Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 4. Ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy tadbirlar



Download 0,58 Mb.
bet11/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 4. Ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy tadbirlar

§1. Naryad - ijozat, farmoyish

108. Uskunalarda ishlar yozma naryad — ijozat va og‘zaki farmoyishlar (bundan keyin qisqa ifodalash uchun “og‘zaki farmoyish” — “farmoyish” deb ataladi) bo‘yicha bajariladi.

109. Uskunalarni ta’mirlashda ishlash xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy tadbirlar quyidagilardan iborat:

ishni naryad-ijozat yoki farmoyish bilan rasmiylashtirish;

ishlashga ijozat berish;

ish vaqtida nazorat qilish;

boshqa ish joyiga o‘tkazish;

ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish;

ish tamom bo‘lishini rasmiylashtirish.

110. “Naryad— ijozat” — ishni xavfsiz bajarilishi uchun ishning mazmuni, joyi, vaqti va uni bajarish sharoitlari, zarur xavfsizlik choralari, brigada tarkibi va xavfsizlik uchun javobgar shaxslarni belgilab beruvchi yozma farmoyish.

Naryad — ijozatni shakli (bundan keyin qisqa ifodalash uchun “naryad”) mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan. Naryad — ijozatning ushbu shakli gidromexanika uskunalari va gidrotexnika inshootlarida, issiqlik mexanikasi uskunalarida o‘rnatilgan issiqlik avtomatikasi, o‘lchashlar va himoya qurilmalarida ishlar o‘tkazilayotganda xam qo‘llanilishi kerak. Naryad — ijozat rasmiylashtirilayotganda, tegishli xavfsizlik texnikasi qoidalariga nazarda tutilgan hollarda elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi ko‘rsatiladi

Ta’mirlash ishlari hajmi va ularning bajarilishini tashkil qilinishiga bog‘liq holda naryad blanki quyidagi ko‘rinishda rasmiylashtirilishi mumkin:

naryad elektr stansiyaning yoki issiqlik tarmog‘ining issiqlik mexanikasi uskunalarining bir ish joyida qandaydir ma’lum bir ishni bajarish yoki ulanish sxemasidagi bir nechta bir turdagi ishlarni ketma-ket bajarish uchun;

butun agregatda, bir nechta ish joylarida yoki issiqlik tarmog‘ining bir nechta uchastkalarida ishlarni bajarish uchun umumiy naryad;

agregatning alohida uzellarida va uning yordamchi uskunalarida, issiqlik tarmog‘ining alohida ish joylarida yoki uchastkalarida ishlarni bajarish uchun oraliq naryadi faqat umumiy naryad mavjudligida beriladi.

111. Gazdan xavfli ishlar “Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari” talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Gazdan xavfli ishlar, bunday ishlarni bajarish uchun beriladigan naryad-ijozat bo‘yicha o‘tkaziladi (mazkur Qoidalarining 6-sonli ilova).

112. Suvosti ishlari suvosti ishlarini bajarishga “Suvosti ishlardagi mehnat xavfsizligi umumiy qoidalari (SIXUQ)” talablariga muvofiq beriladigan naryad bo‘yicha bajariladi.

113. Naryadning amal qilish muddatini, naryadni beruvchi shaxs belgilaydi (umumiy naryad), lekin uning amal qilish muddati uskunaning tasdiqlangan ta’mirlash jadvalidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Agar naryadni amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, ta’mirlash esa tugatilmagan bo‘lsa, naryad muddatini naryad ushbu naryadni bergan shaxs, u bo‘lmagan holda esa naryadni berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, ta’mirlash to‘la tugatilishigacha bo‘lgan muddatga uzaytirishi mumkin. Bunda naryadning ikkala nusxasining “Naryad uzaytirildi” satrida naryadning yangi amal qilishi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi. Naryadni faqat bir marta uzaytirishga ruxsat etiladi.

Oraliq naryadlarning amal qilish muddati umumiy naryad muddatidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

114. Naryadlar bo‘yicha quyidagi ishlar bajariladi:

qozon agregatlarini ta’mirlash (o‘choqlar, barabanlar ichida, konventiv qizitish yuzalarida, elektr filtrlarida, gaz yo‘llarida, havo uzatgichlarida, chang tayyorlash, kultutgich va kulni chiqargich tizimlarida);

turbinalar va ularning yordamchi uskunalarini (kondensatorlar, issiqlik almashuvi apparatlari, moy tizimlari) ta’mirlash;

konveyerlar, tasmali konveyerlardan yoqilg‘ini tashlab yuboruvchi qurilmalar ta’minlagichlar, elevatorlar, maydalagichlar, sim g‘alvirlar, vagonag‘dargichlar, bagerlarni ta’mirlash;

elektromagnit separatorlar, tasmali konveyerlar, konveyer tarozlari, payraxa va ildiz tutgichlar, shuningdek, qattiq yoqilg‘ining mexanizatsiyalashtirgan namuna olgichlarini ta’mirlash;

mazut xo‘jaligidagi ta’mirlash ishlari;

(ta’minlagich, kondensat, sirkulatsion, tarmoq, qo‘shimcha ta’minlash va boshqa) nasoslar va qorishtirgichlarni ta’mirlash;

aylanuvchi nasoslarni (puflash va tegirmon ventilyatorlari, tutun so‘rgichlar, tegirmonlar va b.) ta’mirlash;

uskunalarda, ishlab turgan uskunalar zonasida va ishlab chiqarish xonalaridagi olovli ishlar;

quvurlarda qopqoqlarni (tiqinlari) o‘rnatish va echib olish (harorati 45° S dan past bo‘lgan suv quvurlaridan tashqari);

yuk ko‘taruvchi mashinalarni (g‘ildirakli va o‘zi yuruvchi zanjirlidan tashqari, kran aravachalari, kranosti yo‘llari, skreper qurilmalari, qayta yuklagichlar, ko‘targichlar, funikulerlar, kanat yo‘llari) ta’mirlash;

uskunalarni montaj va demontaj qilish;

asboblar uchun gilzalar va. shtutserlarni o‘yib joylashtirish, sarf o‘lchagichlarning o‘lchash diafragmalarni o‘rnatish va echib olish;

uskunalarning to‘xtatilishi, unumdorligini cheklash hamda sxemasi va ishlash rejimini o‘zgartirishni talab qiluvchi avtomatik rostlash, masofadan boshqarish, himoya, signalizatsiya va nazorat qilish apparatlarini o‘rnatish, echib olish, tekshirish va ta’mirlash;

quvurlarni va quvurlardan echib olmasdan armaturalarni ta’mirlash, impuls liniyalarini (gaz-, mazut- moy- va bug‘ quvurlarini, yong‘in o‘chirish quvurlarini, drenaj liniyalarini, zaharli va agressiv muhitli quvurlarni, harorati 45 °S dan yuqori bo‘lgan issiq suv quvurlari) ta’mirlash va almashtirish;

asosiy va yordamchi uskunalarni: tavsiflarini olgan holda avtomatika, himoya, signalizatsiya sxemalarini kapital ta’mirlashdan keyin yoki montaj va sozlashdan keyin texnologik himoyalarni kompleks ishlatib ko‘rish va avtomatika to‘plamlarini sinash;

datchiklarni montaj qilish va sozlash bilan bog‘liq ishlar;

issiqlik quvurlarini ta’mirlashga chiqarish;

quvurlarni gidropnevmatik yuvish;

issiqlik tarmog‘ining issiqlik tashuvchisini hisoblangan bosimga va hisoblangan haroratga sinash;

gazlanish, portlash va elektr toki bilan shikastlanish xavfi bo‘lgan hamda kirish uchun cheklangan joylardagi ishlar;

kameralar, quduqlar, apparatlar, bunkerlar, rezervuarlar, baklar, kollektorlar, tunellar, quvurlar, kanallar va chuqurlarda, turbina kondensatorlarida va boshqa metall sig‘imlaridagi ishlar;

uskunalar defektoskopiyasi;

uskunalarni kimyoviy tozalash;

zanglashga qarshi qoplamalar qo‘yish;

issiqlik izolatsiyasi ishlari;

transheyalar, kotlovanlarning mahkamlagichlarini va havozalarini qismlarga ajratish va yig‘ish;

yer osti kommunikatsiyalari joylashgan zonalarda yer qazish ishlari;

filtrlarni ochish bilan bog‘liq bo‘lgan filtrlovchi materiallarni yuklash, qo‘shimcha yuklash va tushirish;

xlorator, gidrazin va ammiak qurilmalarida ta’mirlash ishlari;

g‘avvoslik ishlari;

suzuvchi vositalarida o‘tkaziladigan ishlar;

suvni olish inshootlarini ta’mirlash (ishlayotgan vaqtda xodimlarni suvga tushib ketish ehtimoli bo‘lgan ishlar);

tutun mo‘rilari, gradirnyalar, inshootlar va binolarni ta’mirlash.

115. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, naryadlar bo‘yicha bajarilayotgan ishlar ro‘yxatiga, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha ishlar kiritilishi mumkin.

116. Naryadlarni berish huquqi, ushbu uskunalar qarmog‘ida bo‘lgan, bilim tekshirilishidan o‘tgan, mustaqil ishlashga ijozat berilgan va naryadlarni berish huquqiga ega bo‘lgan muhandis texnik xodimlariga beriladi.

Korxonada ko‘rsatilgan shaxslar yo‘q bo‘lgan vaqtda naryadni berish huquqi elektr stansiya smena boshlig‘iga va issiqlik tarmog‘ining navbatchi dispetcheriga beriladi, agar ular o‘zi bergan naryad bo‘yicha ijozat beruvchi bo‘lmasalar. Naryadni berish huquqiga ega bo‘lgan navbatchi xodimlar, ushbu huquqqa ega bo‘lgan ro‘yxatga kiritilgan bo‘lishi kerak.

117. Naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Ro‘yxatlarga shaxslar tarkibi o‘zgarganda tuzatishlar kiritilishi kerak. Ro‘yxatlarning nusxalari sexlar (bloklar) smenalari boshlig‘ining, rayon bo‘yicha navbatchining ish joyida bo‘lishi kerak.

118. Korxonaning boshqa sexlariga (uchastkalariga) qarashli, biroq issiqlik texnikasi uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yoki issiqlik quvvati qurilmalarida va ularni yaqinida joylashgan uskunalarni (elektr dvigatellari, issiqlik nazorati uskunalari va h.) ta’mirlash uchun naryadlarni berish, ushbu uskunalar tasarrufida bo‘lgan shaxslar tomonidan, lekin ushbu uskuna joylashgan hududning sex smenasi boshlig‘ining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ruxsat naryadning chetida imzolangan bo‘lishi kerak.

119. Uskunalar, ta’mirlash korxonasining (sexining, uchastkasining) xodimlari tomonidan kompleks ta’mirlanganda butun agregat uchun, issiqlik tarmog‘ining bir nechta ish joylari yoki uchastkalari uchun umumiy naryad berilishiga ruxsat etiladi.

Umumiy naryad berilishiga ruxsat etilgan uskunalar va sxema uchastkalarining ro‘yxati, ular tasarrufida bo‘lgan sex (rayon) rahbari tomonidan tuzib chiqilishi, ta’mirlash sexi (xizmati, uchastkasi) rahbari bilan kelishilishi va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Umumiy naryadni berish huquqi ushbu uskuna tasarrufida bo‘lgan sex (rayon) boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga taqdim etiladi.

Umumiy naryadlar bo‘yicha ish rahbari qilib elektr stansiya va issiqlik tarmoqlarining ta’mirlash sexlarini (xizmatlari, uchastkalari) muhandis-texnik xodimlaridan tayinlanadi. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarida ta’mirlash sexlari (xizmatlar, uchastkalar) bo‘lmasa, umumiy naryadlar bo‘yicha ish rahbarlari ta’mirlash korxonasi xodimlaridan tayinlanadi.

120. Umumiy naryad bo‘yicha ishlar bajarilganda oraliq naryadlar berilishi kerak.

Oraliq naryadlarni berish huquqi umumiy naryad bo‘yicha ish rahbariga taqdim etiladi.

121. Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ish rahbari va ish boshi qilib tayinlashi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi va shaxslar tarkibi o‘zgarganda unga tuzatishlar kiritilishi kerak. Ushbu ro‘yxatlarning nusxasi sexning smena boshlig‘ining (rayon bo‘yicha navbatchining) ish joyida bo‘lishi kerak.

122. Umumiy naryad bo‘yicha ish rahbari va ishboshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan pudrat (ta’mirlash, sozlash, montaj va (5.) tashkilotlarini (matn bo‘yicha bundan keyin “pudrat tashkilotlari”) shaxslarining ro‘yxati, mazkur tashkilotlarning bosh muhandislari tomonidan tasdiqlanishi va ushbu uskunalar tasarrufida bo‘lgan korxonalarga berilishi kerak. Shaxslar tarkibi o‘zgarganda ko‘rsatilgan ro‘yxatlarga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritilishi kerak.

Pudrat tashkilotlarining xodimlariga ish rahbari sifatida ishlash huquqini taqdim etilishi elektr stansiyasi yoki issiqlik tarmog‘ining rahbariyati tomonidan farmoyish hujjati bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

123. Ish joylarini tayyorlash bo‘yicha texnik tadbirlar o‘tkazilishini talab qilmaydigan va 114-bandida ko‘rsatilmagan ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.

Farmoyish bo‘yicha bitta odam tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxati mahalliy sharoitlardan kelib chiqib belgilanishi va korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

124. Farmoyishlar berish huquqi naryadlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga taqdim etiladi.

125. Farmoyishlar bevosita yoki aloqa vositalari orqali beriladi va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bajariladi.

Farmoyish bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, uning amal qilish muddati bajaruvchilar ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi.

Ishlar davom ettirilishi zarur bo‘lganda, farmoyish yangidan berilishi va rasmiylashtirilishi kerak.

126. Naryad va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni hisobga olish va ro‘yxatga olish naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni hisobga olish jurnalida qayd etiladi. Jurnal shakli mazkur Qoidalarning 9-ilovasida keltirilgan.

Ko‘rsatilgan jurnalda faqat ishga birlamchi ijozat berish va uni to‘liq tugatilganligi naryadni (farmoyishni) yopish bilan qayd etiladi.

Jurnal raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. To‘ldirib bo‘lingan jurnal oxirgi yozuvidan keyin olti oy mobaynida saqlanishi kerak.

Naryadlar bo‘yicha birlamchi va kundalik ishga ijozat berish operativ jurnalda yozib qo‘yish bilan rasmiylashtiriladi, bunda faqat naryad raqami va ish joyi ko‘rsatiladi.

127. Elektr stansiyasi (issiqlik tarmoqlari) sexining (xizmati, uchastkasi) yoki pudrat tashkilotining mas’ul xodimlari tomonidan ishlarni bajarishga beriladigan oraliq naryadlar va farmoyishlar, ushbu bo‘linmalar va tashkilotlar tomonidan to‘ldiriladigan naryad va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni hisobga olish jurnalida qayd etiladi.

Ishlarning xavfsizligi uchun javobgar shaxslar, ularning huquqlari va majburiyatlari

128. Naryadlar (farmoyishlar) bo‘yicha bajariladigan ishlarning xavfsizligi uchun quyidagilar javobgardir:

naryad va farmoyishni beruvchi;

ish rahbari;

ishboshi;

ish joyini tayyorlovchi navbatchi yoki operativ ta’mirlash xodimlari tarkibidan tayinlangan shaxs;

ishga ijozat beruvchi;

ishni kuzatuvchi;

brigada a’zolari.

129. Naryad, farmoyishni beruvchi shaxs ishlarning zarurligi va xavfsiz bajarish imkoniyati hamda naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarining to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javob beradi. Bundan tashqari, u belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq ish rahbarini tayinlanishi, hamda kuzatuvchini tayinlanishi uchun javobgardir.

130. Ish rahbari quyidagilar uchun javobgardir:

tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq ishboshi tayinlanishi uchun;

ish joyi (nazorat qiluvchi) tomonidan brigada ustidan nazorat qilishni ta’minlash sharoitidan aniqlanadigan, brigada tarkibining soni uchun;

brigada tarkibiga kiritilgan shaxslar malakasi yetarligi uchun ishboshi va brigada a’zolariga berilgan instruktaj to‘laligi uchun;

ish bajarilishi jarayonida xavfsizlik choralari to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun.

Ish rahbari ishboshi bilan birgalikda ishga ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilishi va naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralari bajarilganligini tekshirishlari kerak.

Ish rahbari brigada ishlashi ustidan, ular xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlari qismida davriy nazoratni amalga oshirishi kerak.

Ish rahbari qilib elektr stansiyalarining (issiqlik tarmog‘i rayoni) sexlarining (bundan keyin qisqa aytish uchun, elektr stansiyasi (issiqlik tarmog‘i rayoni ) buning uchun yetarli malakaga ega bo‘lgan pudrat tashkilotlarining, muhandis texnik xodimlari tayinlanishi mumkin.

131. Farmoyish bilan ishlanganda ish rahbarini tayinlash majburiy emas. Bu holatda ish rahbari tayinlanishi zarurligini farmoyish beruvchi shaxs aniqlaydi.

132. Ta’mirlash ishlari bajarilayotganda ishboshi quyidagilarga javob beradi:

ishlarni bajarish uchun naryadda ko‘rsatilgan zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari to‘g‘riligi uchun;

ishlarni bajarish loyihasi, texnologik hujjatlari va texnikaviy shartlarida belgilangan xavfsizlik choralari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarning talablariga o‘zi hamda brigada a’zolari rioya qilishi uchun;

bevosita ish joyida brigada a’zolariga u berayotgan instruktaj va ko‘rsatma aniqligi va to‘laligi uchun;

asboblar, inventarlar, himoya vositalari, takellaj moslamalari mavjudligi, sozligi va qo‘llanishi uchun;

ish joyida o‘rnatilgan to‘siqlar, xavfsizlik belgilari, qulflovchi qurilmalari saqlanishi uchun.

Ishboshi, brigadaga rahbarlikni amalga oshirib, ishlashga bevosita ishtirok etishi mumkin emas, agar uni bajarilishi brigada a’zolari ustidan uzluksiz nazorat qilishni talab qilsa.

133. Umumiy naryadlar bo‘yicha ishboshi qilib, oraliq naryadlar bo‘yicha ish rahbarlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan korxona bo‘linmalari va pudrat tashkilotlarining muhandis — texnik xodimlari tayinlanishi mumkin.

Naryadlar, oraliq naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishboshi qilib IV razryaddan past bo‘lmagan malakaga ega bo‘lgan korxona bo‘linmalari va pudrat tashkilotlarining xodimlari tayinlanishi mumkin.

Yordamchi uskunalarni ta’mirlashda ishboshi qilib III razryadga ega bo‘lgan ishchilarni tayinlashga ruxsat etiladi.

134. Ish joyini tayyorlovchi navbatchi yoki operativ ta’mirlash xodimlari tarkibidan tayinlangan shaxs, yuqori turgan navbatchi xodimlar tomonidan va naryad hamda uskunani ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan belgilangan ish joyini tayyorlash bo‘yicha (uskunalarni tarmoqdan uzish, drenajlar va vozdushniklar ochilishi, armaturalarni zanjirlar bilan boylash va ularni qulflash, to‘siqlar o‘rnatilishi, plakatlar yoki xavfsizlik belgilarini osish va b.) chora-tadbirlarning to‘g‘ri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.

135. Ishlashga ijozat beruvchi quyidagilar uchun javob beradi:

ish joylarining to‘g‘ri tayyorlanishi uchun, ishlarni bajarishda zarur bo‘lgan, ularning xususiyatiga hamda bajarish joyiga muvofiq ko‘rilgan xavfsizlik choralarining yetarliyligi uchun;

ishlashga to‘g‘ri ijozat berilishi hamda ish rahbariga, ishboshiga va kuzatuvchiga berilgan yo‘riqnomaning to‘laligi uchun.

136. Umumiy naryadlar bo‘yicha ishlashga ijozat beruvchi sex (uchastka) smenasi boshlig‘i bo‘ladi. Sex (uchastka) smenasining boshlig‘i lavozimi bo‘lmagan hollarda ishlashga ijozat beruvchi ushbu sexning (uchastkaning) katta navbatchisi bo‘ladi.

Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishlashga birinchi marta ijozat berish sex (uchastka) smenasining boshlig‘i yoki uning ruxsati bilan uning tasarrufidagi, bosh muhandisi tasdiqlagan ro‘yxatga muvofiq ushbu uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Issiqlik tarmoqlarida rayonning muhandis-texnik xodimlari (usta, katta usta, muhandis, rayon boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari) va ushbu uchastkadagi (uskunalardagi) ish rahbari ishlashga ijozat beruvchi bo‘lishlari mumkin. Issiqlik tarmog‘ida rayonlash mavjud bo‘lmaganda korxona direktori va uning o‘rinbosari ham ishlashga ijozat beruvchi bo‘lishlari mumkin.

137. Uzoqda joylashgan obyektda ushbu obyektning navbatchisi umumiy naryadlar, naryad va farmoyish bo‘yicha ishlashga ijozat beruvchi bo‘ladi. Uzoqdagi obyektda navbatchi bo‘lmagan taqdirda, ishlashga ijozat berishni sex (rayon, uchastka) smena boshlig‘i yoki uning tasarrufidagi xodim amalga oshiradi.

138. Naryadlar (oraliq naryaddan tashqari) bo‘yicha ishlarni har kuni davom ettirish, shuningdek brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish uchun sex (smena) boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsati bilan quyidagilar ishlashga ijozat beruvchi bo‘lishlari mumkin:

uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi, uning tasarrufidagi navbatchi xodim;

issiqlik tarmog‘i uchastkasida ishlarni bajarishda ish rahbari (ishboshi).

Yuqorida ko‘rsatilgan xodimlar bo‘lmaganda, shuningdek ishlar uzoqdagi obyektlarda (qirg‘oq nasoslari va b.) bajarilishida ishlarni har kuni davom ettirish uchun ijozat beruvchi uzoq obyektdagi navbatchilar tarkibidan yoki sex (rayon, uchastka) smena boshlig‘i tomonidan vakolat berilgan shaxslar hisobidan tayinlanishi mumkin.

139. Bir shaxs tomonidan ikki shaxsning majburiyatini o‘rindoshlik asosida bajarishga ruxsat etiladi, agar bu shaxs, o‘rnini bosayotgan shaxslar majburiyatini bajarish huquqiga ega bo‘lsa hamda ushbu vakolatlarni belgilovchi ro‘yxatlarning har biriga kiritilgan bo‘lsa.

Ishlar bajarilayotgan o‘rindoshlik asosida quyidagi majburiyatlarni bajarishga ruxsat etiladi:

naryad (farmoyish) beruvchi va ishlar rahbari;

ishlar rahbari va ishboshi, agar unga faqat bitta naryad berilgan bo‘lsa;

issiqlik ta’minotlarida ishlar rahbari va ijozat beruvchi.

Shu bilan birga, mazkur qoidalarning 138 va 140-bandlarida ko‘rsatilgan vaziyatlardan tashqari hollarda, ishboshi va ijozat beruvchining majburiyatlarini o‘rindoshlik asosida bajarish man etiladi.

140. Umumiy naryad bo‘yicha ishboshi, oraliq naryadi bo‘yicha ishlashga ijozat beruvchining majburiyatlarini bajaradi, u bir vaqtning o‘zida ushbu oraliq naryadi bo‘yicha uning uchastkasida va smenasida ishlar bajarilishi mo‘ljallangan oraliq naryad bo‘yicha ish rahbari bo‘lib hisoblanadi.

141. Kuzatuvchi naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlab turgan uskunalarning bevosita yaqinida ish bajarayotgan vaqtida qurilish ishchilari, turli ishchilar, yuk ortuvchilar va boshqa shaxslar brigadalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tayinlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotganda kuzatuvchini tayinlash zaruriyati naryad beruvchi tomonidan belgilanadi.

Kuzatuvchi qilib ishboshi bo‘lish huquqiga ega bo‘lganlar yoki navbatchi xodimlardan bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.

Kuzatuvchi tayinlanganda naryadning “Ishboshi (kuzatuvchi)” satriga satri ostidagi matnga tegishli bo‘lgan ishboshining va qavs ichida nazorat qiluvchining familiyasi, initsiallari, lavozimi, razryadi yoziladi. Kuzatuvchi naryadning “Ishboshi” satrida ishboshi imzosidan keyin imzo chekadi.

142. Kuzatuvchi ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilayotganda, uning to‘g‘ri tayyorlanganligini va ishlarni bajarish uchun ushbu Qoidalarga muvofiq zarur xavfsizlik choralari bajarilganligini tekshiradi.

Kuzatuvchi brigada a’zolariga ishlab turgan texnologik uskunalar tomonidan ishlab chiqarish omillari ta’sir qilganda ularning xavfsizligi uchun javob beradi (ishchilar ishlab turgan uskunalar va kommunikatsiyalarga xavfli masofaga yaqin kelmasligini kuzatadi, xodimlar ish joyiga xavfsiz o‘tishini hamda to‘siqlar va ogohlantiruvchi belgilar saqlanishini ta’minlaydi).

Bevosita ishlar bajarilayotganda ishlayotganlarning xavfsizligi uchun ishboshi javobgar, u doimo ish joyida bo‘lishi kerak.

Kuzatuvchiga ishni kuzatish bilan bir vaqtda boshqa qandaydir ishlarni bajarish man etiladi.

143. Brigada a’zolari quyidagilar uchun javob beradi:

ishlashga ijozat berishdan oldin va ishlash vaqtida olgan yo‘riqnoma bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish talablarining va xavfsizlik choralari bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi uchun;

berilgan himoyalash vositalari, maxsus kiyimlarning qo‘llanishi va foydalanayotgan asboblar va moslamalar sozligi uchun;

ishlar bajarilayotganda xavfsizlik shartlariga aniq rioya qilinishi uchun;

qulflovchi qurilmalar va xavfsizlik belgilari saqlanishi uchun.

Naryadni berish va rasmiylashtirish tartibi

144. Ishlashga naryad ikki nusxada yoziladi. Ikkala nusxada yozuvlar aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Yozilgan matnni tuzatish, o‘chirib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rejali ta’mirlash ishlari bajarilganda naryadning ikkala nusxasi ish joyini tayyorlash uchun sexning (rayon) navbatchi (operativ-ta’mirlash) xodimlariga ishni boshlash kunining arafasida beriladi. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlarda naryadni ish bajariladigan kunda topshirishga ruxsat beriladi.

145. Naryad bir ishboshiga (kuzatuvchiga) bir brigada bajaradigan ishga bir ish joyiga beriladi. Mazkur Qoidalarning 146 va 152-bandlarida qayd etilgan vaziyatlar bundan istisno. Ishboshining qo‘liga naryadning faqat bir nusxasi beriladi.

146. Issiqlik mexanikasi uskunalari bitta ulanma sxemasining bir nechta ish joylariga, bir agregatning bir necha bir turli ish joylariga bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi. Bu holda ishlar, quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:

barcha ish joylari navbatchi (operativ ta’mirlash) xodimlari tomonidan bir vaqtda tayyorlanadi, hamda ishlar rahbari, ishboshi va kuzatuvchi tomonidan qabul qilinadi;

brigada bilan ishboshi va kuzatuvchi tayyorlangan uchastkaning ish joylaridan bittasida ishlashiga ijozat beriladi;

brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish ijozat beruvchi yoki uning ruxsati bilan ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi;

boshqa ish joyiga o‘tkazish, naryadning jadvaliga ijozat beruvchining imzosi (yoki ish rahbarining ijozat beruvchi satriga imzosi) bilan hamda ishboshining imzosi bilan sanasi, vaqti va ish joyini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi;

boshqa ish joyiga o‘tkazish, ishlar rahbari tomonidan o‘tkazilganda uni rasmiylashtirish, ishboshidagi naryad nusxasida amalga oshiriladi.

Brigadani boshqa joyga o‘tkazilganligi to‘g‘risida ish rahbari sex boshlig‘iga (rayon bo‘yicha navbatchiga) xabar beradi, u esa naryadning ikkinchi nusxasida va operativ jurnalga yozib qo‘yadi.

147. Yangi naryad berilmasdan, ish joyini kengaytirish, ish joylari sonini va ishni bajarish shartlarini o‘zgartirishga, hamda, ishlar rahbarini yoki ishboshini almashtirishga ruxsat berilmaydi.

148. Bir vaqtning o‘zida bir ish rahbariga beriladigan naryadlar soni, har bir vaziyatda, naryadni beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.

149. Naryad bo‘yicha ishlashda brigada kamida ikki kishidan iborat bo‘lishi kerak: shu hisobda ishboshi ham, u naryadning “brigada a’zolari bilan” satrida ko‘rsatilmaydi. Brigadaning tarkibiga praktikantlar va shogirdlarni kiritish, shuningdek, ishga yangi qabul qilingan va amaliy o‘qishni o‘tayotgan ishchilarni xavfsizlik texnikasi qoidalari bilimi tekshirilmasdan kiritilishiga ruxsat etiladi, bunda bir praktikant yoki shogird brigadaning har bir asosiy a’zosiga bir kishidan to‘g‘ri keladigan sonda bo‘lishi kerak. Praktikantlar va shogirdlar brigadaning malakali ishchilariga shaxsan biriktirilgan bo‘lishi kerak. Praktikant va shogirdlar va ishga yangi qabul qilingan ishchilarning xavfsizligi uchun ishboshi, shuningdek, ular biriktirib qo‘yilgan brigada a’zolari javobgar bo‘ladilar, bu naryadning “brigada a’zolari bilan” satrida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

150. Brigada a’zolarining soni ko‘p bo‘lsa, uning barcha a’zolarining ro‘yxati naryad satriga sig‘masa, familiyalari, initsiallari va razryadlari ko‘rsatilgan ro‘yxat naryadga ilova qilinishiga ruxsat beriladi. Ish rahbari imzo chekkan brigada a’zolarining bu ro‘yxati naryadning ajralmas qismi bo‘ladi. Bu vaziyatda naryadning satrida brigadaning umumiy soni ko‘rsatiladi va uning a’zolari ilova qilingan ro‘yxat mavjudligi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.

Umumiy naryad yozilganda “brigada a’zolari bilan” satriga brigadalar soni ko‘rsatiladi. Brigadalar soni, brigada a’zolarining familiyalari va initsiallari, razryadlari va elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlari oraliq naryadda ko‘rsatiladi.

151. Boshqa sexlarga qarashli bo‘lgan, biroq umumiy naryadning amal qilish zonasida joylashtirilgan uskunalarning ta’mirlash, ushbu uskuna qarashli bo‘lgan sex tomonidan berilgan naryad bo‘yicha bajarilishi kerak, bunga umumiy naryad bo‘yicha ish rahbari ruxsat bergan bo‘lishi va bu to‘g‘risida naryadga imzo chekishi kerak.

152. Umumiy naryadda bir nechta ishboshi ko‘rsatilishi mumkin. Ularning sonini ish hajmi va smenaliligiga hamda mo‘ljallangan oraliq naryadlar soniga qarab ish rahbari belgilab beradi.

Ishboshilar soni ko‘p bo‘lganda, naryadga ularning familiyalari, initsiallari, lavozimlari, razryadlari ko‘rsatilgan ro‘yxatlarni ilova qilishga ruxsat beriladi. Har bir ishboshi o‘zining familiyasining qarshisida imzo chekishi kerak. Ish rahbari imzo chekkan bu ro‘yxat naryadning ajralmas qismi bo‘ladi. Bunday vaziyatda naryadning ishboshiga (kuzatuviga) satrida ishboshilarning umumiy soni ko‘rsatiladi va ilova qilinadigan ro‘yxat mavjudligi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.

153. Naryad yozilayotganda, naryadning to‘ldirilmaydigan satrida “tayinlanmaydi”, “nazarda tutilmaydi” va h. yozib qo‘yiladi.

154 “Xavfsiz sharoitlarni ta’minlash uchun quyidagilar zarur” satrida ish joyini tayyorlash bo‘yicha tadbirlar va xavfsizlik choralari, shu jumladan boshqa sexlarning navbatchi xodimlari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ham qayd etiladi.

Agar “Xavfsiz sharoitlarni ta’minlash uchun quyidagilar zarur” satrida joy yetarli bo‘lmasa, naryadga uni beruvchi shaxs tomonidan imzolangan, ishlarni bajarish shartlari yozilgan alohida varaq ilova qilinishi mumkin, uning to‘g‘risida “xavfsiz sharoitlarni ta’minlash uchun quyidagilar zarur” satrida yozib qo‘yilishi kerak.

Zarur bo‘lganda naryadni beruvchi shaxs, naryadning “Alohida shartlar” satrida xavfsizlikning qo‘shimcha choralarini ko‘rsatadi, masalan, ochiq olov qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik, barcha ishlar yoki ayrim operatsiyalar faqat ish rahbarlarining bevosita nazorati ostida bajarilishi, maxsus to‘siqlar o‘rnatilishi, yuk ko‘taruvchi va boshqa mexanizmlarni qo‘llanilishi, ayrim operatsiyalarning qat’iy ketma-ketligi to‘g‘risida va boshqalarni ko‘rsatadi. Havozalarda turib ishlaganda ularning qabul qilingan sanasi, balandligi 4 m dan baland bo‘lganda esa dalolatnoma raqami ham ko‘rsatiladi.

Brigadalarning ishlashiga ijozat berish

155. Ishlarni bajarish shartlari bajarilganligi to‘g‘risida (shu jumladan boshqa sexlarning uskunalari bo‘yicha ham) elektr stansiya sexining (blokining) katta navbatchi xodimi yoki issiqlik tarmog‘ining rayon (uchastka) operativ ta’mirlash xodimlaridan javobgar shaxs, ishlar to‘la hajmda bajarilganidan keyin naryadning tegishli satriga imzo chekadi.

Oraliq naryadga shunday imzoni oraliq naryad bo‘yicha ish rahbari qo‘yadi.

Ta’mirlanayotgan uskunalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sexlarning uskunalarini tayyorlashda, ta’mirlanayotgan uskunalar tasarrufida bo‘lgan sex (blok)ning katta navbatchi xodimi yoki rayon (uchastka)ning operativ ta’mirlash xodimlarining javobgar shaxsi, elektr stansiya smena boshlig‘ining (navbatchi dispetcherining) yoki tegishli sex (uchastka) katta navbatchisining naryadda ko‘rsatilgan uskunalarni tarmoqdan uzish bo‘yicha zarur bo‘lgan tadbirlar o‘zi tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotiga asosan naryadga imzo chekadi.

Naryadning tegishli satrlarida zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari bajarilganligini telefon orqali tasdiqlagan shaxslarning lavozimi va familiyasi ko‘rsatiladi.

Sex smenasi boshlig‘i (rayon bo‘yicha navbatchi) yoki ishlashga ijozat beruvchining talabi bo‘yicha ushbu ma’lumot “boshqa sexlar (uchastkalar)” satrida elektr stansiyaning smena boshlig‘i (navbatchi dispetcher) imzosi bilan yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha tegishli sex (uchastka) katta navbatchisining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.

156. Naryadda imzo chekkan yoki ta’mirlanayotgan uskunalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sexlar (uchastkalar) uskunalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha zarur tadbirlar bajarilgani to‘g‘risida ma’lumot bergan shaxs, ular to‘la va aniq bajarilgani uchun javob beradi.

157. Issiqlik mexanika uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan elektr uskunalarini sex smena boshlig‘ining (rayon bo‘yicha navbatchining) talabiga ko‘ra elektr stansiyasining smena boshlig‘i (navbatchi dispetcher) ruxsati yoki farmoyishi bo‘yicha elektrotexnik xodimlar tarmoqdan uzadi.

158. Dispetcher talabnomasiga ko‘ra ta’mirlash uchun tarmoqdan uziladigan uskunalarda naryad bo‘yicha, shuningdek butun agregatga yoki uskunalar uzeliga berilgan umumiy naryadlar bo‘yicha birinchi marta ishlashga ijozat berish, elektr stansiya smena boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘i navbatchi dispetcherining) ruxsati bilan amalga oshiriladi, bu to‘g‘risida ishlashga ijozat berishdan oldin naryadning tegishli satriga belgi qo‘yilishi kerak.

159. Ishlashga ijozat berishdan oldin ish rahbari va ishboshi ijozat beruvchi bilan birgalikda, naryadda ko‘rsatilgan, ish joylarini tayyorlash bo‘yicha zarur tadbirlar bajarilganini tekshiradilar.

160. Ijozat beruvchi yo‘riqnoma berayotganida ta’mirlanayotgan sxemaning va qo‘shni uchastkalarning qaysi uskunalari kuchlanish yoki bosim ostida qolayotgani, qaysisi yuqori haroratda, shuningdek qaysisi yong‘inga, portlashga xavfliligi va h.ni ko‘rsatadi, hamda ish rahbari va ishboshida xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimi tekshirilganligi to‘g‘risida guvohnomasi mavjudligini va uning amal qilish muddatini tekshiradi va ularga ishlashiga ijozat beradi.

Guvohnoma mavjud bo‘lmasa yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimini navbatdagi tekshirish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa ishlashga ijozat berish man etiladi.

161. Ish joylari tayyorlanishini tekshirish va naryad bo‘yicha ishlashga ijozat berish naryadning tegishli satrlarida ijozat beruvchi, ish rahbari va ishboshining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.

Naryad va oraliq naryad bo‘yicha birinchi marta ishlashga ijozat berish har kuni ishlashga ijozat berish jadvalida rasmiylashtiriladi; umumiy naryad bo‘yicha bunday rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

Naryadning bir nusxasi ishboshiga beriladi, ikkinchi nusxasi ijozat beruvchida qoladi va amaldagi naryadlar papkasida saqlanadi yoki saqlash uchun rayon bo‘yicha navbatchiga beriladi (issiqlik tarmog‘i uchun).

Umumiy naryad bo‘yicha ishlashga ijozat berish, agarda naryadga bir nechta ishboshilar kiritilgan bo‘lsa, faqat ijozat beruvchi va ish rahbari imzolari bilan rasmiylashtiriladi. Umumiy naryadning bir nusxasi ish rahbariga beriladi.

162. Brigada a’zolarining xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlari tekshirilgani to‘g‘risida guvohnomalar tekshirilishini, yo‘riqnoma berilishini va ishlashga ijozat berilishini naryad, oraliq naryadi bo‘yicha rahbar o‘tkazadi. Agar xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlar tekshirilishini navbatdagi muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, ishchilar brigada tarkibidan chiqariladi.

Ishboshi brigadaning har bir a’zosini ishlashiga ijozat va yo‘riqnoma berilishini bevosita uning ishlash joyida amalga oshiradi.

163. Naryad olinayotganda navbati xodimda yoki ishboshida qandaydir shubha paydo bo‘lsa, ular ish rahbaridan yoki naryadni bergan shaxsdan tushuntirishni talab qilishlari majburdirlar. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan naryad bo‘yicha ishlashga ijozat berish man etiladi.

164. Ishlashga birlamchi ijozat berish sanasi naryadda ko‘rsatilgan ishni boshlash sanasiga mos bo‘lishi kerak, uskunalarni ta’mirlashga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga naryad bundan istisno.

Alohida vaziyatlarda (uskunalarni ta’mirlashga chiqarish kechiktirilganligi, avariyaviy holat va b.) 1-2 kunga mos kelmaslikka yo‘l qo‘yiladi.

165. Elektr dvigatellari bilan harakatga keltiriladigan uskunalarni (ventilyatorlar, tegirmonlar, nasoslar, filtrlar va b.), shuningdek elektr filtrlarni mexanik qismlarini ta’mirlash va seksiyalarni tozalash uchun naryadlar bo‘yicha ishlashga ijozat berish, ta’mirlanayotgan uskuna tasarrufida bo‘lgan sex (rayon)ning navbatchi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

166. Boshqa sexlarga, bo‘linmalarga qarashli bo‘lgan, biroq issiqlik mexanikasi uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yoki issiqlik quvvatlari sexlari (issiqlik tarmog‘i rayoni) hududida yoki xonalarida joylashgan, yopiq taqsimlash qurilmalaridan tashqari uskunalarni (elektr dvigatellari, qurilmalari shkaflari, payvandlash apparatlari, yoritish armaturalari, issiqlik avtomatikasi va o‘lchash uskunalari va b.) ta’mirlash uchun ish joyini tayyorlash, zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini bajarish va ishlashga ijozat berish, har kuni qozon-turbina sexining smena boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘ining navbatchi dispetcheri) ruxsati bilan, ushbu uskunalar tasarrufida bo‘lgan bo‘linmalarning xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, bu to‘g‘risida operativ jurnalida yozib qo‘yilishi kerak.

167. Qozon — turbina sexining (issiqlik tarmog‘ining rayoni) bitta uchastkasida boshqa sexlar va pudrat tashkilotlarning bir nechta brigadalari bir vaqtda ishlashiga birinchi marta ijozat berish, o‘zining sexi (rayoni) boshlig‘i va elektr stansiyaning smena boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘i navbatchisining) ruxsati bilan, qozon — turbina sexi smena boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi, bu to‘g‘risida operativ jurnalida yozib qo‘yilishi kerak.

Ishlash vaqtida nazorat qilish, brigada tarkibidagi o‘zgarishlar

168. Brigadaga ishlashga ijozat berilgan vaqtdan boshlab xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi maqsadida uni nazorat qilish ishboshi (kuzatuvchi) zimmasiga yuklanadi. U o‘z ishini, nazorat qiluvchi esa nazoratni shunday tashkil etishi kerakki, brigadaning barcha a’zolarini xavfsizligi ustidan doimiy nazorat qila oladigan bo‘lsin.

169. Naryad, oraliq naryad bo‘yicha ishboshi (kuzatuvchi) doimo ish joyida bo‘lishi kerak. Ishboshi ish joyidan vaqtincha ketishi zarur bo‘lib qolsa, agar shu vaqtda uni ish rahbari almashtirib turishi imkoni bo‘lmasa, ishboshi brigada ishlashini to‘xtatishi va brigadani xavfsiz zonaga chiqarib qo‘yishi kerak.

Brigada a’zolarining ish joyidan qisqa muddatda ketishiga faqat ishboshining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, u ketgan brigada a’zolarini qaytib kelishiga yoki ularning qayerdaligi aniqlanishiga va ular brigada ketganligi to‘g‘risida ogohlantirilishiga qadar brigada bilan ish joyidan ketish huquqiga ega emas.

170. Ish rahbari va elektr stansiyaning navbatchi xodimlari vaqti-vaqti bilan ishlovchilar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirib turishlari kerak. Issiqlik tarmoqlarida bunday tekshiruvni ish rahbari amalga oshiradi. Qoida buzilishlari aniqlanganda ishboshidan naryad olib qo‘yiladi va brigada ish joyidan chiqarib yuboriladi. Ishlashga qaytadan ijozat berish sex (bo‘linma) rahbarining yoki naryadni bergan shaxsning ruxsati bilan, naryadni tegishlicha rasmiylashtirib ishlashga birinchi marta ijozat berishning barcha talablari bajarilgandan keyin, shuningdek ishlashga qayta ijozat berish sababini operativ jurnalga yozib qo‘yilgan holda, brigada bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin.

171. Brigada tarkibidagi o‘zgarishlarni ushbu naryad bo‘yicha ishlar rahbari naryadning ikkala nusxasida rasmiylashtiradi.

Brigada a’zolarining soni ko‘p bo‘lganda, uning tarkibini o‘zgarishi to‘g‘risidagi yozuvlar naryadning jadvaliga sig‘masa, unga kiritilgan o‘zgarishlarni jadvalga yozib qo‘yilgan holda alohida varaqda ilova qilishga ruxsat beriladi, bu haqda naryadga ilova qilingan ro‘yxatga o‘zgarishlar kiritilgani to‘g‘risida yozib qo‘yish kerak.

Brigada tarkibiga yangi kiritilayotgan a’zolariga ish rahbari va ishboshi tomonidan yo‘riqnoma o‘tkazilganidan keyin ishlashga ijozat beriladi.

Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish

A. Ish kuni davomida tanaffuslar

172. Ish kuni davomidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish, ish sharoiti tufayli) brigada ish joyidan chiqariladi va naryad ishboshida qoldiriladi.

Brigada a’zolarining hech biri tanaffusdan keyin ishlashni mustaqil boshlashga huquqiga ega emas. Bunday tanaffusdan keyin ishboshi, naryadni rasmiylashtirmagan holda brigadani ishlashiga mustaqil ijozat beradi.

173. Brigada ishlashining tanaffusida ham, ish kuni davomida ham navbatchi xodimlar ishni bajarishga ta’sir etuvchi xavfsizlik choralariga nisbatan qurilmaning sxemasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas va faqat avariyaviy vaziyatlarda sex (rayon)ning ma’muriyatiga ma’lum qilgan holda sxemani o‘zgartirish yoki ta’mirlash brigadasi bo‘lmaganida qilingan o‘zgartirishlar haqida ish boshi va ish rahbariga qilingan o‘zgartirishlar haqida darhol xabar bergan holda ta’mirlashga chiqarilgan uskunani ishga ulashga ruxsat etiladi. Ishboshi kelguncha va u naryadni qaytarib berguncha ish bajarilayotgan joyda brigada ishni davom ettirishiga majburan yo‘l qo‘ymaydigan shaxslar qo‘yilishi kerak.

174. Ta’mirlash to‘la tugatilguncha uskunalarni ishlatib ko‘rishga ulash, brigada ish joyidan chiqarilib, ish rahbari sexning (rayon) navbatchi xodimlaridan mas’ul shaxsga naryadni qaytarib bergandan keyin, kundalik ish tugatilishi jadvalida rasmiylashtirgan holda vaqtinchalik to‘siqlar, qulflovchi qurilmalar va xavfsizlik belgilari olingandan keyin amalga oshirilishi mumkin.

Ishlatib ko‘rishga ulangandan keyin ish joyini tayyorlash va brigadaga ishlashga ijozat berish yangidan amalga oshiriladi. Bu holda ish rahbari, naryadning ish boshi imzo chekadigan satrida imzo chekadi, ish joyini qayta tayyorlashda ishtirok etgan boshqa sexlar (uchastkalar)ning navbatchi xodimlari esa naryad bo‘yicha ijozat beruvchi satrida imzo chekadilar.

175. Kompleks ta’mirlash vaqtida issiqlik mexanik uskunalarning ayrim elementlari va uchastkalarini ishlatib ko‘rish (sinash, bosim bilan tekshirish va b.) quyidagi shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

butun agregat, issiqlik tarmog‘ining bir necha uchastkalari uchun berilgan umumiy naryad, ularning elementlari yoki ayrim uchastkalarini ishlatib ko‘rish vaqtida ish rahbarida qoldiriladi;

ishlatib ko‘rish, ekspluatatsion bo‘linmaning rahbari tomonidan (ta’mirlash bo‘linmasining) ish rahbari bilan birgalikda tuzilgan, korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha bajariladi. Dasturda quyidagilar ko‘rsatiladi:

ishlatib ko‘rishning texnologik tartibi, sinashda ishtirok etayotgan xodimlarni joylarga qo‘yilishi;

ishlatib ko‘rilayotgan uchastkada ishlarni to‘xtatishi va naryadni topshirilishi bilan ish joyidan chiqarilishi kerak bo‘lgan brigadalar;

yondosh va qo‘shni uchastkalarda naryadlar va oraliq naryadlar bo‘yicha ishni davom ettirishga ruxsat berilgan brigadalar va tegishli uchastkalarda ishlatib ko‘rish o‘tkazilganda va ishlarni davom ettirishda xavfsizlikni ta’minlovchi choralar;

ishlatib ko‘rish elektr stansiyasi smena boshlig‘ining (issiqlik tarmog‘i navbatchi dispetcherining) ruxsati bilan, sex smenasi boshlig‘i (issiqlik tarmog‘i rayoni operativ -ta’mirlash xodimlarining mas’ul shaxsi) va oraliq naryad bo‘yicha ish rahbarining bevosita rahbarligi ostida amalga oshirilishi kerak;

ishlatib ko‘rilayotgan element yoki uchastkadagi barcha ishlar to‘xtatiladi, brigadalar ish joyidan chiqariladi va oraliq naryad ishlashda tanaffusni rasmiylashtirgan holda ijozat beruvchiga topshiriladi;

yondosh uchastkalarda ishlayotgan brigadalar, mazkur uchastkalarni ishlatib ko‘rilayotgan uskunadan ishonchli uzilishi va to‘silishi hamda ishlovchilarning xavfsizligi ta’minlanishi sharti bilan ishlashni davom ettirishlari mumkin;

quyidagilar ishlatib ko‘rilayotgan element yoki uchastkaning ishonchli uzilishi uchun yetarli choralar bo‘lib hisoblanadi: qopqoqlar (tiqinlar) o‘rnatilishi, sxemani qismlarga ajratilishi va yopuvchi armaturalarni (shiberlar, zadvijkalar, teskari klapanlar va b.) ishonchli yopilishi.

176. Elektr yuritmali aylanuvchi mexanizmlarni muvozanatlash, elektr filtrlarining seksiyalarini ishlatib ko‘rish va elektr uskunalarni tez-tez ulash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni, naryadda tanaffuslarni rasmiylashtirilmasdan, lekin har gal elektr uskunalarini uzish bo‘yicha zarur texnikaviy tadbirlarni aniq bajarish sharti bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Elektr uskunalarni ulash va kuchlanish ostida bo‘lishi davrida naryad navbatchi xodimlarda bo‘lishi kerak.

Ishlar ish rahbarining bevosita nazorati ostida bajarilishi kerak. Uning elektr sexi smenasining boshlig‘i yoki elektr stansiya smenasining boshlig‘i (issiqlik tarmog‘ining navbatchi dispetcheri) orqali talabi bo‘yicha elektr sexining xodimlari elektr sxemani qismlarga ajratishi va yig‘ishi kerak. Mexanizmlarni ulash va uzilishini, ushbu mexanizmlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

B. Ishdagi ish kuni tugashi bo‘yicha tanaffus va kelgusi kunda ishning boshlanishi

177. Ish kuni tugashi bilan ish joyi tozalanadi, xavfsizlik belgilari to‘siqlar va yopib qo‘yuvchi qurilmalar joyida qoladi. Naryad navbatchi xodimlariga (issiqlik tarmoqlarida— mazkur Qoidalarning 152-bandining talablariga muvofiq tayinlangan ijozat beruvchiga) topshiriladi, oraliq naryadni qaytarish zarurligini umumiy naryad bo‘yicha ish rahbari belgilab beradi.

178. Ishlashga har kunlik ijozat berish naryad jadvalida ijozat beruvchi va ishboshining imzolari bilan rasmiylashtiriladi, ishning tugashi esa ishboshi va navbatchi xodimlardan mas’ul shaxsning imzosi bilan ish boshlanishi va tugatilgan sanasi va vaqtini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi. Issiqlik tarmoqlarida ish tugatilishi naryadning jadvalida ishboshi va ijozat beruvchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.

Umumiy naryadlar bo‘yicha ishlar bajarilayotganda har kuni ishlashga ijozat berish va rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

Oraliq naryadi bo‘yicha har kuni ishlashga ijozat berish yozma ravishda rasmiylashtirilmaydi.

179. Kelgusi kunda ish joyi ko‘rib chiqilib, brigadaga yo‘riqnoma berilgandan keyin hamda ishlashga ijozat beruvchi va ishboshi tomonidan xavfsizlik choralarini bajarilishi tekshirilgandan keyin naryadlar bo‘yicha to‘xtatilgan ishni boshlash mumkin.

Ishning tugatilishi. Ish joyini topshirish-qabul qilish.

Naryadni yopish.

180. Ish to‘la tugatilgandan keyin brigada ish joyini tozalaydi, undan keyin ishboshi brigadani ish joyidan chiqaradi, naryadga imzo chekadi va uni ish rahbariga topshiradi.

181. Ish to‘liq tugallanganidan so‘ng ishboshidan ish joyini qabul qilayotganda, ish rahbari ishlar to‘la va ishonchli bajarilganini, ish joyida boshqa narsa yo‘qligini va ish joyini tegishlicha yuzaligini tekshiradi, undan so‘ng naryadning “Ish to‘liq tugallangan” satrida imzo chekadi, hamda vaqt va sanani yozib qo‘yadi.

Zarur bo‘lganda ish joyini qabul qilish va ish to‘liq bajarilgani to‘g‘risida naryad satrida imzo chekish, ish rahbari o‘rniga naryadni bergan yoki naryadni amal qilish muddatini uzaytirgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

182. Navbatchi xodimlardan bo‘lgan mas’ul shaxs shaxsan o‘zi yoki bo‘ysungan xodimlari ish joyini ko‘rib chiqishi, odamlar va begona narsalar ish joyida yo‘qligini tekshirishi xamda ish rahbari ish to‘liq bajarilgani to‘g‘risida naryad satrida imzo chekishidan keyin, naryad yopilgan vaqti va sanasini ko‘rsatib naryadni yopadi.

183. Uskunalar, faqat ishlar rahbari ish to‘liq bajarilgani to‘g‘risida naryadning satriga imzo chekishi va naryad navbatchi xodimlarning mas’ul shaxsi tomonidan yopilishi, shuningdek vaqtincha to‘siqlar, xavfsizlik belgilari, yopuvchi qurilmalari olib qo‘yilishi va doimiy to‘siqlar o‘z joyiga tiklanishidan keyin ishga tushirilishi mumkin.

184. Naryadlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tanlanma tekshirish yo‘li bilan nazorat qilish naryadlarni beruvchi shaxslar, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha muhandis-inspektor va bunga vakolatlangan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

185. Yopilgan naryadlar 30 kun davomida sex (rayon) boshlig‘ida saqlanishi kerak, va shundan keyin yo‘q qilinishi mumkin. Gazdan xavfli ishlar o‘tkazilishiga berilgan naryadlarning saqlash muddati - ular berilgandan so‘ng 1 yil.

Pudratchi tashkilotlarning ishlashi

186. Uskunalarni ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot yoki korxonaning ta’mirlash bo‘linmasi yoki boshqa sex (rayon) tomonidan o‘tkaziladigan taqdirda, ta’mirlash xodimlarining malakasi uchun javobgarlik ushbu tashkilot, bo‘linma yoki rayon rahbariga yuklanadi.

187. Korxona bo‘linmalarida korxona bilan bevosita shartnomalar bo‘yicha bir nechta tashkilotlar tomonidan bir vaqtning o‘zida sex (uchastka)ning bir uskunasi yoki inshootida ta’mirlash, sozlash va boshqa ishlar bajarilayotganda, bo‘linmaning ma’muriyati pudratchi tashkilotlarning rahbariyati bilan birgalikda ishlarning birlashtirilgan grafigini, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumiy tadbirlarni ishlab chiqishga majburdir. Ular korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Ish joyini tayyorlash, birlashtirilgan ishlar grafigi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumiy tadbirlarni bajarilishi bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishi va ishlashga ijozat berilishi uchun elektr stansiya (issiqlik tarmog‘i)ning ma’muriyati javobgar bo‘ladi.

O‘zlarining ish uchastkasida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilinishi va bajarilishi, xodimlarning malakasi talab qilinganga muvofiqligi va ular tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi uchun pudratchi tashkilotlarining rahbarlari javobgar bo‘ladilar.

188. Bunday ishlar subpudratchi tashkilotlarni jalb qilgan holda bosh ta’mirlash korxonasi tomonidan olib borilganda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumiy tadbirlar bajarilishi uchun javobgarlik bosh ta’mirlash korxonasi zimmasida bo‘ladi. Uning o‘zi subpudratchi tashkilotlar bilan birgalikda birlashtirilgan grafikni ishlab chiqadi, bu grafikni bosh ta’minlash korxonasining vakolatli vakili tasdiqlaydi.

Subpudratchi tashkilotlar uchun ajratilgan uchastkada xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish va bajarilishi uchun, hamda ularning xodimlari tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi uchun subpudratchi tashkilotlar javobgar bo‘ladi.

Ishlarni bajarish uchun umumiy naryad, uskunalar tasarrufida bo‘lgan tashkilot tomonidan bosh ta’mirlash korxonasiga beriladi va unga subpudratchi tashkilotlariga oraliq naryadlarini berish huquqi taqdim etiladi.

189. Ishlab turgan sexlardagi issiqlik energetika uskunalarining yaqinida korxonalarning ta’mirlash-qurish bo‘linmalari tomonidan bajariladigan ishlar mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan, naryad-ijozat bo‘yicha amalga oshiriladi

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish