O`xshatish-qiyoslash yuklamasi so`zga o`xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklaydigan yordamchi so`z: xuddi, go`yo, go`yoki, naq;
Gumon yuklamasi gap yoki so`zga gumon manosini yuklaydi: dir;
Inkor yuklamasi gapdagi fikrning inkorini bildiradi: na, hech, sira.
Yuklamalarning uslubiy xususiyatlari.
-u (-yu), -da yordamchisi o’rniga “va” bog’lovchisini qo’yish mumkin bo’lsa, bog’lovchi vazifasida, boshqa holatlarda yuklama bo’ladi: U keldi-yu, ketdi – u keldi va ketdi – bog’lovchi. Bordi-yu u kelmasa.
-da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda ko’pincha uning o’rniga ham yuklamasini qo’yish mumkin bo’ladi.
-ku, na... na yuklamalari yozma nutq uslubi uchun xoslangan bo‘lsa, qolganlari uslubiy betaraf yuklamalar sanaladi.
-gina (-kina, -qina) shakllari ot, sifat, ravishga qo‘shilib, ma’noni kuchaytirish, erkalash, ta’kidlash uchun ishlatiladi. Masalan, ukaginam, qizgina, yaxshigina, sekingina, ko‘pgina, ozgina va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |