Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet339/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

292





lik va bolalik davlat tomonidan to‘la muhofaza qilingan. Qonun- ga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari — nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetgan- liklari. Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yosh- lari qilib belgilangan.


1998-yili Oila kodeksini 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisi tomonidan tasdiqlanishi oila va nikoh masalalarini tartibga solishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak oila va nikoh munosabatlari har doim davlatimiz himoyasida bo‘lgan va davlatimiz siyosatining ustu- vor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelingan. Yurtimizda oila va nikoh munosabatlari davlat qonun-qoidalari hamda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan go‘zal an’analar asosida amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, huquq sohasiga oid an’analar mustaqil- lik davrida o‘tmish merosimizdagi va milliy mental xususiyatlar asosida tobora mukammallashtirilib, optimallashtirish choralari ishlab chiqilmoqda.

Mustaqil 0‘zbekistonning Konstitutsiyasida belgilangan oi- la-nikoh munosabatlariga oid qonun-qoidalar majmuyi davlat g‘amxo‘rligiga olinib, o‘zbek xalqining bu boradagi milliy va diniy qadriyatlarini ham nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi», «Oila kodeksi», «Fuqarolik va jinoyat kodeksi» hamda «Sog‘lom avlod» kabi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ularda oila-nikoh masalalariga ma'naviy jihatdan ham yondashilib qonun darajasiga ko‘tarilgan.

0‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oila- viy munosabatlarda urf-odat va an'analarga amal qilish to‘g‘risida alohida so‘z yuritiladi: «Qonun hujjatlarida oilaviy munosabat- larni tartibga solishga oid tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, 0‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan mahalliy urf-odat va an’analar qo'llaniladi1. Darhaqiqat, Kodeks- da davr sinovidan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar bilan etno- madaniy an’analar, o‘zbek xalqining mentaliteti o‘z ifodasini topgan. Ushbu milliy va diniy urf-odatlar, an'analar orasida


1 0‘zbekiston Respublikasining oila kodeksi. — T.: Adolat, 1998. — 8 b.

293





shundaylari borki, ular oila-nikoh masalasidagi qonun hujjatlariga zid kelmaydi. Aksincha, ular asrlar davomida tarix sinovlaridan o
ctib, oilani mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to‘g‘risida diyori- mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxo- riy, Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Ali- sher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o‘z asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar. Xususan, fiqh (musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin Marg‘inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirish- ga xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida chiqarilgan ayrim hukmlarini ta’kidlash lozim.

Burhoniddin al-Marg‘inoniyning shoh asari «Hidoya»da «Nikoh kitobi» va «Taloq kitobi» bevosita oila va nikoh masa- lalariga bag‘ishlangan. Marg‘inoniy oilaning moddiy va ma’naviy jihatdan mustahkamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holatlarni nazarda tutgan holda mahr berish borasida ayrim yen- gilliklarni o‘z hukmlariga kiritadi: Chunonchi, «nikohda garchi mahr aytilmasa ham, nikoh durust bo‘laveradi»', «... mahr ayol kishining xolis haqqidir. U nikohning boshidayoq mahrni bekor qilishi mumkin bo‘lgani kabi nikoh tugagandan keyin (ya’ni eri o‘lgandan keyin) ham o‘z haqidan voz kechishi mumkin»1 2, «Nikoh faqat juftlanish uchun emas, balki undan ko‘zda tutilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqishi uchun mashru’ qilingandir»3, deb chiqargan hukmlari fikrimizning isbotidir.

Ushbu hukm haqiqatan ham insoniy mehr-muruvvat, bag‘rikenglik ruhida chiqarilganligi bilan katta ijtimoiy va ma’naviy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Bu hukmlarning ma’naviy tomoni shundaki, nikoh qandaydir moddiy manfaatlar evaziga emas, balki oila mustahkamligiga xizmat qilmog‘i lozim. Zero, oiladagi go‘zal qadriyatlar, jumladan sevgi-muhabbat, far-


1 Burhoniddin Marg‘inoniy. Hidoya. I-jild. Nikoh kitobi. — T.: Adolat, 2000. - 690 b.


2 0‘sha asar. 692 b.


3 Burhoniddin Marg‘inoniy. Hidoya. I-jild. Nikoh kitobi. - T.: Adolat, 2000. - 732 b.


294





zandlar xursandchiligi va insoniy go‘zal mehr barcha narsadan ustun turadi hamda oila mustahkamligiga xizmat qiladi.


Bundan tashqari «Hidoya»da g‘ayrishar’iy nikoh holatlari haqi- da ham diqqatga sazovor hukmlar keltirilgan. Marg‘inoniy tomoni- dan g‘ayrishar’iy deb hukm chiqarilgan holatlar — ma’naviyatga va axloqiy me’yorlarga zidligi sabablidir. Alloma asaridagi ushbu holat bugungi kun bilan chambarchas bog‘langandir. G‘arb mam- lakatlarida oilaning qadrsizlanishini va axloqan buzuq bo‘lgan bir jinsli nikohning kundan kunga ko‘payib borayotganligini ameri- kalik siyosatshunos Patrik Byukenen o‘zining «G‘arbning halo- kati» deb nomlangan asarida kuyunch bilan e’tirof etadi. G‘arb davlatlari orasi shiddat bilan kamayib borishi, bugungi kunda Yevropaning o‘n yetti davlatida o‘lish tug‘ilishga nisbatan ancha yuqori ekanligi, nikohlar soni kamayib ajrimlar oshib borayot- ganligini keltirib chiqarmoqda. Eng achinarlisi Yevropa aholisi- ning katta qismi bugungi kunda bir jinsli nikoh tarafdori ekanligi vaziyatning naqadar ayanchli ahvoldaligidan dalolat beradi. Endi esa Yevropa davlatlari tezda bu muammolarga yechim topma- sa o‘z-o‘zidan yemirilib yo‘q bo‘lishi hech gap emasligi ma’lum bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham fiqh bunday nikohlarni «botil» va «fosiq» nikohlar deb hisoblaydi. «Botil» iborasi asossiz, o‘z kuchini yo‘qotuvchi ma’nolarini anglatadi1. «Fosiq» iborasi axloqiy buzuq, nuqsonli ma'nolarini anglatadi1 2. Demak, bunday nikohlar Marg‘inoniy nazdida ma’nan hech qanday kuchga ega bo‘lmagan, buzuq nikohlar hisoblanadi.

Marg‘inoniy fikricha, shaxsni ma’naviy tubanlikka olib keli- shi, jamiyat uchun ijtimoiy falokatga aylanishi mumkin bo‘lgan har qanday nikoh holatlari axloqiy jihatdan qattiq qoralanadi va g‘ayrishar’iy nikohlar deb hukm chiqariladi, garchi bu nikohlar rasmiyatchilik qonun-qoidalari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa ham. Rasman nikoh deb atalgan, lekin Marg‘inoniy tomonidan noshar’iy deb hukm chiqarilgan ana shunday «botil» nikohlardan biri mut’a nikohidir. Ushbu nikohning g‘ayriaxloqiy mohiyati


1 Qarang: ApaScKO-pyccKHH cjioBapb. - M.: 1962. - 91 c.


2 0‘sha kitob. C. 765.


295





va «botil»ligi haqida «Hidoya»da shunday deyiladi: «Mut’a birorta ayolga: men sendan falon muddatga faloncha pul evaziga (jinsiy) foydalanaman» — deyishdir.



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish