Йилларда франция


Qarama-qarshilikning keskinlashuvi



Download 1,56 Mb.
bet33/72
Sana11.01.2017
Hajmi1,56 Mb.
#169
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
Qarama-qarshilikning keskinlashuvi

va inqirozning muqarrarligi
Mamlakatda «real sotsializm» inqirozi keltirib chiqargan qiyinchiliklar va salbiy holatlarni qalin o‘rmonining orqasida turgan sovet oligarxiyasi ko‘rishni xohlamas edi. Ko‘klarga ko‘tarib maqtash, ko‘pdan-ko‘p davlat mukofotlari bilan taqdirlash, umrining oxirigacha, ya’ni 1982 yil noyabrigacha KPSS MKning Bosh kotibi L.I.Brejnevning shaxsiga sig‘inishni qo‘llab-quvvatlash «real sotsializm»ning vositasi bo‘lib keldi.

L.I.Brejnev haqida esa: «kult bor, ammo shaxs yo‘q» deb aytishardi. Ammo nomenklatura unga xos bo‘lgan eskilikni yoqlash, ko‘ngilchanlik va bemalollik xususiyatlarini hamda xatolarga va suiste’mol qilishlarga beparvoligini qadrlar edi. Undan keyin oligarxiyani boshqargan Y.Andropov «real sotsializm»ning lenincha hayotiyligiga zarracha shubha qilmasdi. U intizomni mustahkamlash, «sovet xalqi»ni ma’muriy-milliy birlashtirish (ruslashtirish orqali) va mamlakatni harbiylashtirish uchun jon kuydirdi. Uning qat’iyligi va jamiyatni o‘rganish zaruratini tan olganligi mamlakatda o‘zgarishlarni kutish sukunatini jonlantirdi, ammo u 1984 yil fevralida olamdan o‘tdi. Uning vorisi K.Chernenko kasal bo‘lishiga qaramay imkoni boricha «Brejnevcha» yo‘l tutdi, ammo 1985 yil martigacha ham yashay olmadi.

«Tantanali dafnlar besh yilligida» (uchta bosh kotib) oligarxiyaning asosiy quroli - KPSS hamma narsaga qodirdek tuyulardi. Uning a’zolari soni 19 million kishini tashkil etdi. Siyosiy byuro siyosatini amalga oshiruvchi yuz minglab partiya qo‘mitalari barcha sovet xo‘jalik va ijtimoiy tashkilotlarini qamrab olgan edi. Ular 18 millionga yaqin turli boshqaruv tuzilmalari xodimlari faoliyatini boshqarar va keng omma jumladan kasaba uyushmalari, «ijodiy uyushmalar» va boshqa ijtimoiy tashkilotlar, hatto filaterist (marka yig‘uvchi) va ovchilarning siyosiy hatti-harakatlarini ham yo‘lga solib turishardi. Ommaviy axborot vositalari, kino va teatrlarda senzura hukmronlik qilardi. Radiotelealoqa, ko‘paytiruvchi texnika va kompyuterlardan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilmasdi.

KPSS bor kuchi bilan hammani yorqin kelajak haqidagi xom xayollarga ishontirish, xalq va hokimiyat manfaatlari birligini uqtirib xalq faolligini oshirishga harakat qilardi: «xalq va partiya bir butundir!». Hatto, KGB 80-yillar boshiga kelib turli huquqshunos liberallar, demokratlar, millatchilar va hokazolarni chegaralash, lager va ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylash yoki mamlakatdan haydash choralarini ko‘rdi va uning uddasidan chiqdi.

KPSS boshlang‘ich tashkilotlari va ularning faol tarkibi «sotsializm afzalliklari», «sotsialistik demokratiya» va «sovetcha yashash tarzi»ning ustunligi, «kommunizm quruvchisi»ni tarbiyalashni targ‘ib qilishni kuchaytirar, mehnat kollektivlarini «jamiyatning asosiy yacheykasi»ga aylantirishga harakat qilardi. Ijtimoiy birlik manfaatlari uchun tenglashtirish tendensiyalarining qo‘llab-quvvatlangan tadbirlari o‘tkazilardi. Odamlarga, ularning butun hayoti va faoliyatining mazmuni «yorqin kelajak» uchun xizmat deb tushunishlarini uqtirardilar.

«Sovet xalqi odamlarning yangi tarixiy jamoasi» sifatida targ‘ib qilindi va uning birligi uchun hukumat keng integratsiya jarayonini, millatlararo va elatlararo nikohlar va ruslashtirish siyosatini qo‘llab-quvvatlar, elatlar o‘rtasidagi o‘ziga xoslikni hamda farqlarni kamsitib, ularning ona tilini o‘rganishlarini va o‘z tillarida kitoblar chop etishni qisqartirib bordi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ilmiy texnika taraqqiyotini jadallashtirish uchun siyosiy byuro «iqtisodiyot iqtisodli bo‘lishi kerak!» deb jar solar va ishlab chiqarishning ekstensiv o‘sishidan intensiv o‘sishga o‘tishiga da’vat qilardi. Barcha boshqaruv idoralari tomonidan rejalashtirish va boshqaruvni yaxshilash, eng yangi sohalarning, brigada va korxonalarni xo‘jalik hisobiga o‘tkazish va rivojlanishini tezlashtirish, yuksak texnologiyalarni joriy qilish ishchilarning ishlab chiqarishdan manfaatdorligini oshirish bo‘yicha choralar qabul qilinardi. Asosiy e’tibor importga, qurollarni yangilash uchun yuqori texnologiyalar yaratishga qaratildi. Butun mamlakat xo‘jaligini markaz boshqarib turar, respublikalar hokimiyatidagilar esa o‘zlaridagi ishlab chiqarishning ko‘pi bilan 15-20%ini boshqara olishardi, xolos. «Ular Moskvadan so‘ramasdan turib oddiy mix qoqishni ham uddalay olishmaydi»-ularning konstitutsiyasida «yozilgan» suverenitetini shunday baholar edi M.Gorbachev.

Ammo ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muvaffaq bo‘linmadi. 80-yillarga kelib eskirgan asbob-uskunalar ulushi 40%dan oshdi. Eng yangi mashinalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish uchun SSSRda AQShdagiga ko‘ra 9-10 marta ko‘proq vaqt sarf etilardi. Sovet ishlab chiqarishida energiya va xom ashyo sarfi G‘arbiy Yevropadagidan 1,5-2 baravar ko‘p, ammo ishlab chiqarish samaradorligi bir necha barobar past edi. Korxonalarning 25-30%i surunkali ravishda daromad bo‘yicha rejalarni bajarmas edi. Agrosanoat kompleksining maxsus tarzda tashkil qilinishiga qaramasdan 70% ga yaqin kolxoz va sovxozlar hatto sovet o‘lchovlari bo‘yicha zarariga ishlar edi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib, neftning dunyo bozoridagi narxlari pasayishi munosabati bilan sovet budjeti uchun juda muhim bo‘lgan neft eksportidan olinadigan daromad ham ancha qisqardi,

Sovet iqtisodiyoti harbiyligicha qolaverdi. Eng avvalo, harbiy maqsadlarda, strategik xom ashyoni qazib olish oshirilar, tadqiqotlarning 4G‘5 qismi harbiy maqsadlarda o‘tkazilar, yangi harbiy texnologiyalar yaratilar, raketalar va sun’iy yo‘ldoshlar uchirilardi. Ammo SSSR biror strategik texnologiya bo‘yicha AQShdan o‘zib keta olmadi va faqatgina bir necha yo‘nalish bo‘yicha tenglikni saqlab qola oldi xolos. «Ular - deb yozadi raqiblar haqida KGB rahbari V.Kryuchkov - Sovet Ittifoqini lazer texnologiyalari, aviatsiya, harbiy-dengiz floti, oddiy qurollarning ba’zi turlari bo‘yicha ancha ortda qoldirishdi». SSSR ustunligi u yoqda tursin, hatto harbiy strategik tenglikni saqlash imkoniyatidan ham mahrum bo‘ldi, AQSH esa sifat jihatidan yangi qurolni ishlab chiqarishga kirishdi.

Umuman, ishlab chiqarishning yillik o‘sish sur’atlari 13,2 dan 10% gacha pasaya bordi. Yuksak texnologiyalar o‘choqlari yaratilishidan qatiy nazar, ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha u elektron axborot ishlab chiqarishga o‘tgan mamlakatlardan tobora ortta qolib bordi.

Aholini davlat monopoliyasiga asoslangan ekspluatatsiyasi chuqurlashib bordi. Mehnatga haq to‘lash uning natijalariga umuman mos kelmas edi va ishchilar yaratgan daromadning tobora kattaroq qismi ijtimoiy iste’mol fondlari tomonidan mehnat samarasiga nomutanosib tarzda taqsimlanardi. Eng malakali va qobiliyatlilarning bor mahorat bilan mehnat qilishi qiziq bo‘lmay qoldi, chunki ularning mehnati juda past baholanar edi. «Umuman SSSRda yaxshi ishlash befoyda edi»,- deb guvohlik beradi V.Pavlov

Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning «iste’molchilar jamiyati»dan farqli o‘laroq SSSRda fuqarolik tovarlarini ishlab chiqarish bilan sanoatning atigi 10-15 %i band edi. Buning natijasida mamlakatda 50 million aholiga jon boshiga hisoblaganda o‘rtacha 9 m2 yashash joyi to‘g‘ri kelgan va aholining ovqatlanishi ratsion normalaridan ham 40-30-20% kamroq bo‘lgan. Dori-darmonlar ham yetishmas edi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib, hukumatning e’tirof qilishicha, aholining 40 million nafari qashshoq ahvolda yashagan. SSSRda aholining sog‘liq darajasi va o‘rtacha umr kechirishi eng rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha yomon edi. Har yili 120 ming nosog‘lom bolalar tug‘ilardiki, bu aholi genefoni (nasliy aql-zakovati)ga katta zarar yetkazdi.

Neftni eksport qilishdan keladigan daromadning kamaygani sababli import qisqartirildi va aholiga zarur mollar tanqisligi oshdi, hukumat esa o‘zining xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini oshirdi. Bu narxlarning ko‘tarilishiga, olib-sotarlikning avj olishiga va noqonuniy korxonalar - «yashirin iqtisodiyoti»ning faollashishiga olib keldi.

Ekologik vaziyat ham tobora murakkablasha bordi, tabiatning atom va kimyoviy chiqindilar bilan ifloslanishining haqiqiy ko‘rsatkichlari yashirilar edi. Yillik ekologik talofotlar SSSRda tabiatni muhofaza qilish uchun sarflangan xarajatlardan 4-5 marta ko‘p edi. Ekologik ofat mintaqalari soni 150 dan oshib ketdi. Orol dengizi qurib borar, Baykal va Ladoga ko‘llari zaharlandi, mamlakatda iste’mol qilinadigan suvning 80% i zarur tozalik standartiga (meyoriy o‘lchami) javob bermas edi.

Bularning hammasiga qaramasdan SSSRning harbiy xarajatlari Ulug‘ Vatan Urushining eng qizg‘in paytidagidan ham ko‘proq edi. Sovet rahbarlari «dunyo tarozisi pallasiga o‘zining kuchli salohiyatini qo‘yganligi»dan maqtanishar edi. Siyosiy Byuro mamlakat zaxiralari hisobidan Angola, Kuba, Nikaragua, Janubiy Yaman, Habashiston rejimlarini saqlab turishga va boshqa «do‘stlar»ga, hamda o‘nlab xorijiy kompartiyalarga milliardlab so‘m va dollarni jo‘natar edi. Uning global da’volarini qondirish maqsadida harbiy baza va yo‘llar qurilishi uchun XXR bilan chegara bo‘ylab qo‘shin saqlash uchun katta xarajatlar amalga oshirildi. Yuzlab sovet kema va atom suv osti kemalari dengiz va okeanlarni kuzatib yurardi. Yuzlab «yo‘ldoshlar» raqibni nazorat qilardi.

SSSRning boy berilgan ilgarigi ta’sirini tiklash uchun Siyosiy Byuro qarori bilan 1979 yilning dekabrida Afg‘onistonga sovet harbiy intervensiyasining boshlanishi ko‘p yillik qon to‘kishlarga olib keldi. Unda 620 ming sovet harbiylari qatnashib, 14,5 ming kishi halok bo‘ldi, bundan bir necha barobar ko‘p kishi yarador bo‘lib, katta mikdordagi texnika qo‘ldan boy berildi. O‘nlab milliard dollarlar ko‘kka sovurilib milliondan ortiq afg‘onlar yo‘q qilindi, ammo g‘alabaga erishilmadi. Bu intervensiya barcha mamlakatlarda norozilik uyg‘otdi. Muvaffaqiyatsizliklar va obro‘ning to‘kilishidan g‘azabga kelgan sovet militaristlari qurolli kuchlarni ko‘paytirishni talab qilishar, ogohlantiruvchi yadro zarbasi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlar va «butun mamlakatni harbiy lagerga aylantirish»ga intilardi. 1984 yilda uchta «operativ-strategik teatrlar»da G‘arbiy, Janubiy va Uzoq Sharq bosh qo‘mondonliklari tuzildi.

Sovet rahbariyati na XXR bilan aloqalarni yaxshilashning, na Yevropa mamlakatlaridagi «real sotsializm»ni, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi do‘stona tuzumlarni mustahkamlashning, na xalqaro tinchlikni saqlashning va na parchalanib borayotgan jahon kommunistlar harakatida o‘z gegemoniyasini tiklashning uddasidan chiqa oldi.

SSSR ichidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlasha bordi. Aholining mamlakat rahbariyatiga nisbatan ishonchi yo‘qoldi. Ko‘pchilik sotsializmga sodiq qolsada, ammo har bir kishi o‘z foydasi nuqtai nazaridan amal qilar, ikkilama standart asosida hayot kechirardi. Ko‘pchilik moslashib turib insoniy or-nomus va erkinlikni tinchlik va mayda imtiyozlarga, fuqaro javobgarligini oddiy, ammo nisbatan barqaror maishatga almashtirdi.

Bunda xo‘jalikda band bo‘lganlar asosiy qismi uchun ishdan qoniqmaslik, past intizom, ish vaqti va uskunalardan noto‘g‘ri foydalanish, mahsulot sifatiga befarqlik, qo‘shib yozishlar bilan «pul ishlash»ga va maoshni talon-taroj qilish yo‘li bilan to‘ldirishga intilishlar xos bo‘ldi. Sotsiologlarning aniqlashlaricha, mamlakatning atigi 15-17% mehnatkashlari vijdonan mehnat qilardi.

Tuzum kamchiliklari va dardlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanuvchilar ko‘payib bordi. Jinoyatchilik katta sur’atlar bilan o‘sardi. Ichkilikka suyanib qolgan va hafsalasi pir bo‘lganlar soni oshib ketdi. Ichkilikbozlik umumxalq odatga aylandi.

Majburiy migratsiya va ish xarakteridan, maoshdan norozilik natijasida yillik ishchi kuchining tashqariga oqib ketishi ishda bandlarning 25-30%ini tashkil etdi. Shu bilan birgalikda korxona va idoralarda ish vaqtining 15-20%i bekorga sarflanar, millmonlab qalbaki ish bilan bandlar bo‘lib, aholisi zich joylashgan Janubiy mintaqalarda ish topa olmayotgan ishga layoqatlilar soni ortib bordi.

Butun mamlakat bo‘yicha ongsiz ommaviy davlat monopoliyasiga asoslangan ekspluatatsiya va ishchi-xodimlarning bevosita manfaatlarini poymol qilishga nisbatan norozilik avj olib bordi. Hukumat uni fuqarolar hayotini ma’muriy cheklash orqali bartaraf qilishga urindi, ammo bu kutilgan natijani bermadi, balki qog‘ozbozlikni yanada kuchaytirdi. Rahbariyatining barcha bo‘g‘inlarida xato va qiyinchiliklarni yashirish, tartibsizlik va mas’uliyatsizlik, korrupsiya va poraxo‘rlik orqali mansabparastlik kasaliga giriftor bo‘lishi kuchaydn. Oliy rahbariyatning ta’siri ham pasaydi, chunki, u Andropov e’tirof etishicha, Sovet jamiyatini yaxshi bilmas edi. Bajarish uchun hech qanday mablag‘ va vositalar bo‘lmasada buyruqlar tez-tez berilib turar, bajarilishi mumkin bo‘lganlari ham bajarilmas edi. Bundan tashqari, tashvish bilan Gorbochev tan olganidek, «butun tuzumda» laganbardorlik, xo‘jako‘rsinchilik, shaxsiy aloqalar va turli rahbarlar atrofida turli mafiya (klon)lar hukmron edi.

Aholining eng faol qismi o‘zgarishga moil edi. Shuning uchun Andropov mamlakatda dushmanona kayfiyatdagi yuz minglab odamlar bor va tuzum qotag‘onlar uyushtirishga majbur deb hisoblar edi. Bu odamlar turlicha harakat qilishardi. «Lenincha g‘oyalar»ga qaytishga da’vat etishardi, qatog‘onlar tufayli yarim unutilgan va yo‘qolib bo‘lgan o‘z elatlari fuqarolarini yoki tili va madaniyatining erkinliklarini himoya qilishardi. Tuzum jinoyatlarini fosh etishni va liberal qadriyatlar - inson erkinligi va huquqlarini himoya qilishni talab ettirishardi. Diniy erkinlikni talab qilishardi, qurollanish poygasiga va Sovet intervensiyalariga nisbatan norozilik bayon qilishardi.

Ustalik bilan amalga oshirilgan ta’qiblar va qatag‘onlarga qaramasdan, Y.Orlov, S.Kovalev, V.Bukovskiy, V.Chernovil kabi qo‘rqmas kishilar, deyarli hamma respublikalardagi yirik markazlarda, hamda chet elda faoliyat ko‘rsatishardi. Ularning chiqishlari, mamlakat ichida yashirin tarzda bo‘lsa ham, keng xalqaro ta’sirga ega bo‘lib, Sovet totalitarizmiga qarshi kuchlarning birdamligini oshirishga xizmat qildi. A.Soljenitsinning «Gulag Arxipelagi» kitobi va akademik A.Saxarovning mavjud tuzum va uning agressiyasiga qarshi noroziliklari SSSR haqidagi xom xayollarga qaqshatqich zarba berdi.

Tarqoq norozilik bayon qilib chiqqanlar guruhlari ko‘p emas edi, ammo butun mamlakat bo‘yicha norozilar-dissidentlar (ularni shunday atashardi) soni 250 mingtaga yetardi. Ularning o‘z maqsadlariga erishish yo‘llari turlicha va o‘ta abstrakt (xayoliy) edi. A.Amalrik kabi SSSR parchalanishini oldindan bilganlar juda kam edi. Ammo ular uning xalqlari sharafini fidoiylik bilan himoya qilishardi.

Ularning chiqishlari va aholining passiv qarshiligi hamda noroziligining o‘sishi totalitar (mustabid) rejimni egovlardi. Qiyinchiliklarning o‘sib borayotganini e’tirof etgan Y.Andrapov: «biz bunday qiyin vaziyatda muammolarni bir urinishda hal etolmaymiz, agar biz barcha yo‘llarni ochsak va xalq o‘z baxtsizlik va noroziliklarini to‘kib soladigan bo‘lsa, bu oqim bizni yutib yuboradi va biz uni to‘xtata olmaymiz»-degan edi. Inqirozga endi beparvolik bilan qarab bo‘lmasdi, ammo uni qanday bartaraf qilish kerakligini ham hech kim bilmas edi.



Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish