Yangi tahrirdagi vijdon erkinligi qonuniga kiritilgan yangiliklar asosan quyidagilardan iborat:
birinchidan, yoshlarga diniy ta'lim berish xususidagi huquqlarni muhofaza qilishga e'tibor qaratilgan.
Qonunning 3-moddasidagi, 2-qismida bunday deyilgan: «Voyaga yetmagan bolalarni diniy
tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi
shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o'qitishga yo'l qo'yilmaydi». Shu munosabat bilan O'zbekiston
Respublikasining Jinoyat Kodeksining 145-moddasida voyaga yetmagan bolalarni shunday qonunga
zid tarzda dinga o'qitish – eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud uch yilgacha ozodlikdan mahrum
etish bilan jazolanishi ko'zda tutilgan.
-
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Uning tizimining
o'quv dasturiga diniy predmetlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi degan dastur qonunning 7-
moddasiga qo'shib qo'yilgan.
-
Uchinchidan, diniy ta'lim maxsus o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Diniy tashkilotlarning
Markaziy boshqaruv organlari, ruhoniylar va o'zlariga zarur bo'lgan diniy xodimlar
tayyorlash uchun diniy o'quv yurtlari tashkil etishga haqlidir;
-
Turtinchidan, dindan saboq beruvchilar, murabbiylar tegishli puxta bilimga va uni o'qitish
haqidagi maxsus ruxsatnomaga ega bo'lishi shart;
-
Beshinchidan, qonun xususiy tartibda ta'lim berishni man etadi (9-modda). Bu qonunni
buzganlar uchun O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning
241- moddasida muayyan jazo belgilangan.
-
Oltinchidan, vijdon erkinligi to'g'risidagi 1991 yildagi qonunning 13-moddasida diniy
tashkilot yuridik shaxs huquqiga ega bo'lishi uchun uni tuzgan, kamida un kishidan iborat 18
yoshga to'lgan fuqarolar Adliya Vazirligining shu diniy tashkilot faoliyat ko'rsatish nazarda
tutilgan hududdagi idorasiga Nizomni ilova qilib ariza topshiradilar, deb ko'rsatilgan edi.
Yangi tahrirdagi qonunga binoan esa diniy tashkilot O'zR ning 18 yoshga to'lgan va respublika
hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo'lmagan fuqorolar tashabbusi bilangina to'ziladi.
-
yettinchidan, diniy tashkilotlar O'zR si Adliya Vazirligida yoki uning joylardagi organlarida
ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda o'z faoliyatini amalga oshiradi (8-moddaning 5-qismi).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Diniy tashkilot Nizomi davlat qonunlariga zid bo'lmasligi kerak. Agar diniy tashkilot Nizomi
qonuniy hujjatlariga zid bulsa, diniy tashkilotning ushbu Nizomi ro'yxatga olinmaydi va o'zining
faoliyati ta'kidlanib, tarqatiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov «biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, ahloqiy va
ma'naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz»,- deb
ta'kidladi.
Yurtboshimizning bu ulug'vor fikrlari barcha fuqarolar uchun dasturulamal bo'lishi lozim. Mustaqil
O'zbekistonda din va e'tiqod erkinligi konstitusion kafolatlanganligini doimo yodda tutishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |