Эркин иқтисодий ҳудудлар


hududlar tashkil etilishiga ta‟sir etuvchi omillar



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

hududlar tashkil etilishiga ta‟sir etuvchi omillar 
Jahon tajribasi shuni ko„rsatmoqdaki, hozirgi kunda erkin iqtisodiy zonalarning 
tashkil etilishi hududiy-xo„jalik boshqaruvining eng samarali modellaridan biri 
hisoblanib, ular mamlakatning alohida olingan iqtisodiy hududlarini investitsiyalar va 
ilg„or tajribalarga keng ochib bermoqda. 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida EIHlarning 
oddiy, tovarlar savdosi bilan bog„liq shakldan, nisbatan murakkab ommaviy iste‟mol 
mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yangi tovarlarni loyihalash va ishlab 
chiqarish, turli xildagi xizmatlarni ko„rsatish kabi shakllariga o„tilmoqda. 
EIHlarga xos xususiyat quyidagilarda namoyon bo„ladi: 
- birinchidan, EIH davlatning asosiy qismi; 
- ikkinchidan, bu hududda to„liq imtiyozlar tizimi bo„ladi; 
- uchinchidan, bu hudud faqatgina bojxona soliq va boshqa nazorat turlaridan 
“erkin” hisoblanadi; 
-to„rtinchidan, EIH rezidenti barcha nazorat turlaridan ozod degan ma‟noni 
bermaydi; 
-beshinchidan, EIHga jiddiy yondashuv natijasida u tashqi savdo umumiqtisodiy 
fan va texnika, fan va texnologiya sohasidagi muamolarni echishga yordam beradi. 
EIHlarni tashkil etish alohida mintaqa va hududlar iqtisodiyoti rivojlanishining 
aniq iqtisodiy vazifalarini hal etish, strategik ahamiyatga ega bo„lgan dastur va 
loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo„ladi. Bu esa uning mamlakatni uzoq 
muddatli (10-30 yillik) rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda muhim omil 
bo„lib xizmat qilishini ta‟minlaydi. 
EIHlarni tashkil etish mamlakatning mavjud hududiy-georafik joylashuvi, 
iqtisodiy, tabiiy, mehnat resurslari, tarmoq xususiyatlari, infratuzilmaviy holati, 
texnologik modernizatsiyalashuvi, rivojlanish salohiyati va darajasi kabilarga bog„liq 
holda amalga oshiriladi. 
Yuqorida sanab o„tilgan omillarga bog„liq holda shuni aytish kerakki, ko„pchilik 
EIHlar xorijiy mamlakatlar bilan chegaradosh hududlarda joylashadi, shuningdek, 
dengiz savdo portlari, magistral temir yo„l, avtomobil yo„llari tarmog„i, aeroportlarga 
ega yoki unga yaqin hududlar, shakllangan sanoat, ilmiy va madaniy markazlar, 
tabiiy resurslar to„plangan hududda joylashgan bunday EIHlar eng samarali faoliyat 
ko„rsatadi. 
Ayrim hollarda EIHlarni yangi o„zlashtirilgan hududlarda joylashtirish 
maqsadga muvofiq bo„ladi. Bunday hududlar sanoat rivojlanmagan, ishlab chikarish 
va ijtimoiy infratuzulma mavjud bo„lmagan holda ham yirik davlat ahamiyatiga ega 
bo„lgan dasturlarni amalga oshirish (masalan, mamlakatning yonilg„i energetika, 
mineral xomashyo bazasini mustahkamlash) maqsadida tashkil etiladi. 


68 
EIHlarni tasniflash ularning rivojlanish tarixi bilan bog„liqdir. 
EIHlarni tasniflar ularning tarixiy jarayonlar asosida vujudga kelgan turlarini 
o„rganish, aniqlash, ularning mazmun-mohiyati, maqsadi, ahamiyati, o„ziga xos 
xususiyatlarini bilish va asoslashga imkon beradi. 
Bu esa bir turdagi va dastlabki tashkil etilgan EIHlarning yanada rivojlangan 
EIHlarga aylanishi, keyingi yangi avlod turlarining tashkil etilishi va rivojlanib 
borishiga ham keng yo„l ochib beradi. 
EIHlarni tasniflash bugungi kunda jahon iqtisodiyotida mavjud bo„lgan turlarini 
tavsifiy va sifat belgilari, umumiy jihatlari bo„yicha guruhlash va ajratishni nazarda 
tutadi. 
EIHlarni tasniflash mavjud turli-tuman EIHlarni tartiblash, aniq farqiga borish 
maqsadida, guruhlash – turkumlash asosida amalga oshiriladi. 
EIHlarni turkumlash – nafaqat, ularga qisqacha tavsif berish, balki, ularning 
rivojlanish evolyutsiyasi, shakllanish va faoliyat yuritish jarayoni hamdir. Bu EIHlar 
rivojlanishining, oddiy shakllaridan murakkab shakllarga o„zgarib borishidagi juda 
uzoq yo„lidir. 
Ilmiy adabiyotda turli xil turkumlash mezonlari berilgan. 
Jumladan, jahon iqtisodiy tizimida EIHlarni turkumlashda quyidagi mezonlarga 
e‟tibor beriladi: 
1. Milliy iqtisodiyotga integratsiyalanganlik darajasi bo„yicha. 
2. Tashkiliy usuli bo„yicha. 
3. Egalik xususiyati bo„yicha. 
4. Faoliyat turi yoki funksional maqsad bo„yicha. 
Ushbu tasniflanishni quyidagi 3.1-rasmda ko„rish mumkin. 
Keltirilgan mezonlar bo„yicha tasniflangan EIHlar tarkibida milliy iqtisodiyotga 
integratsiyalanganlik darajasi bo„yicha tasnifiga alohida to„xtalib o„tish o„rinlidir. 
3.1-rasmda keltirilganidek, EIH integratsiyalanganligi darajasi bo„yicha 2 turga 
bo„linadi: anklav (yopiq) va integratsiyalashgan. Anklav hududlar faoliyat mexanizmi 
o„xshashligiga qaramasdan tamoyillari, maydon kattaligi va faoliyat yo„nalishi 
bo„yicha bir-biridan farq qiladi.
Birinchi yo„nalishga imtiyozli soliq va bojxona tartibi qo„llaniladigan ayrim 
korxonalarni hududini qoplovchi hududlarni kiritish mumkin. Bunday hududlar 
Meksikada nisbatan keng tarqalgan bo„lib ularda makiladoras – eksport korxonalari, 
AQSh chegaralari bo„ylab joylashgan holda faoliyat yuritadi. Xuddi shunday 
tamoyillar asosida Daminikan Respublikasida, Gaitida va Vengriyada EIHlar tashkil 
etilgan.
Ikkinchi yo„nalishga maydoni bir necha o„n gektardan bir necha yuz 
gektargacha bo„lgan yopiq hududli katta bo„lmagan industirial anklavlar kiradi. 
Bunday hududlar Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida va 
Shimoliy Afrika davlatlarida tuzilgan. Bir qancha tumanlarni va butun shaharlarni 
qamrab oluvchi yirik ko„lamli hududlar uchinchi yunalishni tashkil etadi. Bunday 
yondashuv avvalam bor Xitoy va Xindiston, shuningdek, Shri-Lanka, Mavriki va 
boshqa mayda davlatlarda uchraydi. 
Anklav EIHlar erkin konvertatsiyalashadigan valyutani ishlash uchun barcha 


69 
ishlab chiqariladigan mahsulotni eksport qilishga yo„naltirilgan. Bunday hududlar 
mamlakatning boshqa qismiga nisbatan mustaqilligi tovarlar va odamlarni ularni 
chegarasi orqali o„tishining maxsus tartibi orqali ta‟minlanadi. Iqtisodiy mustaqillik 
esa bu hududlardagi maxsus iqtisodiy iqlim (ma‟muriy va iqtisodiy usullar 
yordamida) bilan ta‟minlanadi.
Anklav hududlar, odatda, mamlakat hududidan tabiiy ravishda ajralgan joylarda 
tashkil etiladi (orollar, yarim orollar, dengiz kurfazlari va boshqalar), lekin shaharlar 
ichida yoki regionlar ichida ham tuzilishi mumkin. Har qaysi holda ham anklavning 
tashkil etilishi hududning yuridik mustaqilligini nazarda tutmaydi. 
Integratsiyalashgan EIHlarning o„ziga xos belgisi shundan iboratki, ular 
mamlakatning ichki iqtisodiyoti, uning ichki hududlari bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga 
ega bo„ladi. Eksport salohiyatini rivojlantirish muammolarini hal etishdan tashqari, bu 
zonalar mahalliy sanoatning texnologik darajasini oshirish, chiqarilayotgan 
mahsulotning sifati va raqobatbordoshliligini oshirish vazifalarini ham hal qiladi. 
Anklav ko„rinishidagi hududlardan farqli o„laroq integratsiyalashgan hududlar, 
ko„p jihatdan, oraliq mahsulotlarni import qilishga emas, balki, milliy mahsulotlarni, 
komponetlarni va yarim tayyor mahsulotlarni ishlatishga qaratilgan bo„ladi. 
Jumladan, Braziliyadagi “Manaus” hududida tayyor mahsulot tarkibidagi milliy 
komponetlar ulushi 40-90%ni tashkil etgan holda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning 90%dan ortig„i ichki bozorda iste‟mol qilinadi. AQShning tashqi savdo 
hududlarida 80% xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar AQShning ichki 
hududlaridan keltiriladi va o„z navbatida, 90% ishlab chiqarilgan mahsulot 
mamlaktning ichki hududlariga etkzib beriladi. 
Integratsiyalashgan hududlar milliy va xalqaro iqtisodiyot bilan uzviy 
bog„langan holda nisbatan erkinroq faoliyat rejimiga ega. Ular ayniqsa xalqaro 
mehnat taqsimotiga qo„shilgan rivojlangan bozor iqtisodiyotili mamlakatlarga xos. 
Integratsiyalashgan hududlar globallashgan bozor iqtisodiyotiga juda mos keladi. Bu 
hududlarda mamlakat hududi bo„yicha unifikatsiyalangan iqtisodiy va huquqiy tartib 
qo„llaniladi. Qoida tarikasida bu hududlar avval anklav sifatida tashkil etilgan bo„lsa 
keyinchalik 
bu 
hududlardagi 
xo„jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
faoliyati 
diversifikatsiyalashgan. 


70 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish