Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet25/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

26





liy madaniyatini, urf-odat va an’analarini yaxshi biladigan, milliy g‘ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidii.


  1. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miq yosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma’noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o‘zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotdir.

Mamlakatimizda bu borada juda keng ko‘lamli ishlar bosh lab yuborildi. Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon talablari da rajasiga yetkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim va ziyolilar oldida g‘oyatda mas’uliyatli vazifalar turibdi. Birgina «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o‘zi bir necha yillarga moljallangan keng ko‘lamli faoliyat yo‘nalishlarini nazarda tutadi. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy sohalardagi taraqqiyot vazifalari o‘zaro uyg‘unlashib bormoqda, ta’sir doirasi ancha kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura borasidagi nazariy faoliyat, targ‘ibot va tashviqotni har tomonlama kuchay tirishga alohida ahamiyat berish zaruratga aylanib bormoqda. Galdagi vazifalar esa, ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylan tirishda har birimiz o‘z mas’ulligimizni qay darajada sezishimi/ va qanday faoliyat yuritishimizga bog‘liq.

XXI asrga kelib, insoniyat g‘oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi. Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom- ashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan o‘sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g‘oyalarni, nazari- yalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo‘lib bormoqda.

Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mi »h iyati, yashashdan ko‘zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideal- lari), borliqdagi o‘rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va mod-


27





diy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini ko‘rsatib beradi.


Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bir tomondan, jamiyatning o‘zgarib borish tamoyili falsafiy g‘oya, nazariya va ta’limotlar o‘zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o‘zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy ha- yot tarzini ilg‘ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ay- niqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag‘batlantirish, milliy o‘zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlar- ga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o‘rni va ahamiyati g‘oyatda ulkandir.

Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazi- yatda ham kishilarni yuksak g‘oyaviylik, mustahkam e’tiqod, ke- lajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umum- insoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma’rifiy hal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.


Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish