Dermatozlarni umumiy klinik belgilari va patomorfologiyasi, birlamchi va ikkilamchi morfologik toshmalar


Dermatozlar umumiy klinik belgilari va patomorfologiyasi



Download 36,35 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi36,35 Kb.
#266188
1   2   3   4   5
Bog'liq
DERMATOZLARNI UMUMIY KLINIK BELGILARI VA PATOMORFOLOGIYASI

Dermatozlar umumiy klinik belgilari va patomorfologiyasi

  • Dermatozlar rivojlanishini endogen va ekzogen omillari

    Teri to'qimalari doimiy o'suvchi, differensiyalanib, regeneratsiya- lanuvchi a ’zodir. Bu jarayonlardagi buzilish terining turli funksiyalarining o'zgarishiga, oqibatda esa turli dermatozlarga sabab bo'ladi. Adaptatsiya-kompensatsiya mexanizmlari izdan chiqadi, teri o'z funksiyasini me’yorda bajara olishni ta’minlayolmay qoladi. Bunda shartsiz ta’sir oqibatida yuzaga keluvchi teri o'zgarishlari mustasnodir. Bu xil ta’sirlar terida m a’lum reaksiya chaqiradi. Odatda, bunday ta’sirlarga yuqori konsentratsiyali kislotalar, ishqorlar, nur energiyasining katta miqdori, shu jumladan, rentgen nuri, yuqori va quyi haroratlar misol bo'la oladi. Teri tashqi muhitning doimiy tashqari (ekzogen) yoki (ichki endogen) omillarining patologik ta’siriga uchraydi. Endogen omillar butun organizmning kasalligi yoki ayrim a’zo va tizimlar o'zgarishi oqibatida vujudga keladi. Shuni ham aytish joizki, kasalliklar ko'pincha tashqi va ichki omillarning birgalikdagi ta’siridan yuzaga keladi, ayrim hollarda esa bir necha ekzogen omillar ta’siridan hosil bo'ladi, ulardan biri kasallik kelib chiqishiga tayyorlovchi, yana biri esa bevosita kasallik chaqiruvchi bo'lib xizmat qilishi mumkin (misol uchun piodermiyaning rivojlanishi). Ekzogen-etiologik omillarga mexanik, termik, nur, kimyoviy moddalar va turli infeksion agentlar kiradi. Endogen-etiologik omillar o'zlarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bular orasida ichki a’zolar kasalliklari, ayniqsa, jigar, oshqozon-ichak kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, endokrin, asab tizimi, gemopoez, tomir tizimi, genetik omillar va boshqalar alohida ahamiyatga ega. Moddalar almashinuvi, xususan, uglevodlar, yog'lar, mineral-suv almashinuvi buzilishlari shu xil moddalaming teridagi doimiy almashinuvining izdan chiqishiga olib keladi, bu o'zgarishlar esa terida turli xil patologik holatlarga sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, giperglikemiya furunkulyozga, teri qichishiga, yog4 almashinuvining buzilishi esa ksantomalar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Ko'plab ksanto- malar patogenezida gipo va avitaminozlar yotadi, asosan, A, C, PP, P va B vitaminlar yetishmovchiligi sababli ko'plab dermatozlar kuzatiladi. Misol uchun A vitamini yetishmovchiligi natijasida frinoderma, nikotin kislotasi yetishmasligidan esa pellagra va boshqa kasalliklar yuzaga keladi. Dermatozlarning yuzaga kelishida psixogen va markaziy asab tizimi (MAT)dagi hamda vegetativ asab tizimidagi o'zgarishlar sabab bo'lishi mumkin. Ekzema, eshakemi, teri qichishishining vujudga kelishida MATning birlamchi o'zgarishlari yotishi avvaldan m a’lum: bu o'zgarishlar psixik omillar oqibatida yuzaga keladi. Vegetativ asab tizimining o'zgarishlari oqibatida turli dermatozlar yuzaga kelishi ham fanga ma’lum. Dermatozlarning yuzaga kelishiga endokrin bezlar faoliyatining o'zgarishlari ham sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, teri miksedemasi qalqonsimon bez kasalligi bilan og'rigan bemorlarda uchrashi, Addison kasalligida terining bronza rangiga kirishi, oddiy husnbuzarning jinsiy bezlar faoliyati bilan bog'liqligi. Qator kasalliklar etiologiyasi va patogenezi immun o'zgarishlar bilan bog'liqligi kuzatiladi. Birinchi navbatda bu xil o'zgarishlar allergik va autoimmun jarayonlarga bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida o'choqli infeksiyaning roli sezilarlidir: masalan, surunkali tonzillit, gaymorit, otit, kariozli tishlar va boshqalar. O'choqli infeksiya organizmni sensebilizatsiyaga uchrashiga sabab bo'lishi, ikkinchi tomondan esa gumoral immunitetni pasaytirishi va immun tanqislikka sabab bo'lishi mumkin. O'choqli infeksiyalarning eshakemi, ko'p xilli ekssudativ eritema, psoriaz, qizil yugirik va boshqa dermatozlar patogenezida ahamiyati tasdiqlangan. Bir qator kasalliklar yuzaga kelishida m a’lum darajada irsiy omillarning ahamiyati katta. Xususan, ixtioz, pigmentli kseroderma, bullez epidermoliz, keratodermiya, atopik dermatit, psoriaz va boshqa kasalliklar shular jumlasidandir. Ayrim kasalliklar o'sma va infeksion kasalliklar metastazlanishi oqibatida yoki teri osti to'qimalari kasalliklarining teriga o'tishi natijasida vujudga kelishi mumkin (misol uchun, teri silining bir turi - skrofuloderma). Shuni ham qayd etish kerakki, ayrim dermatozlarning etiologiyasi va patogenezi oxirigacha o'rganilmagan. Shunday qilib, teri kasalliklari ko'pincha bir emas, bir necha sabablar bir necha nojo'ya ta’sirlarning uzoq muddat organizmga ta’sir etib turishi oqibatida teri kasalligining paydo bo'lishi uchun «sharoit» tayyorlasa, arzimas biror bir omil ta’siridan kasallik yuzaga chiqishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan teri kasalliklarining etiologik omillarini 3 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh - asosiy sababchi omillar, ya’ni ichki a’zolar o'zgarishlari, asab tizimi o'zgarishlari dermatozlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Misol uchun, moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida kalsinoz yoki ksantomatoz, qon ishlab chiqaruvchi a’zolar patologiyasi bilan leykemik toshmalar, teri limfomasi va boshqalar, irsiy o'zgarishlarning tug'ma kasalliklami vujudga keltirishi (misol uchun, ixtioz, qalqonsimon bez o'zgarishlari - teri miksedemasiga olib keladi). Ikkinchi guruhga xatarli omillar (faktor riska), ya’ni ichki a’zolar, asab tizimi, modda almashinuvini o'zgartiruvchi hamda irsiy omillar kirib, ular kasallikning vujudga kelishiga tayyorlovchi holatlar bo'lib xizmat qiladi. Uchinchi guruh hal qiluvchi omillar guruhi yig'indisidan iborat bo'lib, ular ichida stress birinchi navbatda turadi. Stress va boshqa etiologik holatlar xatarli yoki hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Bu esa u yoki bu omil ta’sir etgan vaqtda organizm qay holatda bo'lishiga bog'liq. Dermatologik bemorlar o'z kasalliklarining boshlanishi yoki ularning avjlanishini ko'p hollarda stress bilan bog'laydilar, xususan, psixogen omillarni kasallikning asosiy sababchisi deb biladilar. Shunga asoslanib aytish mumkinki, emotsional omil birlamchi bo'lib, teri o'zgarishlari esa uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin. U yoki bu kasalliklarga, xususan, teri kasalliklariga irsiy moyillik deganda ota-onadan bolalarga ba’zi xususiyatlar o'tadi, ya’ni moddalar almashinuvi, gomeostaz, a’zolar faoliyati, organizm tizimlari, hujayralar ichida kechuvchi biokimyoviy reaksiyalar va boshqa belgilar holati - bularning hammasi ularning tashqi hamda ichki ko'rinishlarini birdek ko'rsatadi, hatto ta’sirga javob reaksiyasi ham o'xshash bo'ladi. Bu o'xshashliklar u yoki bu xil kasallikka bir xil moyillikka olib keladi. Ammo bu moyillik doimo bir kasallikka chalinishga sabab bo'lmasligi ham mumkin, buning uchun moyillikni yanada oshiruvchi, qo'shimcha ta’sirlar zarur. Shundan ma’lumki, ota-ona va bolalar har doim ham bir xil kasallikka chalinavermaydi. Teri kasalliklarining patogenezi turli-tuman hamda murakkabki, asab, irsiy moyillikdan tashqari, ko'pgina kasalliklar patogenezida, asosan, organizmning tabiiy rezistentligiga va immun tizimidagi o'zgarishlarga ham bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida allergik omil asosiy rol tutsa, qizil yugirik, po'rsildoq yarada autoimmun jarayon, yana boshqa dermatozlarda esa ikkilamchi hujayra immunodefitsiti ahamiyat kasb etadi.

    Allergik genezli dermatozlarning ayrimlarida kasallik allergenlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga kontakt yo‘li bilan yoki organizmga turli yo‘llar bilan tushib, ta’sir etishi oqibatida kuzatilsa, yana bir guruhida esa allergiyani infeksion omillar chaqiradi (infeksion, bakterial allergiya). Bunda ikkilamchi infeksiya o‘choqlari yuqumli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Yana boshqa bir holatlarda organizmda allergizatsiyaga sabab bo‘luvchi omillar autoallergik jarayonlardir, bu holat ichki a’zolar patologiyasi, moddalar almashinuvining buzilishi va hokazolar tufayli vujudga keladi. Bu xil o‘zgarishlar birga uchrab, immun tanqislik holati va autoimmun reaksiyalar bilan kechishi mumkin. Shunday qilib, ma’lum bir sabab, ma’lum bir etiologik omil teriga turli ta’sir etish mexanizmiga qarab, har xil teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.




    1. Download 36,35 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish