Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Uchinchidan, 
EIHlarda faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar va mahalliy 
korxonalar o„rtasida to„g„ridan-to„g„ri aloqalarni o„rnatish uchun kerakli xarajatlar 
miqdori va darajasini hisobga olish zaruriyati. Mahalliy firmalar o„ylamasdan xorijiy 
firmalarni, xaridorning texnik standarilariga mos keluvchi va yetarli miqdorda 
mavjud bo„lgan tovarlar va xizmatlar bilan ta‟minlaydi degan fikrga borish 
noto„g„ridir. Bunday vaziyat kamdan-kam uchraydi. Bu esa zonadan tashqrida 
faoliyat yurituvchi mahalliy korxonalarni ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga 
va texnologik darajasini ko„tarishga, shuningdek, ushbu korxonalar va zonada 
faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar o„rtasida ishlab chiqarish aloqalarini 
ta‟minlashga jiddiy sarmoyalar kiritish zarurligini anglatadi. Bunday investitsiyalar 
butun iqtisodiyotga foyda keltiradi (agar shunday yo„l bilan rivojlangan firmalar 
tovarlar va xizmatlarni mahalliy bozorga ham yetkazib bersa). Ushbu muammoni hal 
qilish, balki avval ko„zda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni talab etadi, bu esa erkin 
iqtisodiy hududlarni tashkil qilishga yo„naltiriladigan investitsiyalar hajmini 
ko„paytiradi.
Yuqorida ko„rsatilgan muammolarning mavjudligi – xomashyo resurslari va 
moliyalashtirishning yetishmasligi, mahalliy korxonalarning past texnik darajasi, 
mahalliy tovarlar va xizmatlarning past sifati erkin zonada faoliyat yuritayotgan xorijiy 
firmalar va undan tashqaridagi mahalliy korxonalar o„rtasida aloqalarni o„rnatish 
masalasini hal etishning murakkabligini belgilaydi. Bundan kelib chiqadiki, dastlabki 
bosqichlarda mahalliy bozorlarga kirish imkoniyati potensial xorijiy investorlar uchun 
kuchli sabab bo„la olmaydi. Shunga qaramay, uzoq muddatli istiqbolda mahalliy 
resurslarga ega bo„lish imkoniyati ular uchun muhim omil bo„lishi mumkin.
EIHlarda xorijiy firmalarni mahalliy resurslar bilan ta‟minlashni rivojlantirish 
uzoq muddatli tadbirlar toifasiga kiradi va potensial investorlarning hech 
bo„lmaganda kamchiligi bunday resurslarni ishlab chiqishda ishtirok etishga 
hozirligiga shubha qilmaslik kerak. EIHlarning loyihachilari, ko„pincha, mazkur 
hududlarning xorijiy ishtirokchilari uchun asosiy ustunliklardan biri bo„lib, EIH 


60 
tashkil qiluvchi mamlakat hukumati tomonidan berilgan moliyaviy yoki boshqa 
rag„batlar darajasi hisoblanadi, deb o„ylaydilar. Haqiqatan ham birinchi EIHlarni 
tashkil etishda shunday bo„lgan edi. Biroq, o„tgan o„n yilliklar mobaynida jahonda 
EIHlarning soni shunchalik ko„payib ketdiki, xorijiy investorlar uchun nisbiy 
ustunliklar (soliq imtiyozlari, subsidiyalar, importni bojxona to„lovlaridan ozod 
qilish, qisman bojsiz eksport qilish va boshqalar) ko„p hollarda, balki butunlay 
o„zining rag„batlantiruvchi xususiyatlarini yo„qotdi
30
.
Umumiy imtiyozlar guruhidagi ko„pgina imtiyozlar amalda shunchaki 
hisoblanadi va miqdoriy jihatdan nolga teng. Masalan, soliq to„lash bo„yicha 10 yillik 
imtiyozli davrning berilishi davlat budjeti uchun moliyaiy yo„qotish hisoblanmaydi, 
chunki bunday imtiyoz bo„lmaganda, investorni, balki, EIH qiziqtirib qolmasdi. 
Tajriba ko„rsatishicha, maxsus imtiyozlar xorijiy firmalarning zonalarda ishtirok etish 
to„g„risidagi qaror qabul qilish jarayonida faqat ikkinchi darajali rolni o„ynaydi. Juda 
yaxshi holatlarda bunday imtiyozlar juda kam, ko„pincha, amalga oshirilmaydigan 
qo„shimcha foyda keltiradi. SHu bilan birga, maxsus imtiyozlarni joriy qilish uchun 
xarajatlar salmoqli bo„lishi mumkin, chunki, ulardan ko„p sonli potensial firmalar 
foydalanishi mumkin.
Jahon EIHlar bozoridagi raqobatda ishtirok etmoqchi bo„lgan mamlakat jahon 
talablari darajasida yoki undan ham yuqori darajada rag„batlar va imtiyozlar taqdim 
etishi zarur. Jahon EIHlar bozorida bunday yondashuv zonalardagi mavjud iqtisodiy 
ustunliklarga nisbatan ham qo„llaniladi
31
.
Jahon tajribasini o„rganish shuni ko„rsatadiki, hech bir EIH tegishli 
infratuzilmasiz, ya‟ni obodonlashtirilgan hudud, telkommunikatsiya tarmog„i, suv, 
elektroenergiya, aeroportga chiqish, mahalliy va xorijiy xodimlar uchun uy-joy 
sharoitlarisiz muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsata olmaydi. Investorlar tomonidan 15-20 
yil oldin nisbiy ustunlik deb baholangan sharoitlar (yaqin joylashgan xalqaro 
aeroport, yaxshi telefon aloqasi) hozirgi paytda boshlang„ich shartlar hisoblanadi, 
ular qondirilmagan hollarda xorijiy firma zonada ishtirok etish masalasini, hatto, 
ko„rib chiqmaydi ham. Moddiy va iqtisodiy imtiyozlarni asta-sekin o„rtacha 
ko„rsatkichlarga keltirish shuni tasdiqlaydiki, taqdim etilayotgan ikki guruh 
imtiyozlari zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun uzoq vaqt jiddiy sabab 
bo„la olmaydi. Ular investor tomonidan sarmoyalar kiritish yoki kelgusida 
sarmoyalar kiritish to„g„risidagi ijobiy qaror qabul qilish uchun faqat dastlabki shart 
bo„la oladi. Kapitalni EIHga kiritish to„g„risidagi oxirgi qaror investorning taktik va 
strategik fikr-mulohazalariga bog„liq bo„ladi.
Agar avval boshidanoq EIHlar, ularda ham xorijiy, ham mahalliy korxonalarni 
joylashtirishga yo„naltirilishiga tayanadigan bo„lsak, EIHlarga milliy firmalarni va 
investorlarni jalb qilish shartlarini ham ishlab chiqish zarur. Birinchi qaraganda, 
milliy investorlarni jalb qilish unchalik qiyin emasday ko„rinadi, chunki, ular zonada 
taqdim etilgan rivojlangan infratuzilmadan va imtiyozlardan foydalanishdan 
manfaatdor. Biroq, amaliyot ko„rsatishicha, butunlay boshqacha holat ham bo„lishi 
30
Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков, 
Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006. – 248 с. 
31
Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков, 
Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006. – 248 с. 


61 
mumkin. Milliy investorlar ko„pincha kutishni, yoki dastlabki vaqtlarda qiziqish 
bildirib, so„ngra zonada ishtirok etishdan voz kechishi mumkin. Buni shunday 
tushuntirish mumkinki, ular uchun zonada mahalliy firmalarga notanish bo„lgan ish 
sharoitlarida faoliyat yuritish qiyinchiliklari zonaning real afzalliklaridan ustun 
kelishi mumkin. Ular uchun o„zlari foydalanib turgan ishlab chiqarishni 
tashkillashtirish va boshqarish usullaridan yangi ishlab chiqarish, texnologik va 
tashkiliy sharoitlarda ishlash usullariga o„tish juda qiyin kechishi mumkin.
Shunday qilib, EIHlar loyihasini ishlab chiqishda, mazkur EIHda muvaffaqiyatli 
ish faoliyati yuritishi mumkin bo„lgan mahalliy korxonalarni jalb qilish masalasiga 
yetarlicha e‟tibor berish zarur.
Jahonda EIHlarni tashkil qilinishi va faoliyat ko„rsatishi bo„yicha to„plangan 
ulkan tajribaga qaramay, amaliyot tasdiqlashicha, hozirgi vaqtga qadar bunday o„ziga 
xos milliy-xalqaro xo„jalik tuzilmalarining universal iqtisodiy mexanizmi ishlab 
chiqilmagan. Bu eng avvalo, EIHlarni tashkil qilish turli maqsadlarga egaligi tufayli 
ularda turli iqtisodiy sharoitlar va cheklovlar mavjudligiga asoslanadi. Ayni vaqtda 
jahonning turli mintaqalarida o„nlab va yuzlab EIHlar shakllantiriladi. Obyektiv 
ravishda ular orasida zonalararo raqobat yuzaga keladi va qulay investitsion muhitni 
tashkil qilish va ushbu zonalarga xorijiy va milliy investorlarni jalb qilish maqsadida 
rag„batlar va soliq imtiyozlarni unifikatsiya qilish tendensiyasini namoyon etadi. 
EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda ular faoliyatini tartibga solish va 
rag„batlantirish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bunda EIHlarni 
davlat tomonidan tartibga solish shakllari va usullarini takomillashtirishning quiydagi 
asosiy yo„nalishlari ajratiladi:
1. Soliqqa tortish tizimini takomillashtirish.
2. EIHni bojxona tartibga solishni takomillashtirish.
3. EIHda moliyaviy o„zaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirish.
4. Zonaning maqsadli yo„nalishiga qarab investitsion siyosat ustuvorliklarini 
ishlab chiqish.
5. EIH faoliyatini axborot ta‟minoti tizimini shakllantirish va rivojlantirish.
Ko„pchilik EIHlarda (erkin bojxona va erkin omborlardan tashqari) soliq 
siyosati EIH hududida iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning 
asosiy, faol qo„llaniluvchi usuli hisoblanadi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko„rsatishicha, EIHning soliq siyosati, 
uning butun iqtisodiy faoliyati singari o„z budjetiga asoslanadi. U zona hududida 
joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarning soliq tushumlari; homiylar yordami 
(ayniqsa zonani tashkil qilishning dastlabki bosqichida); davlat tomonidan qo„llab-
quvvatlash mablag„lari; ma‟lum darajada bojxona yig„imlari, zona budjetiga EIH 
direksiyasi (ma‟muriyati)ning o„z xo„jalik-tadbirkorlik faoliyatidan olingan 
mablag„lardan tushumlar kabi turli manbalar hisobidan shakllantiriladi. Budjetni 
davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash mablag„lari, odatda tekinga emas, balki 
ko„pincha uzoq muddatli kreditlar shartlarida beriladi.
EIHda joylashgan korxonalarning davlat budjeti bilan barcha moliyaviy 
munosabatlari zona ma‟muriyati va zona budjeti orqali amalga oshiriladi. Bu 
EIHning iqtisodiy mustaqilligining muhim omili va xo„jalik faoliyatini samarali 


62 
boshqaruvining muhim sharti hisoblanadi.
EIHda soliq siyosatini ishlab chiqishda qator shartlarni hisobga olish zarur:
1. O„rnatilgan imtiyozlar tizimi EIH faoliyat sohasining ustuvorligi ham uning 
asosiy maqsadlari va vazifalariga muvofiqligiga bog„liq bo„lishi kerak. 
2. Imtiyozlar miqdori imkoniy minimal xalq xo„jalik yo„qotishlari (masalan, 
budjetga to„lovlarning kelib tushmasligi, kredit foizlarini pasaytirilishi) va tegishli 
shakldagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maksimal samara orasidagi 
diapazondagi hisob-kitoblar asosida aniqlanishi kerak.
3. EIHda o„rnatiladigan imtiyozli soliqlar va ulardan ozod qilish tartiblari 
ma‟lum davr mobaynida amal qilish va odatda qayta ko„rib chiqilmasligi kerak. 
Soliqlar moliyaviy va budjet munosabatlarining bir qismini tashkil qiladi, shu sababli 
EIHda davlat soliq siyosatini shakllantirishda barcha turdagi zonalarning davlat bilan 
munosabatlarini aks ettiruvchi zonalashtirishning umumiy tamoyillaridan kelib 
chiqish kerak. Lekin bunda EIHda soliqqa tortish tartibi va Davlat budjetiga soliqlar 
va to„lovlar stavkalari darajasi har bir aniq holatda EIHning ixtisoslashuvi va 
xususiyatlari (uning hududida ishlab chiqarish quvvatlarining, infratuzilmaning va 
moddiy-texnik ta‟minotning boshqa omillarining mavjudligi)ni hisobga olgan holda 
aniqlanishi mumkin. 
Har bir aniq EIHning o„ziga xos xususiyatlarga egaligiga qaramay, jahon 
amaliyotida soliq tizimini shakllantirishning ma‟lum bir xalqaro standartlari mavjud 
bo„lib, 
ulardan 
O„zbekistonning EIHlarining jahon zonalar bozoridagi 
raqobatbardoshligini ta‟minlash uchun foydalanish shart hisoblanadi. 
Milliy EIHlarda moliyaviy munosabatlar mexanizmi hozirgi vaqtda shakllanish 
bosqichida turibdi. Uni shakllantirish uchun EIH faoliyatini moliyalashtirishning turli 
manbalaridan kompleks foydalanish nazarda tutiladi. Bunda xususiy milliy va xorijiy 
investitsiyalardan, mahalliy resurslardan, EIH mintaqalarining va u yerda istiqomat 
qiluvchi aholining o„z mablag„laridan maksimal foydalanish hisobiga davlat 
mablag„laridan foydalanishni har tomonlama cheklashga intilish zarur. Ushbu 
manbalar o„rtasidagi nisbat zonaning hayotiylik sikli bosqichlarini hisobga olgan 
holda undagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlanib borishiga mos ravishda 
o„zgartirilishi zarur. Dastlabki bosqichlarda davlatning ko„magi ancha katta bo„lishi, 
keyingi bosqichlarda esa u mahalliy moliyalashtirish manbalari hisobiga kamaytirib 
borilishi mumkin. 
O„zbekistonda EIHlarga investitsiyalarni jalb etish borasida bir qator 
muammolar kuzatiladi. Vaholanki, bugungi kunda ularda ichki va tashqi 
investitsiyalarni jalb etish uchun muhim bo„lgan bir qator imtiyoz va preferensiyalar 
taqdim etilgan. Biroq, berilgan imtiyoz va preferensiyalarning o„zi EIHlarga 
investitsiyalarni jalb etish uchun yetarli bo„la olmaydi. Bunga bir qator muammolar 
ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- EIH joylashgan mintaqada qulay investitsiya muhitini tashkil etiuvchi 
omillarning yetarli darajada shakllanmagnaligi va rivojlanmaganligi (transport-
logistika, axborot texnologiyalari, muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmalarining 
talb darajasida emasligi; 
- Suv, gaz, elektr energiyasi kabilar bilan uzluksiz ta‟minot tizimining 


63 
rivojlanmaganligi; 
- malakali, zamonaviy tajriba va ko„nikmaga ega kadrlarning etishmasligi; 
- mahalliy xomashyo va yarimfabrikatlar sifatining talab darajasida emasligi 
yoki ularni tayyorlash texnologiyasining eskirganligi; 
- ekologiya va atrof-muhitning qoniqarli darajada emasligi; 
- korrupsiyaning mavjudligi va ta‟sirining yuqoriligi. 
Shu sababli EIHlarga investitsiyalarni jalb qilishda hududlardagi muammolarni 
bartaraf etish, ularning ham investitsiya salohiyatini o„rganish, hisobga olish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Quyidagi jadvalda O„zbekiston bo„ylab hududlarning yetakchi 
tarmoqlari va investitsiyalar kiritilishi mumkin bo„lgan ustuvor tarmoqlari 
to„g„risidagi ma‟lumotlar keltirilgan. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish