Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar. Oktabr to'ntarishidan keyin dastlabki
davrlarda vijdon erkinligi masalasini, ya'ni davlat va din o'rtasidagi yangi munosabatni izchillik bilan
amalga oshirishga harakat qilindi. Bu sohada 1918 yil 23 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi
tomonidan e'lon qilingan «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g'risida»gi dekret
dastlabki qadam bo'ldi. Bu dekretda davlat organlari yoki diniy tashkilotlar tomonidan fuqarolarning
vijdon erkinligiga zo'rlik va tazyiq ko'rsatishning har qanday ko'rinishlariga chek qo'yish; ularga dinga
bo'lgan munosabatlarini amalga oshirishda to'la erkinlik berish; dinga munosabat bilan bog'liq bo'lgan
shaxsning huquqlarini ilgarigidek cheklab ko'yishlarni bekor qilish; hamma rasmiy aktlarda dinga
bo'lgan mansublik shartlarini olib tashlash asosiy maqsad ekanligi qayd qilingan edi. Diniy
tashkilotlarga o'z funksiyalarini to'la amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi
lozimligi alohida uqtirib o'tilgan. Shunday qilib, dekret asosida har bir kishiga xohlagan dinga e'tiqod
qilish yoki e'tiqod qilmaslik huquqi berilgan. Dekret Sovet davlatining dinga nisbatan munosabati negizi
bo'lib, uning asosiy g'oya va prinsiplari ittifoqdosh respublikalar Konstitusiyalari va shu sohadagi
qonunlarida o'z ifodasini topgan va keyinchalik bularni rivojlantirishga xarakat qilingan. Jamiyatda yuz
bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o'zgarishlar. Millionlab mehnatkashlarning bundan
buyongi turmush tarzida ularning dunyoqarashlariga, ma'naviy hayotiga ham sezilarli ta'sir etgan.
Hayotni qayta qurish, madaniy inqilobni amalga oshirish, odamlarni eskilik sarqitlaridan xalos qilish
va shu kabi shiorlar ostida va ko'pincha ma'muriy va o'zboshimchalik yullari bilan minglab cherkov,
masjid, ibodatxonalar, madrasa, seminariya, akademiyalar yopib qo'yildi, din peshvolari, ruhoniylar va
ko'pgina dinga ishonuvchilar qatag'on qilindi.
Bunday muhim jarayonlar ayniqsa chekka o'lkalarda, shu jumladan O'rta Osiyoda g'oyat keskin va
dahshatli tus oldi. Birgina O'zbekiston hududida 24 mingdan ortiq masjid yopildi, ularning binolari
bo'zilib tashlandi. Mahalliy aholi musulmonlari uchun aziz, muqaddas bo'lgan xalqning tarixiy va
madaniy merosi hisoblangan yuzlab obidalar, maqbaralar, masjidu madrasalar xarobalarga aylantirildi.
Toshkent shahridagi 26 madrasadan 1930 yilda 23 tasi bo'zib tashlandi. Dindorlik uchun odamlar
quvg'in qilindilar, ularning molu mulklari ayovsiz musodara etildi. Bunday qonunsizliklarga
chidolmayYU shahar va qishloq aholisidan anchagina qismi qo'shni mamlakatlar – Afg'oniston va
Sharqiy Turkiston (Uyg'uristonga) qochib ketishga majbur bo'ldi. Aholini «tezroq savodxon va ma'rifatli
qilish» bayrog'i ostida asrlar bo'yi xalqning madaniy boyligi, ma'rifat quroli, milliy g'ururi bo'lib kelgan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
arab alifbosiga asoslangan yozuv bekor qilinib, 11 yil ichida (1929-1940 yillarda) avval lotin, so'ng rus
alifbolari majburiy joriy etildi. Bu katta ma'naviy falokat edi. Albatta, chunki mahalliy xalqlar bu bilan
o'z o'tmishidan, boy tarixiy va madaniy merosidan, ajdodu avlodlari yaratgan boyliklardan mahrum
bo'lishga mahkum etildi. qadimiy madaniyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan zamin, dunyoga mashhur olimu
mutafakkirlar yetishtirib bergan xalqlar endi «savodsiz», «qoloq», «madaniyatsiz» ga chiqarib qo'yildi.
Agar 1984 yilda mamlakat bo'yicha hammasi bo'lib 7 ta musulmon uyushmasi ro'yxatdan o'tkazilgan
bo'lsa. Keyingi to'rt yil mobaynida jami bo'lib butun mamlakat bo'yicha 18 masjid ochildi, xolos. Ammo
buning natijasida dindorlik kamaygani yo'q. Din mahalla, xonadonlar, kishilar qalbiga, ichki dunyosiga
yanada chuqurroq kirib boraverdi. Ruxsat etilmagan ibodatxonalar, masjidlar, «maxvfiy» diniy
maktablar soni ko'payaverdi. Shunday qilib, dinga nisbatan qo'llanilgan ko'p yillik ma'muriy-zo'ravonlik
siyosati vijdon erkinligi tamoyillarini qo'pol ravishda buzdi, butun jamiyatga, shu jumladan
O'zbekistonga juda katta zarar keltirdi. Faqat mustaqillik sharofati bilan yuqorida qisqacha tavsiflangan
ma'muriy ateizmga va qonunbuzarliklarga barxam berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |