Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Starter  elektrodvigatelining   elektromexanik   tavsifnomasi



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

4.4. Starter  elektrodvigatelining   elektromexanik   tavsifnomasi 

    

  Starter  elektrodvigatelining  elektromexanik  tavsifnomasi  deb,  uning  asosiy  parametrlarining 



(kuchlanish U

s 

,  aylanish chastotasi n , burovchi moment  M



,  quvvat P



s

 ) iste’mol toki I



s

  ga bog‘liqligiga 

aytiladi. 

   Elektromexanik tavsifnoma starter ish rejimining o‘ziga xos tomonlari bilan belgilanadi: 

   a)  iste’mol  toki  quvvati  cheklangan  akkumulatorlar  batareyasidan  olinganligi  tufayli  starter 

qisqichlaridagi kuchlanish  doimiy  qiymatga  ega  bo‘lmaydi  va  yuklama  ortishi  bilan  ma’lum  chegaragacha 

kamayadi; 

   b)  starter  qisqa  vaqt  davomida    (10-15  s)  ishlaganligi  uchun  uning  quvvati  elektrodvigatel 

chulg‘amlarining  qizib  ketish  xavfi  bilan    cheklanmaydi    va    tavsifnomasidagi    maksimal  qiymat  bilan 

belgilanadi; 

   c)  starter  to‘la tormozlanish  (yoki  qisqa  tutashish)  va  salt  yurish  rejimlarida  ishlashga  mo‘ljallangan 

va  uning  qismlari  bu  chegaraviy  rejimlarda  yuzaga  keladigan  yuklamalarga  chidamli  qilib  hisoblangan  va 

yasalgan. 

  Odatda,  starterlarda  ketma-ket  uyg‘otish  tizimiga  ega  bo‘lgan  elektrodvigatellar  ishlatiladi,    ba’zi 

hollarda  elektrodvigatelning    aylanishlar  chastotasini  chegaralash  maqsadida  aralash  uyg‘otish  tizimi  ham 

qo‘llaniladi. 

  Elektrotexnika  kursidan  ma’lumki,  ketma-ket  uyg‘otish  tizimiga  ega  bo‘lgan  o‘zgarmas  tok 

elektrodvigatelining yakor validagi elektromagnit  burovchi moment quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: 

                      

F

I

c

F

I

a

N

p

M

s

t

s

elm







2

  .           (4.2)  

                      

       Bu yerda   p - juft qutblar soni;  N - yakor chulg‘amlaridagi o‘tkazgichlar soni; a - yakor chulg‘amidagi 

paralel tarmoqli juftlar soni; I

s

 - yakor chulg‘amidagi tok;  - elektrodvigateldagi havo tirqishi va yakordan 

o‘tuvchi asosiy magnit oqimi;  c

t

 = rN/2a - elektrodvigatelning faqat konstruktiv tuzilishiga bog‘liq  bo‘lgan 

koeffitsient. 

 

  Starterning  burovchi  momenti   -  M



s

  ,  elektrodvigatel  yakor  validagi  elektromagnit  burovchi  momenti  



M

elm 

 dan podshipnik va cho‘tkalardagi mexanik isroflar qiymati  M



mex

  ga kam bo‘ladi, ya’ni 

M

s

 = M

elm

 



- M



mex

 =  c

t



I



s





- M

mex

 .         (4.3) 

  Mexanik  isroflar  qiymatini  taqriban  ravishda  o‘zgarmas  deb  qabul  qilinsa,    starterning  burovchi  

momenti  elektrodvigatelning konstruktiv parametr-lariga, undagi asosiy uyg‘otish magnit oqimiga va yakor 

chulg‘amidagi tok qiymatlariga bog‘liqligi ravshan bo‘ladi. 

  YAkorning  aylanishlar  chastotasi  n  ni  yakor  chulg‘amlarida  induktsiyalanadigan  teskari  EYUK  ni 

aniqlash formulasidan topsa bo‘ladi:   



F

n

c

F

n

a

N

p

E

e

ya







60

   .    (4.4) 

          Demak,   

F

c

E

n

e

ya



   (4.5) 


 

46 


  YAkor aylanishlar  chastotasining  ortishi bilan uning chulg‘amlarida qiymati oshib boradigan teskari 

EYUK  - E



ya

  induktsiyalanadi  va  u akkumulatop kuchlanishiga  qarshilik ko‘rsatib,  yakor  chulg‘amidagi  va 

unga ketma-ket ulangan uyg‘otish chulg‘amidagi tok kuchini kamaytiradi. Natijada, uyg‘otish magnit oqimi  

F    kamayib,  yakorning  aylanish  chastotasi  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydigan  katta  qiymatgacha  ortib  ketishi 

mumkin.    Bu  -  podshipniklarni,    cho‘tka  va  kollektorni  me’yoridan  ortiq  yeyilishga  olib  keladi.  Bundan 

tashqari, markazdan qochma kuch ta’sirida  yakor  o‘zagidagi  o‘tkazgichlar va kollektor plastinalari sochilib 

ketishi ham mumkin. 

  Salt holda ishlaganda elektrodvigatel yakorining aylanishlar chastotasini  cheklash   maqsadida,  ba’zi   

starterlarda   [St.221, 29.3708  (Rossiya)]    uyg‘otish  chulg‘amlarini  aralash  ulash  sxemasi  qo‘llaniladi,  ya’ni 

uyg‘otish  g‘altaklarining  bir  qismi   parallel,   ikkinchi   qismi ketma-ket  ulanadi. Bunday  ulanish  sxemasida 

yakorning teskari EYUK uyg‘otish chulg‘amining  parallel  ulangan  g‘altaklaridagi  tokka qarshilik ko‘rsata 

olmaydi,  uyg‘otish  magnit  oqimi  F  ning  qiymati  yetarli  darajada  katta  bo‘ladi  va  bu,  yakorning  aylanish 

chastotasini cheklaydi. 

  Starterning  elektromexanik  tavsifnomasi    4.8-rasmda    keltirilgan.  elektrodvigatelning  iste’mol  toki 

ortishi  bilan  uyg‘otish  magnit  oqimi    F    ham  magnitlanish  egri  chizig‘i  bo‘ylab  ortib  boradi.  YUklama 

qiymati  kam  bo‘lganda  magnit  oqimining  o‘sishi  tokning  ortishiga  proporsional  bo‘ladi,  yuklama  qiymati 

ortishi bilan po‘latning magnit to‘yinishi natijasida tavsifnomaning bu  qismida magnit oqimi juda ham sekin 

o‘sadi va amalda uni doimiy deb hisoblasa bo‘ladi. Starter validagi burovchi moment  M

, yuklama tok past 

bo‘lganda parabola bo‘ylab,  yuklama ortishi bilan tok qiymatiga proporsional holda ortadi va o‘zining eng 

katta  qiymatiga  starter  to‘la  tormozlangan  rejimda,  ya’ni  qisqa  tutashuv  tokida  erishadi.  Starterning  salt 

ishlash rejimiga to‘g‘ri keladigan tok qiymatida,  ya’ni  I = I

0

  bo‘lganda  burovchi moment  M

s

  ning qiymati 

nolga  teng  bo‘ladi,  yakor  aylanishlar  chastotasi  n

s

    esa  maksimal  qiymatga  erishadi.    Starterga  yuklama 

berishning  boshlang‘ich  qismida  yakorning  aylanishlar  chastotasi  taxminan  giperbola  bo‘yicha    kamayadi,  

yuklama    qiymati  I  >  0,5  I



qt

  dan  ortganda,  aylanish  chastotasining  tavsifnomasi  deyarli  to‘g‘ri  chiziq 

ko‘rinishiga o‘tadi va nihoyat I = I

qt

 bo‘lganda, ya’ni to‘la tormozlanish rejimida n



s

 = 0  bo‘ladi. 

   Starter  validagi  mexanik  quvvat  P



s

    elektrdvigatelining    elektromagnit  quvvat  P

elm 

  dan  mexanik, 

magnitli isroflar qiymaticha kam bo‘ladi: 

 

P

s

 = P

elm

 - P

mex

 - P

mag

    , 

 

   Bunda  P



mex

  -  podshipnik  va  cho‘tkalardagi  ishqalanishga  isrof  bo‘lgan  quvvat;   P



mag

  -  yakorning  po‘lat 

o‘zagini qayta magnitlash va undagi uyurma toklarga isrof bo‘lgan quvvat. 

 

    Starterlarning elektromexanik tavsifnomasida quyidagi rejimlar alohida ahamiyatga ega: 



   - Salt  ishlash  rejimi; Bu rejimda yakorning aylanish chastotasi eng katta qiymatga ( n

s

 = n

max

 ) ega  


bo‘ladi,  burovchi  moment  qiymati nolga ( M

s

 = 0 ), tok qiymati salt ishlash tokiga ( I

s

 = I

0

 ) teng bo‘ladi; 

   -  Starter  validagi  quvvatning  maksimal  qiymatidagi  nominal  rejim;  Aynan  shu  rejimda 

starterning nominal parametrlari belgilanadi: quvvati  P




Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish