Dermatozlarni umumiy klinik belgilari va patomorfologiyasi, birlamchi va ikkilamchi morfologik toshmalar


Birlamchi va ikkilamchi morfologik toshmalar



Download 36,35 Kb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi36,35 Kb.
#266188
1   2   3   4   5
Bog'liq
DERMATOZLARNI UMUMIY KLINIK BELGILARI VA PATOMORFOLOGIYASI

Birlamchi va ikkilamchi morfologik toshmalar

Birlamchi morfologik elementlar

Birlamchi morfologik elementlar deb o‘zgarmagan terida kasallikning dastlabki davrlaridayoq paydo boiadigan toshmalarga aytiladi. Birlamchi elementlar paydo boiish mexanizmiga, yalligianish davriga (alteratsiya, ekssudatsiya, proliferatsiya) qarab, shartli darajada ikki guruhga ajratiladi: birlamchi proliferativ morfologik elementlar: dog‘ (macula), tuguncha (papula), do‘mboqcha (tuberculum), tugun (nodus) hamda birlamchi ekssudativ morfologik elementlar: pufakcha (vesicula), pufak (bulla), yiringcha (pustula) va bo‘rtma yoki qavarchiq (urtica) farqlanadi. Dog‘ (macula) - terining chegaralangan rang o‘zgarishi boiib, u teri sathidan ko‘tarilib turmaydi va paypaslanganda sezilmaydi. Dog‘ning kelib chiqish sabablariga qarab, qon tomirli, pigmentli, sun’iy turlarga va yalligiangan va yalligianmagan dogiarga ajratiladi (10-rcism). Qon tomirga aloqador dogiar qon tomirlarning vaqtincha reflektor kengayishi, yalligianishi yoki uning jarohati hisobiga kuzatiladi. Yalligiangan qon tomirli dogiarga rozeola va eritema kiradi. Rozeola - oichami 1 santimetrgacha (eritema esa 1 sm dan kattaroq), qon tomirlarining vaqtincha kengayishi natijasida paydo boigan pushti-qizil rangli dog4 Uni buyum oynasi bilan bosib ko‘rilsa (diaskopiya), yo‘qoladi, bosim to‘xtatilsa, qaytadan paydo boiadi va subyektiv achishish, qichishish, kam hollarda esa og‘riq bezovta etishi mumkin. Keyinchalik ustki qismida kepaklanib turadi yoki birdan yo‘qolib ketadi. Bu toshmalar dermatit, zaxmning ikkilamchi davrida va boshqa kasalliklarda uchraydi. Yalligianmagan dogiarga qon tomirlarning patologik kengayishi, jarohati yoki o‘tkazuvchanligi o‘zgarishi natijasida paydo boigan dogiardan tashqari, pigmentli va sun’iy dogiar kiradi. Qon tomirlar o‘tkazuvchanligining ortishi yoki tomirlar jarohati oqibatida paydo boiuvchi dogiar gemorragik dog 4ctr deb ataladi va bular diaskopiyada yo‘qolmaydi hamda vaqt o‘tgach, rangi o‘zgarib boradi. Kattaligiga qarab gemorragik dogiar petexiya, purpura, ekximozlar deyiladi. Pigmentli dog'lar teri hujayralarida pigment melanin yo‘qolishi (depigmentatsiya yoki vitiligo), kamayishi (gipopigmentatsiya) yoki ko‘payishi (giperpigmentatsiya) natijasida paydo boiadi. Sun ly dog'lar teri orasiga bironta bo‘yoq yoki kimyoviy moddalaming kirib qolishi natijasida paydo boiadi. Sun’iy dogiar ko‘pincha turli kasb egalarida yuzaga keladi va «stigma», ya’ni professional belgi hisoblanadi. Tuguncha (papula) - bu birlamchi, proliferativ, bo‘shliqsiz, teri sathidan ko4arilib turadigan, kattaligi 1 sm gacha boigan yuza element boiib, epidermis va derm aning yuza qismida ro‘y beradigan patologik o 4zga- rishlar natijasida paydo b o ia d i. Vaqt o 4tib, o ‘zgarib soi*ilib ketadi va o 4rnida d o g 4 qoladi. T uguncha qipiqli tem iratki (psoriaz), qizil yassi temiratki va zaxm ning ikkilamchi davrida uchraydi (10-rasm). Do‘mboqcha (tuberculum ) - bu birlam chi, proliferativ, b o 4shliqsiz, teri sathidan k o ‘tarilib turadigan, kattaligi 1 sm gacha b o ig a n chuqur elem ent b o ii b , derm a qavatida patologik o'zgarishlar natijasida paydo b o ia d i. D o 4m b oq ch a keyinroq nekrozga uchrab yaralanadi va nihoyat, yara chandiq hosil qilib bitadi. A yrim hollarda d o 4m b oq ch a so'rilib, o ‘r n id a a t r o f ik c h a n d iq h o s il q ila d i. D o 4m b o q c h a teri sili (tuberkulyoz), moxov (lepra), leyshmanioz va zaxmning uchlamchi davrida uchraydi (10-rcism). Tugun (nodus) - bu birlamchi, proliferativ, bo'shliqsiz, teri sathidan ko'tarilib turadigan, kattaligi 1 sm dan to tuxumday, chuqur element bo'lib, derma va teri osti yog4 qavatida hosil bo4lib o4sadi. Keyinchalik tugun so4rilib atrofik chandiq yoki yaralanib, yara, chandiq hosil qilib bitadi. Tugun teri sili, moxov, yomon jarohat va zaxmning uchlamchi davrida uchraydi (12-13-rasm). Pufakcha (vesicula) -Ъи birlamchi, ekssudativ, bo4shliqli, teri sathidan ko4tarilib turuvchi, bo4shlig4ida seroz suyuqlik yoki qon saqlovchi, kattaligi 1 sm gacha bo'lgan yuza element. Pufakchaning po4stlog4i, tubi va ularning orasida suyuqlik bilan to‘lgan bo'shliq qismi tafovut etiladi. Keyinchalik pufakcha qurib, qaloq hosil qilishi yoki yorilib, eroziya paydo boiishi mumkin. Aksariyat hollarda vaqtinchalik pigmentli dog' hosil qilib yo'qoladi. Pufakcha har xil uchuq kasalliklarida (gerpes) uchraydi. Pufak (bulla) - bu birlamchi ekssudativ, bo‘shliqli, teri sathidan ko'tarilib turuvchi, oichamlari 1 sm dan katta boigan yuza element. Pufak - pufakchadan faqat kattaligi bilan ajralib turadi. Pufak seroz suyuqlik saqlab, so4ng o'zidan qaloq, eroziya va pigmentli dog4 hosil qiladi. Bu toshma dermatitlarda va po4rsildoq yara kasalliklarida uchraydi (II-rasm). Yiringcha (pustula) - bu birlamchi, ekssudativ, bo4shliqli, teri sathidan ko'tarilib turuvchi, bo4shlig4ida yiring suyuqlik saqlovchi, yuza yoki chuqur element bo'lishi mumkin. Yiringcha soch follikuli atrofida yoki epidermisning yuza va chuqur derma qavatlarida joylashib, keyinchalik yorilib, o‘z o‘rnida eroziya yoki yara, qaloq, pigmentli dog4 yoki chandiq qoldirishi mumkin. Bu toshma terining yiringli kasalliklarida va ikkilamchi zaxmda uchraydi (12-rcism). Bo^rtma yoki qavarchiq (urtica) - bu birlamchi ekssudativ, teri sathidan ko‘tarilib turadigan, bo‘shliqsiz, tez paydo bo‘lib, tez o‘tib ketadigan hujayralar ichidagi shish hisobiga vujudga keladi. 0 ‘rnida hech qanday asorat qoldirmaydi va eshakem kasalligida, hasharotlar chaqqanda uchraydi.

Ikkilamchi morfologik elementlar



Ikkilamchi dog‘ - Pigmentli dog6 (pigmentatio, depigmentatio) hamma birlamchi toshmalardan keyin ular o‘rnida paydo bo‘lishi mumkin. Pigmentli dog‘ teri melanin pigmentining vaqtincha biror sohada to‘planishi, yo‘qolishi yoki kamayishi hisobiga paydo bo‘ladi. Pigmentli dog‘lar terining asl rangiga nisbatan to‘q (giperpigmentatsiya) yoki oqroq (gipopigmentatsiya) bo‘ladi, ayrim hollarda esa terining bir qismida umuman pigment yo‘qoladi - bu vitiligo yoki depigmentatsiya deyiladi. Kepaklanish [qipiqlanish] (Squama). Terining muguz qavati hujayralarining rivojlanish natijasida po‘st tashlab, ajralib ketishi fiziologik hodisadir. Ba’zi bir kasalliklarda me’yordan ortiq kepaklanish yoki qipiqlanish holati uchraydi. Kepaklar turli rangda va o‘lchamlarda bo‘lib, shu belgilariga, asosan unsimon, kepaksimon, plastinkasimon kepaklanishlar tafovut etiladi va ularning yirik plastinkasimon ko'chishi eksfoliativ kepaklanish deb ataladi. Kepaklar ham birlamchi rivojlanishi mumkin: qazg4oqlanish, yumshoq leykoplakiyada, eksfoliativ xeylitda parakeratotik kepaklar yuzaga keladi. Ixtiozda esa giperkeratotik kepaklar hosil bo‘ladi. Eroziya, shilinish (erosio) - teri, shilliq pardalar yoki lab qizil hoshiyasining yuza, epidermisdagi yuzaki defekti hisoblanib, shu sababli ular izsiz bitadi. Eroziya birlamchi bo‘shliqli elementlar - pufak, pufakcha, yiringchalar po‘stlog‘i yorilishi natijasida hosil bo‘ladi. Yara (ulcus) terining chuqur defekti bo‘lib, uning tubi derma yoki gipodermada joylashadi. Shuning uchun yara doimo chandiq hosil qilib bitadi. Yaralar, asosan, do‘mboqcha, tugun yoki chuqur yiringchadan keyin yuzaga keladi. Yaraning chetlari va tubi farqlanadi. Yaraning o‘lchamlari, shakli, chuqurligi, chetlarining ko‘rinishi va tubi har xil bo‘lib, turli dermatozlarda o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo'ladi. Agar yakka joylashib, bir-biriga qo‘shilmagan do‘mboqcha yaralansa, diametri 0,5 sm gacha bo‘lgan yara hosil bo‘ladi. Tugun yaralansa, birmuncha katta va chuqur yara kuzatiladi. Yara chetlari o'yilgan, tubiga osilgan, tovoqsimon ko'rinishga ega bo‘lishi mumkin. Yara tubi va chetlari yumshoq yoki zich konsistensiyali bo'lib, tubi yiringli, nekrotik, yiring- qon aralash massa so‘rg‘ichsimon granulyatsiya bilan qoplangan bo'lishi, oson jarohatlanib qonovchi bo‘lishi mumkin. Chuqur yaralar suyakkacha borib, uni jarohatlashi mumkin. Yarani ko'zdan kechirayotganda nafaqat uning shakliga, balki o‘lchamlari yoki tubiga ham e’tibor berish kerak. Yara chetlarida ko'pincha asosiy patologik jarayon qoldiqlarining bo'lishi uning tubida xarakterli ajratmalarning borligi, yaraga olib kelgan jarayon haqida ma’lumot berishi mumkin (14-rasm). Yoriq (fissura, ragades) - terining qurib, elastikligining yo'qolishi hisobiga yuzaga keladigan teri butunligining buzilishi. Yoriqlar to'g‘ri chiziqli bo'lib, ko'p hollarda terining cho'ziluvchi sohalarida - burmalar, og'iz burchaklarida uchraydi. Agar yoriq yetarli darajada chuqur bo'lib, derma hatto gipodermani ham jarohatlasa, kuchli og'rib, yuzasi qonli qaloq bilan qoplanadi, bitgach esa, chandiq hosil bo'ladi. Yuza yoriqlar epidermis sohasidagina kuzatilib, qaloqlanmaydi va chandiqsiz bitadi (14- rasm). Qaloq (crusta) - pufakcha, pufak, yiringchalar ichidagi ekssudatlar qurishidan yoki eroziya, yaralar yuzasidagi ajratma qurishi natijasida kuzatiladi. Shu sababli qaloqlar seroz, qonli, yiringli bo'lib, teri sathidan ko'tarilib turadi. Yangi hosil bo'lgan qaloqlar yumshoq bo'lib, oson ko'chadi, ular ostida eroziya yoki yaralar kuzatiladi. Uzoq saqlangan qaloqlar qalin va qattiq bo'lib, ostidagi to'qimaga zich yopishgan bo'ladi. Qaloq rangi ekssudat xarakteriga bog'liq bo'lib, agar seroz ekssudatdan hosil bo'lgan bo'lsa, qo'ng'ir-sarg'ish qaloq, seroz-yiringli ajratmadan esa sarg'ish-ko'kimtir qaloq, yiringli ekssudatdan esa kir-qo'ng'ir yoki ko'kimtir qaloq, gemorragik ajratmadan esa qora qonli qaloq vujudga keladi. Qaloqlar qaliniigi turli xil bo'lib, ko‘p hollarda teridagi jarayonga hamda qaloqning qachon hosil bo‘lganiga bogiiq. Bir-biriga yopishgan, natijada qalinlashib, teridan ko'tarilib turuvchi qaloqlar r u p i ya deb ataladi. Qaloqning ko'rinishi, rangi, o'lchamiga qarab, u qanday birlamchi elementlardan hosil bo'lganligini aniqlash mumkin. Qaloqdan tashqari, kepakli qaloqlar ham tafovut etiladi, ular epidermis seroz ekssudatini shimib, bir-biriga yopishgan qaloqlardir. Qaloqlardan farqli o'laroq, kepakli qaloqlar sinmaydi, maydalanmaydi (15-rasm). Chandiq (cicartix) - derma, gipodermaning chuqur jarohatlanishi natijasida, yaraning bitishi oqibatida hosil bo'lgan yangi to'qima. Chandiq, asosan, kollagen tolalardan tarkib topadi. Chandiq yuzasidagi teri, odatda, tekis, yaltiroq bo'lib, teri o'z ko'rinishini yo'qotadi va soch follikulalari bo'lmaydi. Yangi chandiqlar rangi och-pushti bo'lib, keyinchalik oqaradi va ayrim hollarda chandiqlar giperpigmentli bo'ladi.

A yrim kasallik lard an so 'n g ch andiq yuzalari q atlam , g'ad ir-b u d ir, c h o ‘tir -c h o ‘tir, s o ‘r g ‘ic h s im o n b o 'ls a , a y r im la r i c h o 'n t a k s im o n ko'rinishda bo'ladi. Chandiq o'lcham lari va shakli har xil bo'ladi. A tro fik ch a n d iq la r o d a td a m a n fiy to 'q im a li boM ib, teri sa th id a n c h o 4kkan, y u m sh o q konsistensiyali, yupqa b o 4 a d i. A yrim hollarda



d a g ‘al. zich konsistensiyali, qalin b o ‘lib, teri sathidan k o 4tarilib turadi va bu gipertrofik yoki keloid chandiq deb ataladi. A gar chandiq yarasiz paydo b o ‘lsa, u chandiqli atrofiya (chandiqli yupqa teri) deb ataladi va uning ostidagi tomirlar k o ‘rinib, oson burm aga yig'iladi, ko'rinishi

esa g ‘ijim langan papiros q o g ‘ozini eslatadi. Turli kasalliklarda turli k o ‘rin ish va s h a k ld a g i c h a n d iq la r k u z a tila d i: y u ld u z s im o n , ta m g ‘asim on, m o za ik a sim o n , k o ‘priksim on, c h o ‘ntak sim on , keloid- gipertrofik, atrofiya turlari farqlanadi ( 15-rasm). Vegetatsiya (vegctatio) - «ko'payib tarqalish» ma’nosini anglatadi. Epidermis tikanaksimon qavatining qalinlashishi va derma so'rg'ichsimon qavatining o'sib ketishi bilan kechadi. Vegetatsiya ko'rinishi xo'roz tojisini yoki gulkaramni eslatadi, yumshoq konsistensiyali; yuzasi quruq, qo'ng'ir tusda bo'lib, ayrim hollarda eroziyalanadi; qizg'ish tusda bo'lib, seroz, seroz-yiringli ekssudat ajratadi. Vegetatsiya ko'pincha shilinish, yara yoki tugunchalar yuzasida hosil bo'ladi. Ayrim hollarda birlamchi toshma ham bo'lishi mumkin (o'tkir uchli kondilomalar). Lixenifikatsiya (lichenificatio) - terining quruqlashib, zichlanib dag'allanishi bo'lib, epidermis va terining so'rg'ichsimon qavatida kuchli infiltratsiya va akantoz hisobiga kuzatiladi. Terining tabiiy ko'rinishi o'zgaradi. Bunday teri turg'un giperemiyali, zich bo'lib, yuzasi kepaklanadi. Lixenifikatsiya odatda m ayda tugunchalar qo'shilishi. surunkali yalligiangan infiltrat va kuchli qichima bilan kechadi va neyrodermit va boshqa surunkali teri kasalliklarda uchraydi. Chaqa - qashima izlari, shilinish, tirnalish (excoricitio) chiziqsimor. teri defekti h isob lan ib (k o'p in ch a terining yuza defekti), u, asosan. qashlanish, tirnalish, shilinish natijasida paydo b o ‘ladi. A gar defekt epiderm isning yuqori qism idagina b o ‘lsa, to ‘g ‘ri chiziqli kepaklanuvchi y o ‘l- y o ‘1 k o ‘rinish y u za g a keladi. K uchli q ich ish ish o q ib a tid a esa chuqurroq derm agacha boradigan qashim a izlari paydo b o ‘lib, yuzasida q o n li q a lo q la r v u ju d g a k e la d i va e k sk o r ia tsiy a la r o l rnida g ip o - d e p ig m e n t li d o g 'la r va c h a n d iq h am h o sil b oM ish i k u z a tila d i. Ekskoriatsiya teri qichishi bilan kechadigan teri va sistem kasalliklarda b o ‘ladi. Atrofiya (atrophia) - teri trofikasi buzilishi hisobiga yuzaga keladi: teri yupqalanib, atrof terilariga nisbatan biroz botgan, tabiiy rasm ini y o ‘q otgan, rangi gipo-depigm entli, o ‘choq holida kuzatiladi. A trofiya toshm asi sklerodermiya, qizil yugirik kabi kasalliklarda uchraydi. Shunday qilib, terida uchraydigan 8 xil birlamchi va 10 xil ikkilam chi tosh m alar bor ekan. B em orn in g terisida birlam chi tosh m alar bir xil b o ‘lsa, bunga monomorf toshma, ya’ni bir xil toshm a deym iz. M asalan, qipiqli temiratkida terida bir xil toshm alar, y a ’ni tugunchalar b o ‘ladi. E n d i b o r d i-y u ikki va u n d a n k o ‘p r o q , bir n e c h a xil b ir la m c h i toshm alardan tashkil topgan b o ‘lsa, buni biz ch in p o lim o rf to sh m a, ya’ni har xil toshm ali k o ‘rinish deb ataym iz. M asalan, zaxm ning ikkilam chidavrida bem orning terisida bir vaqtda tuguncha, rozeola, yiringcha toshm alari b o ‘lishi m um kin. D em a k , bu yerda 3 xil birlam chi toshm a bor, bu haqiqiy, chin p o lim o rf toshm a deyiladi. Lekin terida haqiqiy bo‘lmagan, soxta polimorf toshma ham bolishi mumkin. Bunda terida bir xil birlamchi toshmalar turli davrda bo‘lishi va ularning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan bir necha xil ikkilamchi toshmalarni ko‘rish mumkin. Masalan, terida bir necha pulakchalar va shu bilan bir qatorda, shilinish, qaloq, yiringcha kabi ikkilamchi toshmalar bor. Y a’ni pufakchalarning bir qismi yorilib, shilinish, pufakcha qurib, qaloq va pufakchaga infeksiya o‘rnashgani natijasida paydo bo‘lgan (yiringcha) ikkilamchi toshmalar bor ekan. Bemor terisida bor toshmani amaliyotda izlab, ko‘rib, to‘g‘ri aniqlab bilishni o'rganish talaba uchun shart. Chunki, ish jarayonida bemorning shikoyatini eshitgandan keyin, shifokorning birinchi klinik harakati - bu bemor terisidagi bor o‘zgarishlarni izlab, unga to‘g‘ri baho berish, toshmalar orqali teridagi yoki sistem kasallikni aniqlash, ya’ni tashxis to‘g‘risida fikr yuritish bo‘ladi.
Download 36,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish