ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko'rinishda: «Vu- judi vojib» (Olloh) va «Vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega bo'ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan sa- babiy tarzda bog'lanadi. Sababsiz oqibat bo‘lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo'lmaydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, javhar, aksidensiya (muhim bo‘lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodiflyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushun- chalarda ifodalanadi. Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yu- zaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga eri- shish yo‘llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to‘g‘risida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. Foro- biyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo‘lgan ta'siri sezilarli bo‘lgan.

Abu Rayhon Beruniy (973—1048) deyarli barcha fan sohalari- da ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish