hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash ularga shaxsiy va ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topishda yordam
beradi. Bunday yo'l topa olmagan kishilar o'zlarini qiyin ahvolga solib qqo'yadilar. Haddan tashqari chetga
Dinda umuminsoniy qadriyatlar juda ko'p. Hozirgi zamon ruhoniylari ham dahriylar kabi unutgan bu
qadriyatlarni tiklamoqdalar; zamona ehtiyoji va manfaatlariga xizmat qiladiganlarni qayta tilga
Hozirgi diniy uyushmalar rahbariyatining xalq ommasi, jumladan oddiy dindorlar orasida hurmat va
obro'ga tobora ko'proq ena bo'lib borayotganligining o'z sabablari bor. Bulardan biri, ular dunyoviy bilim,
ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat, e'tiqod va imonni tan olib,e'tirof etmoqdalar.
Hozir oliy islom o'quv yurtlarida 19-20 turdagi fanlardan dars o'tilib, imtihon olinadi. Bu o'quv
predmetlarining yarmidan ko'pi dunyoviy bilimlar ekanligi hammamizga ma'lum. Bu hol hozirgi zamon
ruhoniylarining ilm-fandan iborat qadriyatlarga har qachongidan ham katta e'tibor berayotganliklarining
ishonchli, diqqatga sazovor dalilidir. Yana bu – Muhammad (s.a.v.)ning «Ilmga nisbatan go'yo cho'pon kabi
posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo'lmanglar», «Ilm o'rganish har bir mo'min uchun
farzdir», «Shahid qonidan ko'ra olimning siyohi muqaddasdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» - degan da'vatu
hikmatlariga hozirgi zamon din ahllari sobitqadamlik bilan amal qilmoqdalar. Biz ham ularni targ'ib
qilamiz.
Islomning muhim talablaridan biri har bir inson imonli, e'tiqodli bo'lishi lozimligidir.
Biz xalqimizning diniy e'tiqodini endi g'oyat hurmat qilamiz, uni umuminsoniy ma'naviy madaniyatning
uzviy qismi, deb qadrlaymiz. Chunki hozirgi diniy ta'limotda birinchi navbatda insoniy elementlar ustun
turadi.
Hadislardagi da'vat, pand-nasihatlarning hozirgi zamon bilan hamohang bo'lgani, ayniqsa
mamlakatimizdagi turli millatlar orasida noxush voqealar yuz berib turgan davr taqozosiga muvofiq
keladigan odamlarni do'stliq hamkorlikka chaqiriqlardir. Hadislarning birida «Salomlashib yuringlar,
odamlarga taom yediringlar… uzaro birodar bo'linglar» deyilgan. Ularning yana birida, «Mo'minlar uzaro
do'stlashishda, rahm-shafqatda va mehru-oqibatda go'yoki bir tananing a'zolaridir. Uning biror a'zosi
og'risa, unga qo'shilib qolgan a'zolari ham bedorlik va og'riq bilan alam chekadi».
Hadislarda xayriya, ya'ni saxovat, muruvvat, shafqat, hadya, xayru sadaqa kabi masalalarga juda ko'p
o'rin va e'tibor berilgan. Ularning birida «sadaqa va xayru ehson qtltsh yuli bilan rizqu nasibalaringizga
baraka tilanglar», deyilsa, ikkinchisida, «Tangri g'am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do'st
tutadi» deb ta'kidlanadi; uchinchisida «ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko'ring va hojatmandning
hojatini chiqaring» deyiladi. Yana birida «bir-biringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi
va dildagi g'amliklarni yo'qotadi», degan da'vatlar, hikmatlar olg'a suriladi.
Shuni e'tirof etishimiz kerakki, dingina emas, balki ilm-fanning birgina o'ziyoq insonni yuksak fazilatli
qilishga qodir emas. Buning uchun ijtimoiy tuzum, moddiy omil, iqtisodiy zamin, ahloqiy tarbiya, boy
ma'naviy hayot va hokazolar mavjud bo'lishi kerak. Bunda dinning real qadriyatlari ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: