30
Erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy kapitalni jalb eti
shni
ng iqtisodiy mexanizmi
turli-tuman bo„lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
-
uskunalar, xomashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilari
importini bojxona bojlaridan to„la yoki qisman ozod etish;
-
foydaga solinayotgan soliqlarga imtiyozlar joriy etish;
-
daromad solig„idan to„la yoki qisman ozod qilish;
-
eksport imtiyozlarini joriy etish va mamlakatning
boshqa qismlaridan olib
kelinadigan uskunalar, xomashyo va ishlab qari
shn
ing boshqa tashkil etuvchilarini
rag„batlantirish;
-
eksportga imtiyozli shart-sharoitlar joriy etish;
-
mahalliy soliqlardan ozod qilish;
-
xorijiy investitsiyalarning barcha shakllariga ruxsat berish;
-
eksport va importni imtiyozli litsenziyalash;
-
foydani erkin uzlashtirishga imkoniyat yaratish;
-
EIHlarda milliy valyutaning qisman yoki to„liq
erkin almashuvini
ta‟minlaydigan alohida valyuta rejimini joriy et
ish
;
-
kommunal xizmat, transport tariflari uchun pasaytirilgan ijara to„lovlarini
taqdim et
ish
;
-
jadallashtirilgan amortizatsiyani joriy et
ish
;
-
zamonaviy bozor infratuzilmasini hamda xizmatlar tarmoqlarini barpo et
ish
;
-
xorijiy investitsiyali va aralash korxonalarga davlat kafolatlari va
imtiyozlarini taqdim etish va boshqalar.
EIHlarning quyidagi asosiy xususiyatlarni ko„rsatish lozim.
1. Turli xil imtiyoz va rag„batlarning qo„llanishi, jumladan:
- tashqi savdo imtiyozlari, ularga eksport-import to„lovlarini kamaytirish yoki
bekor qilish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan
tartibining qo„llanilishi;
-
fiskal imtiyozlar, jumladan, aniq faoliyat turlari uchun soliq imtiyozlarning
berilishi. Imtiyozli soliq bazasi (foyda yoki daromad, mulk qiymati va x.k.), uning
alohida tashkil etuvchilari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqi,
tadqiqotlar, transport
xarajatlari)ga qaratilgan bo„lishi, soliqdan vaqtincha yoki doimiy ozod qilishdan
iborat bo„lishi mumkin;
- moliyaviy, turli xil subsidiyalarni qamrab olib, ular bevosita – budjet
mablag„lari va imtiyozli davlat kreditlari hamda bilvosita kommunal xarajatlar uchun
imtiyozlar, yer uchastkalaridan foydalanilganligi uchun ijara haqini kamaytirish va
h.k.lardan iborat bo„ladi;
- ma‟muriy, korxonalarni ro„yxatga
olishni osonlashtiruvchi, xorijiy fuqarolar
kelish, ketishini soddalashtirish bo„yicha imtiyozlar.
2. Erkin mintaqani boshqarishning bir muncha erkin, butun iqtisodiy masalalar
bo„yicha mustaqil ravishda qaror qabul qila olish.
3. Hukumat tomonidan har tomondan qo„llab-quvvatlanishi.
EIHlarning yuqoridagilar qo„shimcha ravishdagi xususiyatlari sifatida
quydagilarni ham keltirib o„tish mumkin:
-
xo„jalik faoliyatini minimal ravishda reglamentlashtirish;
31
-
bojxona to„siqlarini minimumga keltirish;
-
eksport importda cheklashlar yo„qligi yoki kamligi;
-
minimal valyuta
nazorati;
-
insofli, minimal soliq solish;
-
sug„o„rtalash erkinligi, imtiyozliligi;
-
baho belgilash erkinligi;
-
kredit tizimini imtiyozliligi, qulayligi;
-
personalni ishga solish, haydash masalalarida tadbirkorning erkinligi.
Bunday xususiyatga ega sharoitlarni butun iqtisodiyotda – xalq xo„jaligi
kopleksiga birdaniga, to„liq holda yaratish juda mushkul. Ammo, mamlakatning
kichik bir, alohida hududlarida, alohida tarzida boshqariladigan maxsus hududida,
ya‟ni EIHlarda bunday shart-sharoitni yaratish va qo„llab-quvvatlash mumkin. Shu
jihatdan ham EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar o„ziga xos bo„lib, boshqa hududlarda
ularni qo„llash imkonsizdir.
Jahon tajribasining ko„rsatishicha eng umumiy holda EIHlarni tashkil etish
jarayoni 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: