583
2. Patent – bu ...
3. Pensiya fondi - bu ...
4. Penya – bu ...
3-topshiriq. Esse. Moliyaning davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun
ahamiyati. (Internetdan foydalanish mumkin, 10-15 gapdan iborat kichik insho
yozing)
4-topshiriq. Mavzu yuzasidan 8-10 ta so‘zdan iborat krossvord tuzing.
Topshiriqlar
1. Sizning hayotdagi asosiy maqsadlaringiz nimalardan iborat? Shu
maqsadlarga erishishda moliya qanday o‘rin tutadi? Siz qanday asosiy muqobil
maqsadlar(ga) bilan to‘qnashgansiz (duch kelgansiz)?
2. Sizga tegishli uy xo‘jaligi mulkining sof qiymati qancha? Siz o‘z
aktivlaringiz va majburiyatlaringizga nimalarni kiritdingiz? Mulkning sof
qiymatiga qo‘shish mumkin bo‘lgan nimalarni undan chiqarib tashla-dingiz?
3. Yolg‘iz odam qabul qiladigan moliyaviy qaror maktab yoshidagi bir
nechta farzand uchun mas’ul uy xo‘jaligi rahbarining qaroridan nimasi bilan farq
qiladi? Ularning ixtiyoridagi muqobil yo‘llar bir-biridan ajralib turadimi yoki
ularni turlicha baholashga to‘g‘ri keladimi?
4. Faraz qilaylik, ikkita oila bor: “A” va “B”. Oilalarning ikkalasi ham ota,
ona va maktab yoshidagi ikkita farzanddan iborat. “A” oiladagi er-xotinlar
ikkalasi ham ishlashadi va umumiy miqdorda yiliga 100000 dollar ishlab
topishadi. “B” oilada faqat er ishlaydi va u ham xuddi shuncha mablag‘ ishlab
topadi. Bu ikkala oila qabul qiladigan moliyaviy qarorlar nimasi bilan bir-biridan
farq qiladi?
5. Farzand necha yoshda moliyaviy mustaqil bo‘lishini kutsa bo‘ladi?
6. Siz avtomobil sotib olishga qaror qildingiz. Quyidagi savollarni diqqat
bilan o‘rganib chiqqan holda, o‘z kelajagingizni tahlil qiling:
• mashina sotib olishdan tashqari Sizning harakat vositasiga bo‘lgan
ehtiyojingizni qondirishning boshqa yo‘llari bormi? Variantlar ro‘yxatini tuzing
va har birining foydasiga va, aksincha, ularga qarshi fikrni bayon eting.
• Siz avtomobil sotib olishni qanday yo‘llar bilan moliyalashtiri-shingiz
mumkin?
• avtomobil sotib olish uchun kredit beradigan kamida uchta tashki-lotdan
ma’lumot to‘plang va har biri taklif etayotgan shartlarni o‘rganing.
• qanday mezonlar asosida Siz qaror qabul qilasiz?
584
7. Siz o‘z biznesingizni ochish imkoniyati ustida bosh qotirmoqdasiz, ammo
mablag‘ingiz yo‘q: a) O‘ylab ko‘ring, qarz(ga) olmas (kirmas)dan turib qanday
biznes bilan shug‘ullanish mumkin?; b) Endi oddiy foiz stavkalari bilan
istalgancha mablag‘ni qarzga olish imkoniyatingiz bo‘lganda qanday biznes bilan
shug‘ullangan bo‘lardingiz? Shu to‘g‘rida o‘ylab ko‘ring; v) biznes bilan
shug‘ullanib, qanday riskka to‘qnash (duch) kelishingiz mumkin?; g) yangi
biznesni moliyalashtirish uchun qayerdan mablag‘ olishingiz mumkin?
8. Firma bo‘lmagan biror tashkilotni tanlang, masalan assotsiatsiya yoki
diniy uyushma, va shu tashkilot qabul qiladigan moliyaviy qarorlarni sanab o‘ting
(chiqing). Bunday tashkilot qanday asosiy muqobil maqsadlar bilan to‘qnashishi
mumkin? Eng maqbul yo‘lni tanlashda tashkilot a’zolarining ehtiyojlari qanday
o‘rin tutadi? Mazkur tashkilotning moliyaviy menejeri bilan suhbatlashing va u
Sizning fikringizga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi? Shuni bilib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: