Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

a  –  yig‘ma  silindrsimon  metall  vtulkada;  b  – 

silindrsimon  plastmassa  asosda;  c  –  ko‘ndalang,  

plastmassa  asosda.  1  –  konussimon  siquvchi 

halqalar; 2 – konussimon izolyatsiya halqalari; 3 

–  metall  vtulka;  4  –  izolyatsiya  trubkasi;  5  – 

kollektor plastinalari; 6 – gayka; 7 – metall sinch 

halqalar;  8  –  plastmassa  asos;  9  –  izolatsiya 

plastinasi. 

 



 

41 


yuqoriroq bo‘lgan cho‘tkalar o‘rnatiladi. 

   Starterlarning  yuritma  mexanizm  tomonidagi  qopqoqlari   alyuminiy  qotishmasidan  yoki  cho‘yandan 

quyiladi.  Qopqoqning  konstruktsiyasi  uning  qanday  materialdan  tayyorlanganligiga,  yuritma    mexanizm 

turiga,  starterning  dvigatelga    mahkamlash  usuliga  va  tortish  relesining  tuzilishiga  bog‘liq.  Odatda  starter,  

dvigatel karterining  yon  tomonida joylashtirilib,  yuritma tomonidagi  qopqog‘i  maxovik tomonga  qaratiladi 

va  uning  ilashish  mexanizmi  karteridagi  tirqishga  kiradi.  Starterning  dvigatelda  mahkamlash  usuli,  starter 

yechilganda  va  qayta  joyiga  qo‘yilganda  yuritma  shesternasi  va  maxovik  o‘qlarining  markazlari  orasidagi 

masofanining  o‘zgarib  ketmasligini  ta’minlashi  zarur.  Bu  talabga  gardishli  (flanetsli)  mahkamlash  usuli 

ko‘proq javob beradi. Gardishli mahkamlash usulida starterning yuritma mexanizmi tomonidagi qopqog‘ida 

maxsus  o‘rnatish  gardishi  bo‘lib,  unda  mahkamlash  boltlari  uchun  mo‘ljallangan  ikki  yoki  uchta teshik  va 

to‘g‘ri  o‘rnatish  o‘simtasi  mavjud  bo‘ladi.  Qopqoqda  yuritma  shesternasi  maxovikning  tishli  gardishi  bilan 

ilashishi uchun imkon beradigan maxsus  tirqish qoldirilgan. 

  Gardishli mahkamlash usuli bilan  burovchi  moment  uzatilayotganda vujudga keladigan zo‘riqish va 

starterni og‘irlik kuchi ta’sirida o‘rnatish gardishiga katta yuklama tushadi. Shuning uchun  quvvati 4,4 kVt 

dan  yuqori,    qobiq  diametri  130-180  mm  bo‘lgan  starterlar,  odatda,  dvigatellardagi  maxsus  botiqliklarga  

o‘rnatilib,  metall  tasmalar  yoki  quyma  tutqichlar  bilan  mahkamlanadi.  Starterlar  burovchi  moment 

uzatilayotganda  vujudga  keladigan  yuklamalar    ta’sirida    mahkamlangan  joyida  aylanib  ketmasligi  uchun 

shponka  yoki  shtiftga  o‘rnatiladi.    Starter  qopqoqlarida  va  oraliq  tayanchlarda  sirpanish  podshipniklari 

o‘rnatiladi.  Oraliq tayanchlarning      qobiq   diametri   115  mm    va  undan  ortiq  bo‘lgan  starterlarga    qo‘yish 

mo‘ljallangan. CHo‘yan, po‘lat yoki alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan, lappak shaklida bo‘lgan oraliq 

tayanch  starter  qobig‘i  bilan  old  tomondagi  qopqoq  orasiga  siqiladi  yoki  old  qopqoqning  o‘ziga 

mahkamlanadi.  Podshipniklar,  dastlab,  starterni  ishlab  chiqarish  jarayonida  va  zarurat  bo‘yicha,  ishlatish 

davrida moylanadi. Katta quvvatli starterlarda podshipniklar moydon va moylash filsalariga ega bo‘ladi . 

  Starterlarning  ichki  qismiga  chang,  loy  va  suv  kirmasligi  uchun  ular    odatda    yopiq  yoki  germetik 

zichlangan  holda  ishlab  chiqiladi.  Ayniqsa,  og‘ir,  yo‘lsizlik  sharoitlarida  ishlaydigan,  ko‘p  yuk  ortadigan  

avtomobillar    uchun  mo‘ljallangan  katta  quvvatli  starterlarning  germetik  zichlashga  jiddiy  e’tibor  beriladi. 

Masalan, dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan  Ct142  belgili  starterda  germetik zichlash ajraladigan qismlar 

orasiga maxsus rezina halqalar, yumshoq plastik materiallardan tayyorlangan qistirmalar qo‘yish yo‘li bilan 

ta’minlanadi. Tortish relesining pishang mexanizmi rezinali silfon yordamida zichlanadi. 

Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilayotgan starterlarning aksariyatida shesterna maxovikning tishli 

gardishi  bilan  elektromexanik  usulda  majburiy  ilashtirish  printsipiga  asoslangan  yuritma  mexanizmlar 

qo‘llaniladi.  Bu  yuritma  mexanizmlar  dvigatel ishga  tushayotganda  aylantiruvchi  momentni  starter  validan 

dvigatelning  maxovigi  orqali  tirsakli  valga  uzatilishini  va  dvigatel  ishga  tushgandan  keyin,  starterning 

dvigateldan  avtomatik  ravishda  ajratilishni  ta’minlovchi  rolikli,  friksion  va  xrapovikli  erkin  yurish 

muftalariga ega.         

Quvvati  4...5    kVt    gacha    bo‘lgan    starterlarda  rolikli  erkin  yurish  muftasiga  ega  bo‘lgan  yuritma 

mexanizmlar eng keng tarqalgan. Bu muftalarning ishlashi, roliklar tutash sirtlar orasidagi ishqalanish kuchi 

4.4-rasm. Plunjer-rolikli  erkin yurish muftasi. 

 



 

42 


ta’sirida qisilib qolishiga asoslangan. Roliklarni ishchi yuzga zarur darajada bosib turuvchi moslamalarning 

tuzilishiga ko‘ra plunjerli va plunjersiz erkin yurish muftalari mavjud.   

Plunjer-rolikli  muftalarda  (4.4-rasm)  shlitsali  vtulka  1    ga  yetakchi  halqa  4  qotirib  mahkamlangan. 

yetakchi  halqada to‘rtta  ponasimon  ariqchalar  bo‘lib,  ularga  roliklar  3  o‘rnatilgan.  Prujina  10  va  plunjer  9 

roliklarni  ariqchalarning  tor  qismiga  siqib  turadi.  SHesterna  8  yetaklanuvchi  halqa  7  bilan  butun  qilib 

yasalgan. Prujinalar surilib ketmasligi va bosim kuchlanishining barqarorligini ta’minlash uchun ular maxsus 

tirgaklar 11  ga  o‘rnatilgan. Tirkalish shaybalari 5 va 6 roliklarning o‘q bo‘ylab  siljishini cheklaydi. Mufta 

yupqa  metall  qobiq  2  bilan  qoplangan.  Mexanik  mustahkamligini  va  yeyilishga  chidamliligini  oshirish 

maqsadida yuritma shesternasi va mufta halqalari kuchli legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. 

  Tortish  relesining  yakori  bilan  bog‘langan  pishang  yordamida  yuritma  shesternasi  maxovikning tishli 

gardishiga  to‘la  ilashganda  va  starter  chulg‘amlariga  tok  ulanib,  u  ishga  tushganda  aylantiruvchi  moment 

yetakchi halqa 4 va yetaklanuvchi halqa 7 orasidagi ponasimon ariqchaning tor joyiga plunjer 9 va prujina 10 

ta’sirida siqilgan rolik orqali yuritma shesternasiga uzatiladi.  Dvigatel ishga tushgandan keyin maxovikning 

tishli  gardishi    yuritma    shesternasini  starterga  nisbatan tezroq  aylantiradi.  Natijada,  yetaklanuvchi  halqa  7 

yetakchi  halqa 4 dan  o‘zib ketadi  va  roliklar  ponasimon  ariqchaning  keng  joyiga  chiqib ikkita  halqani  bir-

biridan,  va  demak,  starterning  yakor  valini  shesterna-maxovik  tishli  juftdan  ajratib  yuboradi.  Shu  tarzda 

harakatning  teskari  tomonga,  ya’ni  dvigateldan  starter  valiga  uzatilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi  va  markazdan 

qochma kuch  ta’sirida yakor chulg‘amlari va kollektor sochilib ketishdan saqlab qolinadi. 

   Dvigatelni  ishga    tushirish  jarayonida  starter  elementlari  quyidagicha  ishlaydi  (4.2-rasmga  qarang). 

Tortish relesi chulg‘amlari 3 magnit maydon ta’sirida uning yakori 4 tortilib pishang 7 va u bilan bog‘langan 

yetaklash muftasi 14  ni  harakatga  keltiradi. Bunda yuritma shesternasi 11 ham shlitsa bo‘ylab harakatlanib, 

maxovikning  tishli  gardishi  bilan  ilashadi.    Tortish  relesining    qo‘zg‘aluvchi  kontakti    «akkumulatorlar  

batareyasi  - starter chulg‘amlari" elektr zanjirini ulaydi va yakor aylana boshlaydi. Agar shesternaning tishi 

maxovik  gardishining  tishlariga  to‘g‘ri  kelmasdan,  ilashish  sodir  bo‘lmasa,  ya’ni  shesterna  maxovik 

gardishiga  "tiralib"  qolsa,  pishang  7,  yetaklash  mufta  14  orqali  prujina  13  ni  siqib  harakatni  davom 

ettiraveradi.  Tortish  relesining  asosiy  kontaktlari 1  ulanib,  yakor  aylana  boshlagandan keyin  shesterna  ham 

buralib,  uning tishlari maxovik gardishi tishlari orasidagi botiqlikka to‘g‘ri  kelishi  bilan  prujina  13 ning 

bosim kuchi ta’sirida ilashish sodir bo‘ladi. 

  Yuqorida ta’kidlanganidek,  quvvati 5-6 kVt dan  yuqori  bo‘lgan  starterlarda  rolikli  muftalar  ishonchli 

ishlamaydi.  Shu  sababli  ular  uchun  maxsus  tuzilishga  ega  bo‘lgan  yuritma  mexanizmlar  ishlab  chiqilgan. 

4.5-rasmda dizel dvigatellari  uchun mo‘ljallangan St-142 (Rossiya) belgili  starterlarning  xrapovikli  erkin 

yurish muftasi ko‘rsatilgan.   

  Xrapovikli  erkin  yurish  muftasi    quyidagi  

qismlardan    iborat:  qobiq  11,  yetaklovchi  8  va 

yetaklanuvchi  6  xrapoviklar,  yuritma  shesternasi  2, 

prujina  10,  shlitsli  yo‘naltiruvchi  vtulka  12,  yetakchi 

va  yetaklanuvchi    xrapoviklarni  bir-biridan  ajratib, 

ushlab turish uchun xizmat qiladigan konusli vtulka 7,  

tekstolit  segmentlar    3    va  yo‘naltiruvchi  shtiftlar  4 

dan tashkil topgan markazdan qochma mexanizm. 

  Tortish  relesi  chulg‘amlari  tok  manbaiga 

ulanganda,  uning  yakori  yuritma  pishangi  va  mufta 

qobig‘i  11  orqali  xrapoviklar  6  va  8    o‘rnatilgan 

yo‘naltiruvchi  mufta  12  ni  valdagi  shlitsa  bo‘ylab 

harakatlantirib,  shesterna  2  ni  maxovikning  tishli 

gardishi  bilan  ilashtiradi.  YUritma  shesternasi 

harakatining  oxirida  tortish  relesining  kontaktlari 

ulanadi  va  yakor  vali  aylana  boshlaydi.  Bunda 

aylantiruvchi  moment  shlitsali  vtulka  12,  yetakchi  8 

va  yetaklanuvchi  6  xrapoviklar  orqali  shesterna  2  ga 

va  undan  maxovikning  tishli  gardishiga  uzatiladi. 

Aylantiruvchi momentni uzatish jarayonida vtulka 12 

ning  tashqi  va  yetakchi  xrapovikning  ichki  ko‘p 

kirimli  tasmasimon  rezbasining  o‘qi  bo‘ylab  hosil 

bo‘ladigan  kuchlanishni  prujina  10  orqali  rezinali 

yumshatish xalqasi 14 qabul qiladi. 

  Agar  ilashish  jarayonida  shesterna  tishi 

   4.5-rasm. Xrapovikli erkin yurish   muftasi 




Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish