Doniyorova Gavharning "5220100 Filologiya"



Download 454 Kb.
bet6/20
Sana31.12.2021
Hajmi454 Kb.
#260724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Doniyorova Gavharning 5220100 Filologiya

Mazmuni: Dashtlarda jilvalanayotgan lolalar emas, so’yilgan odamlar boshlarini tuproqdan chiqarib turibdilar.

Bobur harfiy san’atlar qo’llashda ham Alisher Navoiy bilan bellasha oladigan san’atkor shoir. Uning kitobat qo’llagan ushbu bayti sodda va tushunarli, ayni paytda nafis va jozibaligi bilan diqqatga sazovor. Qadni “alif”, qoshni “yo” harfiga o’xshatish an’anaviy eski gap. Ma’shuqani oyga tashbeh berish ham ming marotaba uchragan. Ammo “alif” va “yo” ni qovushtirib, bular yig’indisidan “oy” so’zini keltirib chiqarish yangi fikriy kashfiyot – nuqtasidir :

Qadding chu “alif”, qoshing erur “yo”,

Desam, ne ajab, agar seni “oy”?

Ulug’ so’z san’atkorlari harfiy san’atlardan kitobat matnda harfni nomlash va istixroj (so’z keltirib chiqarish)ning riyoziy murakkab namunalarini ham yaratadilar. Chunonchi, “riyoziy ixtiroj” san’atini qo’llaganda baytda harf nomlanmay, aytilmasdan so’zlar ifodalangan harflar yig’indisidan biror so’z yasalgan bo’ladi. Masalan, quyidagi baytni tahlil etaylik:

Og’ziyu ikki zulfu qadi bo’lmasa manga,

Rayhonu sarvu g’uncha ko’kardin maloldur.

Mumtoz adabiy an’anaga ko’ra og’iz – “mim”(m), ikki zulf – ikki “lom”(ll) va qad - “alif”(o) dir. Holbuki, matnda bu harflar aytilmagan. Sehrgar Bobur “Aqling yetsa, kashf etib maza qil!” deb jilmayib qo’ygan. Chunki u baytdagi “malol” so’zini og’zi, ikki zulfi va qaddidan (m+l+o+l) yasagandir. Eski yozuvda malolda “a” harfi yozilmaydi. Bunday baytni riyoziy kashf etishga ancha –muncha kitobxongina emas, hozirgi paytda ayrim olimlar ham qodir emaslar.

Nega bu ishni qiyin dedik? Chunki sehrgar Bobur olim ko’zini avval laff va nashr san’ati bilan bog’lagan. Adabiyotshunos baytdan san’at kuzatganda birinchi misrada tuzilgan so’zlar: og’zi, zulf va qadga ikkinchi misradan o’xshatishlar izlaydi: og’iz – g’uncha, rayhon – zulf, qad – sarv. Ana shu holat laff va nashrdir. Baytda istixroj borligi “ikki” so’zidan biroz seziladi.

Boburning bu sohadagi ulkan kashfiyoti mo’jizasi istixrojda “Olloh” so’zini ifodalagan tubandagi baytdadir:

Qaddi bila ikki zulfu og’zi,

Jonimg’a balo bo’lubtur, Olloh!

Istixrojda yozilmay nazarda tutilgan harflar qad – “alif”, ikki zulf – ikki “lom” va og’iz – “xo”dir. Ushbu harfalr yig’indisi Ollohdir. Bu undov so’z ulkan hayratni ifodalamoqda.

Bobur she’riyati mavzulari rang –barangligi bilan ham e’tiborga molik. Sharqona madaniyat – yaxshilik haqidagi ta’sirchan g’azal ham, xazon yaprog’i singari yuzi sarg’aygan oshiq ohu zorlari talqini bo’lgan she’r ham, madaniy dam olishning ajib to’kislikdagi ifodasi bo’lmish:

Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,

She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati

matla’li she’r ham, g’ij-g’ij badiiy san’atlar qorishgan, ayni paytda ma’shuqa yuz timsolining jozib tajassumi bo’lgan

Gul jamolin yopqon ul gulning ikki rayhonidur,

G’uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur,

deb boshlanadigan g’azal ham Zahiriddin Muhammad Bobur inja she’riyati to’plami “Devon”idadir.

Rubobiy timsollarning tabiiy – voqelikka mos xatti-harakatlari, oshiq va ma’shuqalarning birining lobar sernozu ishvaligiyu ikkinchisining Farhodsifat ishq mashaqqatlarini tortish va majnun kabi shaydoligi ishonarli ifodalangan. Shuning uchun Bobur lirik qahramoni o’zini Farhodu Majnundan, mahbubasini Shirinu Laylidan yuqori qo’yadi:

Qani Shirin bila Layliki, sendin noz o’rgansa?

Qani Farhodu Majnunkim, alarg’a ishq o’rgatsam.

“Ishq” shu darajada ajoyib hissiyotki, oshiqlar uchrashganda ham baxtiyor bo’lishlari amri mahol. Nozik hissiyot ikkalasini ham jizzaki holatga solganday. Biror shoir Boburday bu “ziddiyat voqeligini” idrok etolmagan bo’lsa kerak. Har ikki yosh sabr-toqatlari tugab bir-biriga zoru, uchrashganlarida esa har lahzada achchiq-tiziqqa asoslar topilib qoladi. Ayriliqda o’rtanib visolga zoriqqanlar-u, biroq uchrashuvda ham ular o’zaro yaxshi chiqisholmaganliklariga nima deysiz:

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,

Sening birla chiqishmoqlik dog’i bisyor mushkuldur.

Mijozing noziku sen – tundu, men – bir beadab telba,

Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.

Bobur she’riyati Sharq poeziyasi namunasi sifatida jahonning oddiy va nuktadon – nozik kitobxonlariyu so’z san’atkorlarini maftun etadi. Bobur o’ziga xos sifatlarga ega bo’lgan siymodir. U avvalo, o’z davrining, o’z sinfining farzandidir, murakkab davrdagi ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarning va g’oyaviy-siyosiy qarashlardagi, yo’nalishlardagi ziddiyatlarning mahsulidir. Uning hayoti va faoliyatiga tariziy –konkret munosabatda bo’lmay turib, unga to’g’ri va atroflicha baho berish mumkin emas.

Bobur Navoiy, Lutfiy, Xisrav Dehlaviy va Sharqning boshqa buyuk shoirlarining eng yaxshi traditsiyalarini ijodiy davom ettiradi. Uning shakl jihatidan ham, g’oya jihatidan ham, masalan, Alisher Navioyning ba’zi asarlari bilan bevosita hamohang she’rlari ham bor. Lekin o’zining shoirlarga bo’lgan munosabatida u originalligicha qolaveradi.

Boburning merosi ko’p turlidir. U ham shoir, ham prozaik bo’lgan. U muzika, hamda harbiy ish bo’yicha ilmiy traktatlar yozgan. Fanning tarix, geografiya, irrigatsiya, flora, etnografiya va boshqa sohalari haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. U o’z zamonasining ijtimoiy sharoitini, adabiyot va madaniyatining ahvolini va g’oyaviy oqimlarini tahlil qilgan, katta-katta hodisalarga, davlat, siyosiy hamda madaniyat arboblarining yetakchilariga muhim xarakteristikalar bergan, jamiyatning ko’pgina kamchiliklarini ochib tashlagan. Baxtga qarshi, Boburning yuqorida aytilgan poetika, muzika, harbiy ish haqidagi ilmiy traktatlari bizgacha yetib kelmagan. Ularning qanchalik qimmatli ekanliklari ba’zi ma’lumotlardan, chunonchi Alisher Navoiyning nazariy-adabiyotshunoslik asarlariga Boburning bergan baholaridan ham ko’rinib turadi.

Bobur asarlarining tematikasi keng va xilma-xildir. Bobur ko’pgina yozuvchilardagi tematik torlik, g’oyaviy ojizliklarni bosib o’tib, umuman voqelikni, xususan ijtimoiy fikrni, sotsial hayotni kengroq qamrab olishga intiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlarni qo’lga kiritadi. Etika va estetika, kishilarning ma’naviy qiyofalari, din, hokimiyat va fan masalalari, yor va unga bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik, hayotni sevish – Bobur asarlarining taxminiy tematikasi shunday.

Bobur o’z fikrini aniq, rostgo’ylik bilan ifoda qilishga intilish zarurligini uqtiradi.

Bobur bu masalaga bir necha bor qaytadi, bu esa uning mazkur masalaga qanchalik ahamiyat berganligini ko’rsatadi. Bobur o’z o’g’liga murojaat qilib, yozuvchi o’zi yoritishi lozim bo’lgan narsani haqgo’ylik bilan tasvirlashi kerakligini aytadi, yozuvchining o’zi va o’quvchi qisqa, aniq va rostgo’ylik bilan tasvirlangan voqeadangina huzur qilishi mumkinligini qat’iy qayd qiladi.

Bobur o’zining “Boburnoma”sida shu qoida va printsiplarga amal qilmagan yozuvchilarning mazmuni ham, shakli ham o’quvchini qiziqtirmaydigan bemaza asarlarini qattiq tanqid qiladi.

Sulton Mahmud Mirzo haqida gapirar ekan, Bobur shunday deb yozadi: “Tab’i nazmi bor edi, devon tartib qilib edi. Vale she’ri bisyor sust va bemaza edi. Andoq she’r aytqondin aytmog’on yaxshiroqdur” .

Boshqa bir joyda Bobur Mir Sarbarahnaning ijodiyoti haqida yana ham darg’azab bo’lib shunday deydi: “Amir Hamza qissasining muqobalasida umri zoyi qilib, uzun –uzuq yolg’on qissa bog’labtur; bu amr muxolifi tab va aqldur”.

Uning “Xatlari”dan bir necha misol keltiramiz:

Bir kecha xotirim mushavvash erdi,

Ko’zda suv, ko’nglum ichra otash erdi.

Dahr ishidin fig’on qilur erdim,

Xotirimni yomon qilur erdim.

Har zamon dahrni xitob qilib,

O’lturib gah ko’pub, shitob qilib,

Der edim, ey vafosi yo’q zolim,

Zulmdin yetti o’lgali holim.

Yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan ham ko’rinib turibdiki, Bobur asarlarida o’z zamonasidagi norozilik, taqdirga qarshi achchiq nolishlar baralla eshitiladi. Bunday norozilik va e’tirozlar Bobur poeziyasiga chuqur fikrlik va ijtimoiy mohiyat bag’ishlaydi. Buning ustiga, ular kishilarni o’sha zamonda mavjud bo’lgan ijtimoiy voqelikka nisbatan tanqidiy va hushyor munosabat ruhida tarbiyalashga yordam beradilar.

Zamondan norozilik, taqdirga qarshi e’tiroz Boburda ba’zan juda keskin va g’azabli ifodalanadi.

Boburning noroziligi, ayniqsa begona yurtlarga borib qolib, vatanni sog’inib yurgan kezlarida keskin tus oladi:

Yana mahrumi xonumon qilding,

Yana ovvorai jahon qilding, -

deb yozgan edi Bobur.

Umuman, begona yurtlarga borib qolib tortgan azoblari, vatanga muhabbat, uni sog’inish, unga intilish Bobur poeziyasining markaziy masalaridan hisoblanadi.

Boburning bu masalaga bag’ishlangan poetik satrlari samimiyat bilan to’la, mazkur satrlarda shoitnin chuqur ruhiy kechinmalari ifodalangan:

Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,

Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.

Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh.

G’urbatda sevinmas emish albatta kishi.

Boshqa bir joyda o’z vatanini ramzan sevikli yorga, ba’zan xitoy sanamiga, ba’zan uning xushqomatini sarv daraxtiga o’xshatadi va unga murojaat qilib shoir shunday deydi:

G’urbatga soldi charx meni yuz jafo bila,

Yod aylamayin g’aribni gohi duo bila.

Behad vafou mehr sanga ko’rsatib edim,

Sen ham sog’ing’asen mehru vafo bila.

Chun qildi meni ul buti chin zoru mubtalo,

Ishim mening qolibturur emdi xudo bila.

Ko’rmon farahni bir dam agar andin ayrumen,

Bilmon alamni bormen aning birla to bila.

Ul sarvg’a karam qilibon yetkur, ey sabo,

Bobur niyozini yer o’pub xo’b ado bila.

Boburning vatanga bo’lgan muhabbati cheksiz edi.. Bu muhabbatda Iztirob, sog’inch,alam, o’kinch, qaytish orzusi mujassam edi. Boburning vatanga bo’lgan muhabbati uni jozibali qilib ko’rsatadi.

Bobur o’zining asarlarida bir qancha boshqa masalalarda ham o’z davridagi shart-sharoitga nisbatan qator ilg’or fikrlar aytgan.

U fan va bilimning ahamiyatini qayd qiladi. Insonlar chinakam odam bo’lsihni istasalar fan va bilimni egallashlari lozimligini aytadi.

U odamlarni hayotni qadrlashga va sevishga, rostgo’y, to’g’ri bo’lishga, dushmanlarga ishonmaslikka, o’z shaxsiy manfaati ketidangina quvmaslikka, halol, sof ko’ngil bo’lishga, umuman ruhiy boylikka ega bo’lsihga, be’mani moddiy boylik, amaldorlik bilan ovora bo’lib, mazlumlarni, muhtojlarni oyoq osti qilmaslikka, maqsadga zo’r berib intilishga, qat’iyat bilan qanday bo’lmasin unga erishishga chaqiradi.

Bobur yozadi:

Davlatqa yetib mehnat elin unutma,

Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma.. .

Beqayd menu xarobi sim ermasmen…

Ham mol yig’ishturur laim ermasmen…

Ko’ngli tilagan murodiga yetsa kishi,

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,

Bu ikki ish muyassar o’lmasa olamda

Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.

Bobur din va ruhoniylarga qarata ham ularni fosh qiluvchi dadil so’zlar aytgan. U o’sha davr sharoitida shunday mardona satrlar yozganki, u satrlar ruhoniylarga, islomning ba’zi bir qotib qolgan qoida va ko’rsatmalariga shubha tug’diradiki, ularning hatto shak keltirish gunih hisoblangan “muqaddasliklariga”, ularga rioya qilish zarurligiga odamlarda shubha tug’diradi. U: “Menda ibodat qilinadigan mehrob yo’q, oylab, hatto yillab toat-ibodat qilmayman, ro’za tutmayman, tunu kun shariat qat’iy man qilgan sharob ichaman, qalandarlikni yaxshi ko’raman, zohidlarni yomon ko’rman”, -deydi, xursandchilik, xushchaqchaqlikni kuylaydi, shodlik va huzurbaxsh vositalarni ko’klarga ko’taradi.

Boburni mistik maqsadlar, mavhumiy dunyoga intilishlar qiziqtirmagan. U hamma vaqt real borliq haqida o’ylagan. Uni “eng muqaddas” joylar, “narigi dunyo” va u yerda eng yaxshi joy olish kabi hayollar deyarli qiziqtirmagan. U haqiqiy dunyoni, yerdagi hayot lazzatlarini inson tirikligini, uning xursandchiligini, bahor va uning latofatini sevadi.

Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” (“Do’stlar yodnomasi”) tazkirasida yozishicha, Bobur “Chig’atoy sultonlarining eng sarasi va zo’r shijoatlisi edi. Shamshir zarbi bilan Movarounnahr mamlakatlariga ega bo’lib, uni saqlab qolishga ko’p sa’y-harakatlar va jonini ayamasdan jahdu jadallar ko’rsatdi. Mardona to’qashuvlar qildi, ammo, taqdir o’qiga tadbir qalqoni dosh bera olmagach, biror natija chiqara olmadi”. Bu haqda shoh-shoirning o’zi alam va o’kinch bilan shunday yozadi:

Nekim taqdir bo’lsa, ul bo’lur tahqiq – bilgaysiz,

Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.

Andijonni ikki, Samarqandni uch bora egallab, yana boy bergan, shayboniylarga qarshi kurashish uchun imkon topolmay, chorasiz ahvolda yongan, buning ustiga, toju taxt, navkardan ayrilib, o’zining taqdiri ham muallaq qolgan Boburning o’z ko’ngliga murojaat qilib:

Zamona ahli ichra, ey ko’ngul, oyo, topilg’aymu

Seningdek dardpaymoyu meningdek dardpaymuda? –

deyishi tabiiy edi. Garchand mubolag’a, lutf, ko’tarinkilik she’riyat uchun xos bo’lsa-da, Boburning ushbu e’tiroflarida zarracha mubolag’a yo’q. Qizi Gulbadanbegimning e’tirof etishicha, Amir Temur zamonidan buyon o’tgan podshohlar ichida u kabi notinchi bo’lgani yo’q. Chindan ham, hali bolaligidanoq taqdir uni balolar girdobiga otdi. U boshidan kechirgan taqdir sinovlari bemalol o’nta odamga ham yetib ortadi. Hayotning har qanchaki mashaqqatlari bo’lsa, mardona yengib o’tgan, shum falakning barcha nayranglariga sabot bilan bardosh bergan, zamonaning bor adolatsizliklarini ko’rgan, odamlarning jabru jafolari, hiyonatlariga chidagan, shunga qaramay, deyarli osuda umr kechirmay dunyodan o’tayotgan bir inson shunday deyishga ming karra haqli edi. Boshqa bir g’azalida bu fikr yanada rivojlanib, kengayib, ochiq-oshkor tus oladi:

Har yong’akim azm etsam, yonimda borur mehnat,

Har sorikim yuzlansam, o’trumg’a kelur qayg’u.

Yuz javru sitam ko’rgan, ming mehnatu g’am ko’rgan,

Osoyishe kam ko’rgan mendek yana bir bormu?!

Zamon va odamlardan shikoyat ohanglari nafaqat Bobur, balki barcha shoirlar ijodiga xos. Jumladan, Alisher Navoiyning ham “Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim”, “Kimga qildim bir vafokim, ming jafosin ko’rmadim” kabi ko’plab g’azallarida bu holni ko’ramiz. Zero, har qanday kishining hayoti ham goh quvonchli, goh tashvishli kunlardan iborat, binobarin, goh nekbin, goh badbin fikr-xayollar odam bolasiga hamisha xos bo’lib kelgan.

Har bir kishida ham hayotdan to’yib, odamlardan bezib, yorug’ jahon ko’ziga qorong’i ko’ringanida dunyodan bosh olib ketgisi keladigan holatlar, lahzalar bo’ladi. “Ba’zida kishining dunyodan chiqib ketgisi keladir”, - deb yozgan edi buyuk Abdulla Qodiriy ham. Bu tuyg’u, bu kayfiyatni ruboiyga dastlab Alisher Navoiy olib kirdi, keyin Bobur uni rivojlantirib, avj nuqtasiga yetkazdi. Chunki bu fikrni, ikki shoirning hayoti va faoliyati o’zaro muqoyasa qiladigan bo’lsak, Bobur aytishga ko’proq munosib edi. Navoiy birmuncha osoyishta umr kechirgan, ijodiy, ilmiy, bunyodkorlik ishlari bilan mashg’ul bo’lgan bo’lsa, Boburning umri deyarli taloto’pda, jangu jadallarda kechdi. O’zi xayitini ikki marta bir yerda kutib olish unga nasib etmagan. Shoh –shoir falakning nayranglariyu taqdirning nomardliklarini, dunyoning turfa o’yinlariyu zamonaning adolatsizliklarini, bani bashar fe’lining barcha turlanish-tuslanishlarini ko’rdi, ulardan ba’zan joni bo’g’ziga keldi. Ana shunday lahzalarda ichini yondirgan dardlarini qog’ozga to’kib, ba’zida kishining uzlatga chekingisi, xalqdan uzilgisi, “dunyodan chiqib”, hayotdan qochib ketgisi kelishini o’zining o’lmas satrlariga muhrladi:

Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi,

Yo borcha murodlarni tark etsa kishi.

Bu ikki ish muyassar o’lmasa olamda,

Boshini olib, bir sorig’a ketsa kishi.

Lekin Bobur hayotning ko’ziga tik qaraydi, taqdir zarbalaridan dovdirab qolmaydi, har qanday sharoitda kurashish uchun kuch topadi. Ko’rgiliklarni ko’raverib, diydasi qotib ketgan bu matonatli inson hayot shafqatsizliklari oldida dahshatga tushmaydi. Qismatning shafqatsiz qo’li uni tug’ilgan yurtidan badarg’a qilganida tabiatidagi tug’ma shijoat va iroda tufayli u begona yurtlarda jon saqlab qoldigina emas, balki 332 yil hukm surgan buyuk boburiylar saltanatiga asos soldi. Bunday uzoq muddat hukmronlik qilgan sulolalar jahon tarixida juda kam, Sharq xalqlari tarizida- ku inchunun. Boburning betakror shaxsiyat sifatida butun dunyo ahlini qiziqtirib kelayotgani shundan. “Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga yarashib tushgan hukmdorlarning yorqin namoyondalaridan biridir. Uning shaxsi olijanob inson va ulug’ shohga mansub fazilatlardan tarkib topgan, - deb yozadi U. Erksin. – Kechirgan hayoti, jangu jadallar va sarguzashtlar borasida esa avlodlaridan hech biri taqdirini takrorlay olmaydi”.

Bobur janglarda ham o’zi jangchilariga namuna ko’rsatar, ibrat bo’lar – oldingi safda turib jang qilar edi. “Dushmanlari bilan sherdek olishar, qoplondek hamla qilardi”. Bu g’ayrat-shijoat, jasorat-matonatda tengsiz inson jismoniy jihatdan ham juda baquvvat edi. “U shunchalik chapdast bo’lganki, ikki qo’ltig’iga ikki odamni olib, qal’a devori ustida yugurib mashq qilgan. Har qanday xavf-xatar va qiyinchiliklarni pisand qilmagan. Barcha mushkul masalalarni sovuqqonlik va aql tarozusi bilan hal qilgan. U ajoyib sezuvchi va g’avvos ham bo’lgan. Binobarin, o’z yo’lida uchragan barcha daryolarda (Ganga daryosi bundan mustasno) suzib o’tgan”.

“Boburnoma”ning noma’lum bir kotibi “fazilatlari bisyor va kamoloti beshumor” (Xasanxoja Nisoriy) bu zot ta’rifida quyidagi so’zlarni yozib qoldirgan: “Va maholdurkim, ul podshohi qobilning yaxshilig’larini aytgan bilan va bitigan bilan tugangay. Lekin mujammal bukim, sekkiz sifati asil aning zotig’a muttasil edi: birisi bukim, najhati baland edi; ikkinchisi – himmati arjumand edi; uchinchisi – viloyat olmog’; to’rtinchisi – viloyat sag’lamog’; beshumchisi – ma’murlig’; oltinchisi – rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig’a; tettinchisi – cherikni ko’ngli(ni) qo’lg’a olmoq; sekkizinchisi – adolat qilmoq”.

Navoiy asarlarini o’qir ekan, shoirning sizdan bir necha pog’ona baland, o’zingizning esa uning qoshida bir qadar ojiz ekanligingizni hamisha his qilib turasiz. Balki Navoiy o’zi bilan o’quvchi orasida muayyan masofa saqlashni o’ylamagandir, lekin uning yuksak dahosi, xoxlaymizmi-xoxlamaymizmi, shoir va o’quvchi o’rtasida u yoki bu darajada masofa keltirib chiqaradi. Boburni esa o’quvchi xuddi o’zining yaqin suhbatdoshi, sirdoshiday qabul qiladi. Chunki Bobur o’quvchi bilan o’zini teng tutib gapiradi, fazilatlari xususida o’rtoqlashibgina qolmay, qusurlarini ham mardlik bilan ochib tashlaydi. Bunday ochiq-oydin iqror shoirni o’quvchiga yaqinlashtiradi, ularni o’zaro qadrdon qilib qo’yadi. “Badiiy so’zga, she’riyatga Bobur o’zligini, o’z ruhiy olamini “ochish” vositasi deb qaragan. Xuddi shuning uchun ham muallif shaxsiy hayoti lavhalari hamda uning real ruhiy kechinmalari bilan bog’liqlik Bobur lirikasining xos belgisi darajasiga ko’tarilgan”.

Bobur she’rlarini ichdan nurlantirib turgan eng muhim xususiyat bu –ularning beqiyos darajadagi samimiyati. Ta’bir joiz bo’lsa, zamin o’z o’qi atrofidan aylangani kabi Bobur she’rlari ham samimiyat atrofidan aylanadi.

Bobur dastlab o’zini elakka solib elaydi: barcha qusurlari va zaifliklarini mardona ochib tashlaydi va boshqalarni ham xato-kamchiliklari uchun ayab o’tirmaydi. Lekin u ko’proq o’zini mazammat qiladi, o’zini yozg’iradi – yuragini dasturxon kabi o’quvchi oldiga yozadi: xech narsani yashirmay, ko’nglida borini to’kadi. Shuning uchun ham uning bunday iqrorlari kishida xayrixohlik uyg’otadi, shoirni qoralash hayolingizga ham kelmaydi:

Besabrmenu besaru somondurmen,

Bir g’amzadadurmenu parishondurmen.

Ne dinning ishin qildim-u, ne dunyoning,

Yo rab, netay, o’z ishimga hayrondurmen.

Bobur muttasil ravishda o’z xatti-harakatlari, aytgan so’zlarini tahlil qilgan, o’zini tinimsiz ravishda chig’iriqdan o’tkazib turganki, faqat o’zini anglagan, o’zidan bohabr insongagina o’ziga o’zi hisob berib turadi. O’zini bilmagan kishi qilmish-qidirmishlari haqida o’ylab ham ko’rmaydi. Bu jihatdan shoirning quyidagi ruboiysi diqqatga sazovor:

Ne xesh meni xushlar-u, ne begona,

Ne g’ayr rizo mendin-u, ne janona.

Har nechaki, yaxshiliqta qilsam afsun,

Xalq ichra yomonlig’ bila men afsona.

Bobur bir umr o’zi bilan o’zi kurashib yashagan inson. Umri taloto’pda o’tgan bu zot diniy arkonlarni Hamisha ham bajara olmagan, hayotining tushkun davrlarida shariat man etgan ichkilikka ruju qo’ygan. Keyin o’zini anglab, tavba qilgan. Mushkul va chorasiz vaziyatlarga tushib qolganda tavbasini buzgan. Yana tavba qilgan, hatto ichkilikka qarshi maxsus farmon chiqargan. Shoir ana shunday ziddiyatli, murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Mana, o’zining ichkilikka ruju qo’ygani haqida yozg’irib, u nima deydi:

Keldi ramazonu men taqi bodaparast,

Iyd o’ldi-yu, zikri may qilurman payvast.

Ne ro’zayu ne namoz – yillar, oylar

Tun-kun mayu ma’jun bila devonayu mast.

Shuning uchun ham taniqli adib Hayriddin Sulton: “Bobur – insonlar ichida eng rostgo’yidir, deb aytsak ham, xato bo’lmas, - deb lutf etgan edi. – Uning qalb daftari – “Boburnoma”ni diqqat bilan varaqlagan kishi bunga amin bo’ladi”.

Boburning o’zi bu haqda shunday yozadi:

Bu olamaro ajab amallar ko’rdum,

Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum.

Har kim bu “Vaqoe”ni o’qur, bilgaykim,

Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.

Lekin Bobur bag’ri keng, mehri daryo inson bo’lgan: o’ziga yomonlik qilganlarning ham gunohidan o’tib, qo’lidan kelgancha ularga yaxshilik ko’rsatgan. “Boburnoma”dab u boradagi ko’plab yorqin misollarni uchratamiz. Hasanxoja Nisoriyning yozishicha: “Kimki jahonpanoh dargohiga iltijo qilgan bo’lsa, podshohning in’omidan bahramand bo’ldi va fazl dasturxoni ne’matidan quruq qolmadi. Daryo misol qo’li bilan saxovat olamiga erkinlik berdi”. Hindistonni olib, hind podshohlarining boy xazinasini qo’lga kiritganida-ku, nafaqat jangda qatnashganlar, qatnashmaganlarni ham turli ehsonlar bilan siylaydi; Samarqand, Xuroson, Qashqar va Iroqdagi qarindosh-urug’lariga sovg’a-salomlar yo’llaydi; Samarqand va Xurosondagi mashhur shayxlarga, hatto Makka va Madinaga nazr-niyozlar yuboradi. Har tarafga choparlar jo’natib, qarindosh-urug’lari, ota-bobolariga xizmat qilganlar, umuman, Temur va Chingizxon avlodidan bo’lgan barcha kishilarni huzuriga da’vat etadi. Xudo bizga ulug’ Hindiston mamlakatini ato qildi, kelinglar, to bu davlatni birgalikda boshqaraylik, deydi. Chunki u jahonda faqat yaxshilik poydorligiga, odam bolasidan faqat yaxshilik qolishiga ishongan. Shuning uchun ham barcha elga yaxshilik qilki, shundan yaxshi narsa yo’q, toki dunyoda falon kishidan yaxshilik qoldi, deb el eslab yursin, degan aqida bilan yashagan:

Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q –

Kim, degaylar daho aro qoldi falondin yaxshilig’!

Bunga hamohang fikrlarni “Boburnoma”da ham uchratamiz: “G’arazkim, bu dunyoda kishidin ushmundog’ nimalar qolur, har kim aqldin bahravar bo’lsa, nega andog’ harakatga iqdom qilg’aykim, andin so’ng yomon degaylar va har kishiga xushdin asare bo’lsa, nega andog’ amrga iqdom va ehtimom qilmag’aykim, qilg’ondin so’ng mustahsan degaylar”.

Futuvvat ahli orasida yaxshilikka yaxshilik – hammaning ishi, yomonlikka yaxshilik – mard kishining ishi degan hikmat mashhur. Haqiqiy juvonmardlikni amalda namoyish etgan mard tanti, saxovat va shijoat sohibi bo’lgan Bobur ham juvonmard hukumdorning hayotiy timsoli edi. Binobarin, taqdiri har qancha og’ir kechgani, zamon va odamlardan ko’p jabru jafo ko’rganiga qaramay, Boburning yomonlikka yomonlik bilan javob berishi mumkin emas edi va uning butun hayoti buning yorqin isbotidir.

Hayotning butun achchiq-chuchugini totgan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan Boburning ko’pgina baytlari hikmatday jaranglaydi. U atay nasihat qilmaydi, bu uning hayotiy kuzatishlari va xulosalaridan kelib chiqadi:

Sarfaroz etsa dahr shod o’lma,

K-oxir ul-amr poymol qilur.
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida,

Ko’zni yumub-ochquncha bu gulzor topilmas.


Bu dahr ichra bistari rohat tilarni qo’y,

Ul farsh chun bu ko’hna ravoqig’a arzimas.


Aysheki, o’tti – o’zga ani zikr aylama,

Har nimaiki yitti – so’roqig’a arzimas.


G’aflat uyqusidin gap tilar bo’lsang murod-

Kim, yetar maqsadg’a har kim bo’lsa ul bedorroq.


Har nimag’a g’am yema – g’am ko’pturur,

Aysh bila o’zni ovutmoq kerak.


O’zungni shod tutqil, g’am yema dunyo uchun zinhor –

Ki, bir g’am yemakka arzimas dunyoi farsuda.

Boburning aqidasi va hayotiy tajribasiga ko’ra har kim qilmishidan topadi: yaxshi odam yomonlik ko’rishi mumkin emas, yomon kimsaga esa yaxshilik hayf; xuddi shunday vafo qilgan vafo ko’radi, jafo qilgan jafo. Bu fikrlar uning she’riy hikmat darajasiga ko’tarilgan quyidagi ruboiysida o’zining yorqin ifodasini topgan:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonliq hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.

Albatta, Bobur buyuk salaflari ta’sirida, ularga ergashib, an’anaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham ko’plab she’rlar bitgan. Chunonchi:

Kim Hizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida?

Kim Masih alfozidin degay kaloming borida?

Hizr – yer ostidagi obi hayot – tiriklik suvini izlab topgan va undan ichib, abadiy hayotga noil bo’lgan payg’ambar. Navoiyning yozishicha, Tangri taolo Hizrga ilmi ladunni ato etgan bo’lib, hayvon suvi, Hizr suvi deganda shu narsaga ishora qilinadi. Laduniy ilmga say-harakat bilan yetib bo’lmaydi, u Olloh tomonidan o’zi xohlagan bandalariga beriluvchi ilohiy ilmdir. Ma’lum bo’ladiki, Hizrning abadiy hayot sohibi ekanligi ham aslida uning ilohiy ilmlar egasi bo’lganligi bilan izohlanadi.

Iso Masih (Iusus Xristos) – Nasroniylar dinining payg’ambari. Iso Masihning qo’li tekkan – silagan o’likka jon kirishi uchun ham al-masih - silovchi laqabi berilgan.

Mumtoz adabiyotda ma’shuqaning jonbaxsh labini – obi hayotga, labi atrofidagi mayin tukchalar, ya’ni xatini – obi hayot chashmasi tegrasidagi maysaga, qora sochlarini – obi hayot chashmasi yashirin zulmatga o’xshatish bir an’ana tusini olgan. Nafasi oshig’iga hayot bag’ishlaydigan ma’shuqa esa o’likni tiriltiradigan Iso Masihga nisbat beriladi.

Yoki:


Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri qotildur, ne g’am,

Lablaridin sharbati yuhyil-izoming borida.

Bu yerda g’ayr – begona. Begona - tariqat yo’liga kirmagan, sayru sulukni o’tmagan kishi. Lab – so’fiylar islohotida ma’naviyat olamidan anbiyoga malaklar vositasida, avliyoga esa ilhom orqali nozil bo’ladigan kalom. Shuningdek, pirning ilohiy ma’rifatga kon so’zi va bu jonbaxsh kalomning mazmuni ham ko’zda tutiladi. Yuhyil izom – suyaklarni tiriltirish.

Baytning mazmuni: “Ey ko’ngil, ma’shuqaning lablaridan (hijron g’amidan o’lgan jismingga) qayta jon baxsh etuvchi sharbatni totar ekansan, begonalarning zahri qotil kabi so’zlaridan tashvishlanmasang ham bo’ladi”. Yoki: “Ey ko’ngil, sen ilohiy ma’rifat fayzidan bahramand bo’lar ekansan, bu ishqdan bexabar g’ofil olomonning past –baland gap –so’zlariga parvo qilma”. Yana: “Ey ko’ngil, piri komilning ilohiy ma’rifat sirlaridan xabar beruvchi jonbaxsh kalomi turganda har turfa johil kimsalarning ta’na – malomatlariga e’tibor berma” .

“Boburnoma”da 50 dan ortiq o’rinda turli munosabat bilan forsiy misra, bayt, fard, qit’a, ruboiy va ta’rixlar keltiriladi. Ular orasida Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, , Sayfi Buxoriy, Shayxim Suhayliy, Vafoiy, Hasan Yaqubbek, Boysung’ur, kamoliddin Binoiy, Mullo Muhammad Tolib, Kichik Mirzo, G’aribiy, Muhammad Husayn, Xoja Kalon kabi shoirlar ijodidan keltirilgan namunalar bilan bir qatorda, turli vaziyatlar taqozosi bilan muallifning o’zi tomonidan badiha tarzida aytilgan ko’plab forsiy bayt, qit’a va ruboiylar ham berilgan. Istanbulda saqlanayotgan devonidagi forsiy she’rlari bilan birgalikda olsak, Boburning forsiy merosi ham salmoqligina ekani ma’lum bo’ladi.

Boburning fors-tojik tilidagi deyarli barcha mashqlari badiha tarzida qog’ozga tushganida qaramay, ular Boburga xos uslub ravonligi, fikr yorqinligi, mazmun teranligi, qo’llangan so’zlarning sodda va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, quyidagi fardida u birovni ranjitish, ko’ngliga ozor berishni qoralab, dilozor kishi agar huru farishta bo’lsa-da, dilimga ozor yetkazar ekan, undan bezorman, deydi:

On dilozore, ki boshad dar dil ozoram az o’,

Filmasal, huru pari boshad, ki bezoram az o’.

Shoir fors-tojik tilini shunchalik yaxshi bilganki, hatto ba’zi she’rlarida irsoli masal tarzida xalq maqollaridan ham mahorat bilan foydalaniladi:

Base asboni tozi monda log’ar,

Shuda gavoni nohinjor farbeh.

Chi boyad kadr kori dahri dunro:

“Jave tole zi xarvore hunar beh!”

Mazmuni: “Qanchadan –qancha uchqur otlarga et bitmagan holda, farosatsiz ho’kizlar semirib ketdi. Bu tuban dunyo ishini nima qilsa bo’ladi: bir dunyo fazlu hunardan bir zarra tole afzal!”

Bobur o’zining ilk forsiy g’azalini 11 yoshida yozgan – u quyidagi matla’ bilan boshlanadi:

Hech kas chu man xarobu oshiqu rasvo mabod,

Hech mahbube chu tu berahmu beparvo mabod.

Mazmuni: “Hech kim men kabi xarobu oshiqu rasvo bo’lmasin, xech bir mahbuba sen kabi berahmu beparvo bo’lmasin”.

Ma’lumki, Boburning naqshbandiya tariqati va uning pirlariga ixlos-e’tiqodi baland edi. Bu tariqatning o’sha paytdagi shayx ul- mashoyixi Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy otasining iltimosiga ko’ra unga nom qo’ygan, uning xalfasi Mavlono Muhammad Qozi Bobur xonadonining piri edi. Mavlono Qozining xalfasi, “naqshbandiya tariqatining balandparvoz shahbozi” Mahdumi A’zam esa unga pir maqomida edi. Bobur Hindistonni qo’lga kiritib, ulkan mamlakat va behisob boylikka ega bo’lganidan keyin barcha qarindosh –urug’lari qatori, Mahdumi A’zamga ham bir bo’lak oltin quymasini niyoz tariqasida yuborib, o’z maktubida quyidagi qit’ani ilova qilgan:

Dar havoi nafsi xud umr zoe kardayem,

Peshi alhulloh az atvori xud sharmandayem.

Yak nazar afkan ba so’I mo, ki az rohi vafo

Hojigiro mondayemu xojagiro bandayem.

Mazmuni: “Gumroh nafs ko’yida umringizni zoye qildik. Buning uchun Ollohning xos bandalari oldida uyatlmiz. Biz tomong’a bir nazar sol: vafo yo’lida xojalikni tashlab, xojalikka bandamiz”.

Mahdumi A’zam tariqati, ya’ni naqshbandiya xojagon – xojalar deb ham yuritiladi. Xoja so’zining rahnamo, sohib, xo’jayin degan ma’nolari ham bor. Bobur shundan foydalanib, so’z o’yini qilgan: Olloh oldida hammaning qullugini anglab, birovlarning ustidan egalik – xojalik qilishini tashlaganmiz, lekin xojalar tariqatiga qullikni bo’ynimizga olganmiz.

“Boburnoma”da shoirning o’zi birinchi tugal g’azalini 18-19 yoshlarida, ya’ni hijriy 907 (milodiy 1501-1502) yilda yaratilganligini qayd etib, uning matla’ baytini keltiradi:

Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,

Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.

Ammo uning shoir sifatidagi ijodiy faoliyatini xuddi shu yil va har jihatdan yetuk shu g’azaldan boshlash, bizningcha, to’g’ri bo’lmaydi. U o’z ijodiy faoliyatini ancha avval boshlagan va 1500 yillarga kelibroq, shoir sifatida shuhrat tuta boshlagan, deb o’ylaymiz. Xuddi shu yillarda Binoiyning homiylik istab Boburning qoshiga kelishi, unga she’riy “ariza”lar bilan murojaat qilishi ham shundan darak beradi. Navoiyning Bobur nomiga maxsus maktub yo’llashini ham Boburning shoirlik faoliyati bilan bog’liq, deb tushunishga moyilmiz.

Bobur hajman kichik, ammo har jihatdan barkamol she’riy meros qoldirgan. Hozircha uning o’zbek tilidagi 120 g’azali, 210 ga yaqin ruboiysi, shuningdek, o’ndan ortiq tuyuq va qit’alari, ko’plab fard va ellikdan ortiq muammolari aniqlangan. Shoirdan she’riy maktub tarzida bitilgan bir necha masnaviylar ham saqlanib qolgan. “Boburnoma”dagi qator she’riy parchalar muallifning tojik tilida ham muvaffaqiyatli qalam surganidan darak beradi.

Keyinchalik “Boburnoma”da butun ko’lami bilan ko’ringan yetakchi xususiyat – o’z holati va kechirmishlarini, kayfiyati va taasurotlarini, shodlik va tashvishlari, intilish va orzularini bayon etish – Boburning ilk g’azal va ruboiylaridayoq to’la –to’kis yuzaga chiqqan. Badiiy so’zga, she’riyatga Bobur o’zligini, o’z ruhiy olamini “ochish” vositasi deb qaragan. Xuddi shuning uchun ham muallif shaxsiy hayoti lavhalari hamda uning real ruhiy kechinmalari bilan bevosita bog’liqlik Bobur lirikasining xos belgisi darajasiga ko’tarilgan. Asarlarning ana shu yetakchi xususiyatini uning o’zi alohida ta’kidlab o’atdi:

Har vaqtki, ko’rgasen mening so’zimni,

So’zumni o’qub anglagaysen o’zimni.

Ayni zamonda shuni aytish kerakki, ayniqsa, g’azallaridagi “men” bilan tarixiy shaxs Bobur o’rtasida to’la muvofiqlik va aynanlik belgisini also qo’yib bo’lmaydi, chunki lirika, aytaylik, “Boburnoma”dan farqli o’laroq, sof badiiy asardir. Shubhasiz, bu o’rinda ham lirik “men” o’zida tarixiy “men”ni ham jamlaydi, ammo, ayni zamonda, tarixiy “men”dan afzalroq, yuksakroq, barkamolroq ko’rinadi; u shafqatli, olijanob, pokiza qalb shaxs; u sevgi-sadoqatni ulug’lovchi, visol onlaridan shodmon va hijron azoblaridan o’rtangan oshiq. Biz lirikada fotih Boburni emas, balki inson Boburni, g’olib hukmron tantanasi yoki mag’lub sarkarda fojiasini emas, balki oddiy shaxsning sevgi quvonchi va oshiq yurakning alam-sitamini kuzatamiz, mamlakatdan, boylik va fuqarosidan ajralgan shohning dardu hasratini emas, balki taqdir aybi bilan uzlatga tushgan kishining ohu nolasini eshitamiz; eng yetuk g’azallarida qo’ldan ketgan viloyatlar va shonu shavkatni qumsovchi taxt da’vogari emas, balki yurtga intiluvchi, tong nasimi orqali unga samimiy salomlar yo’llovchi vatanjudoni ko’ramiz; doimo qirg’in jangu jadalga shay sheryurak shoh bilan emas, balki sevimli ma’shuqa oldida batamom ojiz va itoatkor banda bilan, go’zallik va nafosat shaydosi, musiqa va she’riyat muxlisi bilan uchrashamiz va hokazo. Chindan ham, lirik “men”i feodal hukmdorlar ustidan qozonilgan harbiy zafar yoki istilo etilgan o’lkalar emas, balki ma’shuqa iltifotiga sazovor bo’lish, uning visoliga erishish quvontiradi, vafodor yor bilangina u o’zini baxtli hisoblaydi:

Shukrilillah, aysh yuzlandiyu mehnat qolmadi.

Yetti ayyomi visolu shomi furqat qolmadi.


Yuzlanib amnu farog’at, g’ussayu g’am bo’ldi daf,

Ayshu ishrat keldiyu ranju mashaqqat qolmadi.

Mehnati hijronki, andin chok-chok erdi ko’ngul,

Bo’ldi rohatqa mubaddal – ul jarohat qolmadi…

Bobur g’azallaridan birida yashamoqning ma’nosini ochishga intilgandek bo’ladi, “ jahonning ishrati nimada?” degan savolga javob axtaradi. Xo’sh, inson nimada qoniqadi, qanday hayotga intilish kerak? Toat –ibodatgami? Qirg’in urushlar yoki o’lkalar zabtigami? Boylik to’plash yoki shohona maishat, shonu shavkatmi? “Yo’q”, deb javob beradi shoir. Ayniqsa, shu g’azalda lirik “men” o’ta madaniy, baland, didli, pokiza qalb sohibi, to’la hayotsevar, do’stparvar va yuksak orzuli shaxs sifatida gavdalanadi:

Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,

She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.

Lirik qahramon hayotning ma’nosini ana shu sof insoniy intilishlarda, ezgu istak va go’zal orzularda ko’radi:

…Gar bu uch ishni muvofiq topsang ul uch vaqt ila,

Mundin ortuq bo’lmag’ay, Bobur jahonning ishrati.

Bu g’azal o’tmish she’riyatimizdagi eng ilg’or an’analardan beri – haytosevarlikni, real dunyoni birdan –bir va naqd deb tushunib, uning go’zalliklaridan, tabiat ko’rkamliklaridan bahramandlikni, tirik insonni qadrlashni juda ta’sirchan bir shaklda targ’ib etadi. Ko’rinib turibdiki, garchi shikoyat motivlari katta o’rin tutsa-da, hayotsevarlik, nekbin, ko’tarinki ruh Bobur lirikasi uchun aslo begona emas.Shoir hayotdagi ijobiylikni ham ko’radi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanadi, lolaga burkangan dashtlarni madh etadi, “bahor faslida dalalarning latifu dilkash”ligidan yuragi jo’sh urib, “sayr etishga” da’vat qiladi. “Gar ilikdin kelsa bir damni kechurmang g’am bila” degan shoir, turmush qiyinchiliklarini yengib, real dunyodan lazzatlanishga, tiriklik nashidasini surishga undaydi:

Davron g’amin barbod qil, ishrat uyin obod qil,

Jonu ko’ngulni shod qil ovozi changu nay bila.

Hayotsevar Bobur lirikasida romantik ruh bilan ham qorishib ketadi. Bunday holat shoirning ko’pgina g’azallarida, jumladan, “Yoz fasli” so’zlari bilan boshlanuvchi g’azalida ko’zga yaqqol tashlanadi.

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi qoldimu?

Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu? –

deya o’z zamonasi va taqdir norasoligidan faryod chekkan lirik qahramon o’sha mashaqqatli hayotdan, turmush uqubatlaridan yuqori ko’tarilishga intiladi, romantik orzular og’ushiga otiladi.

Ammo shu aniqki, Bobur lirikasida achchiq taqdir zarbalaridan shikoyat, falak jabru jafosi, davron g’amu g’ussasidan nola, zamona va ahli zamonadan fig’on ustunlik qiladi. Lirik qahramon o’zini ta’qib –tazyiq ostida ezilgan his etadi, uning “tolei past, baxti uyqulik”. Aslida shoir ijodining boshlang’ich davridayoq bu mavzuning chuqur ishlana boshlaganini ko’ramiz. “Topmadim” radifli (va shoirning o’zi birinchi deb ko’rsatgan) g’azal shundaydir. Yoki u bilan deyarli bir vaqtda bitilgan:

Kim ko’rubdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,

Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’,-

matlali g’azalini eslaylik. Ba’zan esa tushkun kayfiyat ham seziladi, umuman insonlardan yyuz o’girish, tarkidunyochilik ohanglari ham ko’rinadi:

Jahon eliyu jahon – barcha gar adam bo’lsa,

Adam yo’lini tutay zarra manda g’am bo’lsa!

Xarakterliki, bunda shikoyat va nola tez orada g’urbat motivlari bilan, g’ariblik hissi bilan chatishiv ketadi hamda yanada o’tli, yanada ta’sirchan ruh egallaydi.

Shu munosabat bilan bir muhim masalaga aniqlik kiritish lozim ko’rinadi. Tadqiqotchilar ona yurtni qo’msash, unga talpinish hamda g’ariblik azoblaridan hasrat ohanglari uchraydigan har bir g’azal, ruboiy yoki qit’ani yoppasiga Bobur ijodiy faoliyatining Afg’oniston yoki Hindiston davrlari bilan bog’laydilar, o’sha o’lkalarda yozilgan, deb hisoblaydilar. Aslida esa bunday emas. Gap shundaki, Bobur tushunchasida, kindik qoni to’kilgan, keyinchalik o’zi hokim bo’lgan Andijonning qo’ldan ketishi (1498 y.) vatanjudolikning, o’z ta’biri bilan aytganda, “jaloi vatan bo’lmoq”ning boshlanishi bo’lgan.

Boburning ijodiy faoliyati xuddi shu yillarda boshlanganini hisobga olsak, g’urbatdan, g’ariblik uqubatlaridan faryod, darbadar hayotdan shikoyat ilk asarlaridayoq yuzaga chiqish sabablari ravshanlashadi.

Birgina misol:

Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,

Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.
Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh.

G’urbatda sevinmas emish albatta kishi.

Boburning o’zi guvohlik berishicha, bu ruboiy Toshkentga kelishiga qadar (1501 y.) yaratilgan. Shubhasiz, bu motiv keyinchalik Movarounnahrni tark etib, afg’on va hind mulklariga ketishga majbur bo’lganida yanada kuchaydi, alohida hasratli mazmun kasb etdi. Endilikda vatan tushunchasi ham, g’urbat va g’ariblik tushunchalari ham kengayadi, konkretlashadi. Shoirga ona yurtda qolgan do’stu yor, xeshu aqrabolar va hatto tug’ilgan o’lka tabiati, nozi ne’mati Vatanni eslatadi, uning bir bo’lagi sifatida sog’inch bilan orzu etiladi, ardoqlanadi. Yurakdan orziqib, kuyinib, yozadi shoir:

Qovun birla uzumning hajrida ko’nglumda g’am har so’,

Oqar suvning firoqidin ko’zimdin har dam oqar suv.

Bobur g’azallarining asosan ko’pchiligi shaklan yetuk, badiiy jihatdan barkamoldir. Xalq jonli tilidan keng foydalangan shoir juda ravon, kishi dilini qitiqlovchi sho’x misralar bitadi, esda qoluvchi obrazlar yaratadi. She’riyat nazariyasini, xususan, aruz qonun-qoidasini butun nozikliklari bilan egallagan shoir g’azal va ruboiylari nihoyatda yengil o’qiladi, tinglovchiga zavq-shavq bag’ishlaydi. O’rinli ishlatilgan xalq iboralari, turli-tuman so’z o’yinlari, chiroyli tashbih va tajnislar, bayonning o’ta samimiyligi shoir lirikasi alohida fayz baxsh etadi:

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,

Tiyra bo’ldi ro’zgorim ul qaro qoshdin yana.

Yoki

Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen,



Ne kun bo’lg’ay visolingga mane dilxasta etgaymen

matlali g’azallari kabi o’nlab g’azallarining o’tmish she’riyatimizning eng yaxshi namunalari qatoridan o’rin olishi, hofizlar tomonidan kuylanishi bejiz emas. Shoirning mana bu misralari esa sof xalq qo’shiqlari ruhida yozilgan bo’lib, muallifning xalq ijodidan unumli foydalanganligiga aniq ishora etadi:

Yor qadrin bilmadim – to yorqin ayrilmadim,

Yor qadri muncha ham dushvor ekandur, bilmadim.

Bobur lirikasida ma’shuqa obrazi katta mahorat bilan chizilgan. Shoir tasvirida u nihoyatda, suluv, jozibali, zebo. Shunisi, muhimki, Bobur ma’shuqani faqat tashqi ko’rinishidangina emas, ma’naviy jihatdan ham, axloqan ham go’zal va barkamol sifatida tasvirlaydi: xuddi shu fazilatlari bilan ham u lirik qahramonni o’ziga maftun etadi, uning muhabbati, hurmatini qozonadi:

Ne xulq edi, yona ko’nglum olding so’z ila,

Shirin so’zu yaxshi xulqingga banda bo’lay.

Ayni zamonda, lirik qahramon o’qimishli, yuksak didli, “xush tab”, ruhan boy yorni orzu qiladi. Bu jihatdan, quyidagi misra diqqatga sazovor:

Yor uldurki, she’rga mayli bo’lsa.

Bobur she’larining hayotiyligi ularning hayot qozonining ichida turib ijod qilinganligidir. U bir umr odamlar orasida yashadi, qizg’in faoliyat bilan band bo’ldi. Hatto ijod uchun xilvatga chekinishga ham hamisha vaqt topavermagan. Shuning uchun bu she’riyatda kurashchan ruh ustuvor. Umri kurashda o’tgan shoirning she’ri boshqacha bo’lishi ham mumkin emas. Albatta, unda umri ilmu ijod qilib, toju taxt tashvishida o’tayotganidan shikoyat qilish, o’z faoliyatidan qoniqmaslik tuyg’ulari, mag’lubiyat onlaridagi tushkunlik motivlari uchraydi. Lekin, bir butun olganda, Bobur she’riyati nekbin va kurashchan she’riyat.





Download 454 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish