Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 6. Balandlikda, havozada, to‘shamada va boshqa moslamalarda turib ishlash



Download 0,58 Mb.
bet13/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 6. Balandlikda, havozada, to‘shamada va boshqa moslamalarda turib ishlash

218. Havozalar, to‘shamalar va boshqa moslamalar “Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari” va KMK 3.01.02 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”, GOST 27321 “Qurilish-montaj ishlari uchun ustunli tirkalgan havozalar”, GOST 24258 “To‘shama vositalari. Umumiy texnik talablar”ga muvofiq bo‘lishlari shart.

219. Balandlikda ishlash uchun mo‘ljallangan havozalar, to‘shamalar va boshqa moslamalar inventarli bo‘lishi va namunaviy loyihalar bo‘yicha tayyorlanishi shart.

Inventar havozalar, to‘shamalar va kajavalar ishlab chiqargan zavodning (korxonaning) pasportiga ega bo‘lishi shart.

Noinventar havozalar alohida vaziyatlarda va ularning turg‘unligi, shuningdek ularning barcha asosiy elementlarining mustahkamligiga hisoblar mavjudligida individual loyiha bo‘yicha qurilishi mumkin. Loyihada xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha muhandis-inspektorning imzosi bo‘lishi shart.

Havozalar loyihasi uni ishlab chiqqan korxona yoki tashkilotning bosh muhandisi, shuningdek uni ishlab chiqarishga bergan korxona yoki tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

220. Havozalar va to‘shamalar qismlarga ajratiladigan metalldan va yog‘ochdan bajarilishi mumkin.

Qizigan yuzalar yoki uskunalar elementlari yonida havoza va to‘shamalarni qurish zarur bo‘lganda, havozalarning yog‘och qismlari yonishdan himoyalangan bo‘lishi shart.

221. Havozalar, to‘shamalar va yuk ko‘tarish maydonchalarga qo‘yiladigan yuklama loyiha (pasport) bo‘yicha belgilanganidan ortiq bo‘lmasligi shart. Havozalar va to‘shamalarda yo‘l qo‘yiladigan yuklama ko‘rsatilgan plakatlar va uni joylashtirish sxemalari bo‘lishi shart.

To‘shamalarda odamlarning bir joyda to‘planib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Havozalarga qo‘shimcha yuklamalar (materiallarni ko‘tarish uchun mashinalardan, yuk ko‘taruvchi maydonchalardan va b.) tushirish zarur bo‘lgan hollarda, ularning konstruksiyasida ushbu yuklamalar hisobga olinishi shart.

222. Havozalar va to‘shamalardagi yopmalar ularning ko‘ndalang reykalariga mahkamlangan bo‘lishi kerak.

Havozalar va to‘shamalarning yopmalari yer yoki tom sathidan 1,3 m va undan yuqorida joylashgan bo‘lsa, ular ish to‘shamasidan kamida 1,1 m balandlikda mustahkamlangan qo‘l ushlagich, bir gorizontal oraliq elementli va balandligi kamida 15 cm bo‘lgan bort taxtasidan iborat ustun va panjarali to‘siqlarga ega bo‘lishi, taxtalar o‘rtasidagi oraliq 5 mm dan ko‘p bo‘lmasligi shart. Havozalarning va to‘shamalarning zinalari va qoplamalari vaqti-vaqti bilan ish vaqtida va har kuni ish tugagandan keyin axlatlardan, qish vaqtida qordan va muzdan tozalanishi va zarur bo‘lganda ularga qum sepilishi kerak.

223. Demontaj qilinayotgan uskunalarning qismlarini (quvurlar, qoplama qismlari, izolatsiya va b.) va axlatlarni tepadan tashlab yuborish man etiladi. Uskunalarning demontaj qilingan qismlari va axlatlarni yopiq qutilarda va konteynerlarda mexanizatsiyalangan usul bilan yoki yopiq tarnovlardan chiqarib tashlash kerak.

224. Balandligi 4 m va undan yuqori bo‘lgan havozalar faqat ularni komissiya tomonidan qabul qilinib, dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilinadi.

Agar, ta’mirlashni pudratchi tashkilot o‘zi qurgan havozada bajaradigan bo‘lsa, ularni pudratchi tashkilot buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya ekspluatatsiyaga qabul qiladi. Bunday vaziyatda komissiyaga pudratchi tashkilotning muhandis-texnik xodimi rahbarlik qiladi.

Havoza energetika korxonasi tomonidan yoki uning buyurtmasi bo‘yicha pudratchi tashkilotlardan biri tomonidan qurilgan bo‘lsa, unda havozani korxona bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan va energetika korxonasining muhandis-texnik xodimi rahbarlik qiladigan komissiya ekspluatatsiyaga qabul qiladi. Komissiya tarkibiga, shuningdek xodimlari ushbu havozada ishlaydigan boshqa pudratchi ta’mirlovchi tashkilotlarning vakillari ham kiritiladi.

Havozalarni qabul qilish dalolatnomalarini havozalarni ekspluatatsiyaga qabul qilayotgan tashkilotning bosh muhandisi tasdiqlaydi. Dalolatnoma umumiy naryad (naryad) bo‘yicha ish rahbarida saqlanadi. Pudratchi-ta’mirlovchi tashkilot tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qurilgan havozalarni qabul qilish dalolatnomasini ushbu tashkilotning uchastka (sex) boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishiga ruxsat beriladi.

Dalolatnoma tasdiqlanishiga qadar havozalarda ishlash man etiladi.

225. Havozalarda bir nechta tashkilotlar ishlaganda, ularning holati uchun havozalarni ekspluatatsiyaga qabul qilgan tashkilot javobgarlik qiladi.

226. Balandligi 4 m gacha bo‘lgan havozalar va to‘shamalar faqat ularni ish rahbari qabul qilgandan keyin va shakli mazkur Qoidalarning 9-ilovasida ko‘rsatilgan “Havozalar va to‘shamalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jurnalida” yozib qo‘yilganidan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilishga ruxsat etiladi.

227. Havozalarda bir oy va undan ortiq vaqt ishlanmaganda, shuningdek yomg‘ir yoqqandan keyin, yoki yilning sovuq davrida havo isigandan keyin, uning asosi deformatsiyalanganda ular tuzatilishi va qayta qabul qilinishi shart.

228. Ekspluatatsiya qilish jarayonida havozalar har kuni ishlar rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishi va natijalari ko‘rib chiqish jurnalida yozib qo‘yilishi shart.

Naryadlar yoki oraliq naryadlar bo‘yicha bir nechta pudratchi tashkilotlar havozalarda ishlaganda, naryad yoki oraliq naryadi bo‘yicha har bir ish rahbari har kuni havozalarni ko‘rib chiqishi va natijalarni ko‘rib chiqish jurnalida yozib qo‘yishi shart.

Jurnal umumiy naryad (naryad) bo‘yicha ish rahbarida saqlanishi shart.

229. Tasodifiy tagliklarda (yashiklar, bochkalar va b.) turib ishlash man etiladi.

230. Qisqa muddatli ishlar bajarilishi zarur bo‘lganda (takelaj qurilmalarini osish va sh.o‘.) pol sathidan (ish maydonchasidan) 1,3 m balandlikda va undan yuqorida ishlar to‘shamasiz bajarilayotganda saqlash kamarini qo‘llash majburiydir. Ishchilarga qayerdan chiqish, saqlash kamarining karabinlarini qayerga ilish to‘g‘risida yo‘riqnoma berilishi shart.

Saqlash kamarlarida keyingi sinash sanasi ko‘rsatilgan yorliq bo‘lishi shart. Sinash to‘g‘risida belgi bo‘lmasa, sinash muddati o‘tib ketgan bo‘lsa yoki ko‘rib chiqilayotganda nuqson borligi aniqlansa, saqlash kamaridan foydalanish man etiladi.

231. Kran ilgagiga osib qo‘yilgan yukni havozalarga urilishining oldini olish uchun, havozaning bevosita oldida strela qayilishi bilan bir vaqtda yukni ko‘tarish (tushirish) man etiladi.

Yukni ko‘tarish va to‘shamaga tushirishni minimal tezlikda, ravon, turtkilarsiz amalga oshirish shart.

232. Havozalarni yig‘ish va qismlarga ajratish naryad bo‘yicha ish boshining rahbarligi va kuzatuvi ostida bajarilishi shart, bunda ishlarni bajarish loyihasida nazarda tutilgan ketma-ketlikka rioya qilinishi shart. Havozalarni yig‘ishda va qismlarga ajratishda naryad bo‘yicha ish rahbari tomonidan ishtirok etuvchi ishchilarga ishlarni olib borish usuli va ketma-ketligi, hamda xavfsizlik choralari to‘g‘risida yo‘riqnoma berilishi shart.

Havozalar va to‘shamalar o‘rnatilayotgan va qismlarga ajratilayotgan joyga begona shaxslarning kirishi man etilishi shart.

233. Balandlikda ishlar bajarilayotgan vaqtda pastda o‘tish man etilgan va xavfli zona to‘silgan bo‘lishi shart.

Panjarali maydonchada ishlayotganda, ulardan asboblar va materiallar tushib ketishining oldini olish uchun o‘tish joylarida zich taxtali qoplama yopilgan bo‘lishi shart.

234. Vertikal bo‘yicha ishlar birgalikda bajariladigan bo‘lsa, pastda joylashtirilgan ish joylari tegishli himoya qurilmalari (to‘shamalar, to‘rlar, to‘sqichlar) bilan jihozlangan bo‘lishlari shart, ular vertikal bo‘yicha yuqorida joylashgan ish joyidan 6 m dan ortiq bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi shart.

Balandligi 6 m va undan yuqori bo‘lgan havozalarda ish bajarilayotganda kamida ikki to‘shama bo‘lishi kerak: ishchi (yuqori) va himoyalovchi (pastki), bino va inshootlarga tiralgan havozalardagi har bir joy, bulardan tashqari, ish to‘shamasidan balandligi bo‘yicha 2 m dan ortiq masofada joylashgan to‘shama bilan yuqoridan himoyalangan bo‘lishi kerak.

235. Metall havozalardan 5 m dan kam masofada joylashtirilgan elektr simlari, havozalar o‘rnatilishi va qismlarga ajratilishi vaqtida toksizlantirilgan va yerga ulangan yoki qobiqqa kiritilgan yoki demontaj qilingan bo‘lishi shart.

236. Vaqtincha ish bajarilmayotgan havozalar va to‘shamalar ishga yaroqli holda saqlanishi kerak.

237. Yuqoridagi ishlarni mustaqil bajarishga, yoshi 18 dan kam bo‘lmagan, sog‘lig‘iga to‘g‘ri keladigan, yuqorida ishlash bo‘yicha kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lgan va uchinchi tarif razryadidan kam bo‘lmagan tarif razryadiga ega shaxslarga (ishchilar va muhandis-texnik xodimlarga) ruxsat etiladi. Birinchi marta yuqorida ishlashga ruxsat berilgan ishchilar 1 yil mobaynida korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan tajribali ishchilarning bevosita nazorati ostida ishlashi kerak.

238. Balandligi 4 m gacha bo‘lgan kichik hajmli va qisqa muddatli ishlar “Qurilish-montaj ishlari uchun ustunli tirama havozalar” GOST 27321 talablariga mos bo‘lgan narvonlardan va qo‘sh oyoqli narvonlardan bajarilishi mumkin.

239. Ko‘chma tirama narvonlarda va qo‘sh oyoqli narvonlarda turib payvandlash ishlarini, elektr va pnevmatik asboblarni qo‘llash bilan ishlarni bajarish, shuningdek qurilish-montaj pistoletlari bilan ishlash man etiladi. Bunday ishlarni bajarish uchun panjara bilan o‘ralgan yuqorisida maydonchali havozalar yoki qo‘sh oyoqli narvonlarni qo‘llash kerak.

240. Tirama narvon bo‘ylab yukni ko‘tarish va tushirish va unda asboblarni qoldirish man etiladi.

241. Transport vositalari yoki odamlar tez-tez o‘tib turadigan joylarda tirama narvonda turib ishlaganda, uchida maxsus uchliklar borligiga qaramay tasodifan itarib yuborilishi oqibatida yiqilib tushishining oldini olish uchun narvon o‘rnatilgan joyni to‘sish yoki qo‘riqlab turish kerak. Narvon silliq plitkali polda o‘rnatilganda, uni mustahkamlash imkoni bo‘lmagan vaziyatda, narvonning asosida uni turg‘un holatda ushlab turish uchun kaska kiygan ishchi turishi kerak. Boshqa vaziyatlarda narvonni pastda turib qo‘l bilan ushlab turish man etiladi.

Narvon zinapoyalarida bir kishidan ortiq odam turishi man etiladi.

242. Odamlarni ko‘tarish uchun osma va ko‘chma havozalar va kajavalarni, faqat ular sinalgandan keyin ekspluatatsiya qilishga ruxsat beriladi.

243. Ko‘chma havozalar va kajavalarni ko‘tarish va tushirish uchun xizmat qiladigan lebedkalar “Yuk ko‘taruvchi kranlarni tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari” talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak.

244. Troslar (kanatlar) kajavaga yoki ko‘chma havozalarga va lebedkaning barabaniga biriktirilgan joylarda mahkam mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Kajavalar va ko‘chma havozalarni ko‘tarishda troslarning harakati erkin bo‘lishi kerak. Troslarni chiqib turgan konstruksiyalarga ishqalanishiga ruxsat berilmaydi. Lebedka va ko‘chma havozalardan turib ish bajarilmayotgan paytda, ular yerga tushirib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Kajavalar va havozalar joydan-joyga ko‘chirilganda trosni lebedka barabaniga to‘g‘ri o‘ralishini nazorat qilib turish kerak.

245. Kajavalar va ko‘chma havozalarni ko‘tarish va tushirish uchun qo‘llaniladigan lebedkalar, poydevorda mustahkamlangan bo‘lishi yoki ikkilangan ishchi yuklamasida ularning turg‘unligini ta’minlash uchun ballast bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ballast lebedkaning ramasida mahkam mustahkamlangan bo‘lishi shart.

Lebedkalarga begona odamlarning yaqin kelishi man etiladi.

246. Osma kajavalar to‘rt tomondan balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmagan to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Kajava to‘siqlarida eshik o‘rnatish man etiladi.

247. Har kuni ishni boshlashdan oldin kajavalar, ko‘chma havozalar va kanatlarning holati tekshirilishi va ishchi kanatni uzilish imitatsiyasi bo‘yicha sinov o‘tkazilishi shart.

248. Osma va ko‘chma havozalar, kajavalar, narvonlar va boshqa moslamalar qabul qilishdagi va davriy sinovlardan o‘tkazilishi shart. Qabul qilishdagi va davriy sinovlar hajmi va dasturi normativ-texnik hujjatlarda belgilanishi shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish