Davlatiy moliya


 Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

3. Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash 

(qabul qilish) 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomo-nidan  taqdim  etilgan 

byudjetnoma  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalari  tomonidan 

ko’rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi 

yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda 

soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi. 

 Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin 

quyi  palata  bo’lgan  Qonunchilik  palatasida  va  yuqori  palata  sanalgan  Senatda) 

alohida-alohida muhokama qilinadi. 

Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan 

shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular davlat 

byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda 

o’zgartirishlarni  taklif  qiladilar  va  tushuntiruv  xati  bilan  birgalikda  davlat 

byudjetiningloyihasiga xulosa beradilar. 

Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan 

so’ng,  har  ikki  palata  o’rtasida  davlat  byudjeti  loyihasi  bo’yicha 

kelishmovchiliklar  mavjud  bo’lmasa,  mamlakat  parlamentining  davlat  byudjeti 

to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida davlat byudjeti 

loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan 

iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak. 

Parlamentda  davlat  byudjeti  loyihasini  muhokama  etish  (ko’rib  chiqish)  da 

davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat 

byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan 

taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi 

nazarda tutiladi

103


                                                           

103

 Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda (Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) hukumat a’zosi bo’lmagan parlament a’zolari 



davlat  byudjeti  loyihasida  ko’zda  tutilgan  xarajatlarni  oshirish  yoki  yangi  soliqlarni  joriy  etish    bo’yicha  takliflar  kiritish 

huquqiga ega emas. Bunday tartibning o’rnatilganligi mamlakatdagi  tez o’zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatga  hukumatning 

ta’sir etish imkoniyatlarini kengaytiradi. AQShda esa Kongressning davlat byudjeti huquqi ancha kengdir. Parlament davlat 

byudjeti  huquqining  cheklanganligi  yana  shunda  ko’rinadiki,  qonunchilik  hokimiyati  byudjetni  yaxlit  hujjat  sifatida  qabul 

qilmasdan, faqat davlat byudjeti yo’llanmalari to’g’risida  har yillik qarorlarni qabul qilish bilan cheklanadi.  Bunda mamlakat 



367 

Davlat  byudjeti  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan 

tasdiqlanadi.  Ular    kuchga  kirishi  uchun  mazkur  masala  bo’yicha  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi. 

Davlat byudjetiga muvofiq: 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  asosiy  mak-roiqtisodiy 

ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga 

doir  qaroriga  muvofiq,  qaror  qabul  qilingandan  so’ng  bir  haftalik  muddatda 

tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  xalq  deputatlari 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  tomonidan  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjetlari 

daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.  

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar 

va  Toshkent  shahar  Kengashlari  qabul  qilgan  qarorlarga 

muvofiq 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 

hokimlari o’n ish kuni ichida: 

  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining,  viloyat-lar  va  Toshkent 

shahar  mahalliy  byudjetlarining,  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarining 

daromadlari  va  xarajatlari  hajmlarini,  Qoraqalpog’iston  Respublikasining 

respublika  byudjetidan,  viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent 

shahrining  shahar  byudjetidan  subventsiyalar,  o’tkazib  beriladigan  daromadlar 

dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning cheklangan miqdorlarini; 

  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlari  tarkibiga  kiradigan  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlariga 

umumdavlat  soliq  tushumlaridan  ajratmalarning  normativlarini.  Umumdav-lat 

soliqlaridan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  mahalliy  byudjetlari  tarki-biga  kiruvchi  tumanlar  va  shaharlar 

byudjetlariga  ajrat-malarning  normativlari  ayni  shu  soliqlardan  Qoraqal-

pog’iston  Respublikasi  byudjetiga,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy 

byudjetlariga  ajratmalarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  bilan 

belgilangan normativlaridan ortiq bo’lmagan miqdorlarda belgilanadi; 

  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  byudjeti-ning,  viloyatlar 

viloyat  byudjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  byudjetining  tumanlar  va 

shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari miqdorlarini; 

  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlari  tarkibiga  kiradigan  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlari 

aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlarini tasdiqlash 

bo’yicha qarorlar qabul qiladi. 

                                                           

prezidentiga ma’lum  maqsadlarga mablag’larni  sarf qilish vakolati  yuqori  chegarani belgilagan holda taqdim etiladi. Davlat 

byudjetiningayrim moddalari esa, umuman, ko’rib chiqilmasdan, avtomatik ravishda tasdiqlanadi. 




368 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  hokimlarining  tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetini, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjetlarini  tasdiqlash  to’g’risidagi 

qarorlariga  muvofiq  xalq  deputatlari  tumanlar  va  shaharlar  Kengashlari 

tomonidan tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari 

hajmlari  uch  ish  kuni  ichida  qabul  qilinadi.  Xalq  deputatlari  tumanlar  va 

shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari 

tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarining  daromadlari  hamda  xarajatlari  hajmlarini 

tasdiqlash bo’yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi. 

Davlat byudjeti qabul qilingandan so’ng uning mablag’lari byudjetdan mablag’ 

oluvchilarga o’rnatilgan tartibga muvofiq ravishda etkazilishi kerak. Unga ko’ra 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 

  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlari  daromadlari  va  xarajatlari  hajmlarini,  shuningdek  ularga 

O‘zbekiston  Respublikasi  respublika  byudjetidan  beriladigan  sub-ventsiyalar, 

o’tkazib  beriladigan  daromadlar  dotatsiyalar  va  maqsadli  ijtimoiy  transfertlar 

hajmlarini  Qoraqal-pog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 

Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida

  davlat  byudjeti  mablag’larini  taqsimlovchilar  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  uchun  belgilangan  daromadlar  va 

xarajatlarning hajm-larini ularning e’tiboriga — o’n ish kuni ichida etkazadi.  

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlari  tasdiqlangandan  keyin  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarining  moliya 

boshqarmalari:  

  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarining  daromadlari  va  xarajatlari 

hajmlarini,  shuningdek  ularga  tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasining 

respublika  byudjetidan,  viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent 

shahrining  shahar  byudjetidan  beriladigan  subventsiyalar,  o’tkazib  beriladigan 

daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va 

shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;  

  Qoraqalpog’iston 

Respublikasining 

respublika 

byudjetidan, 

viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan 

moliyalashtiri-ladigan  davlat  byudjeti  tashkilotlari  hamda  davlat  byudjeti 

mablag’lari  oluvchilar  e’tiboriga  ular  uchun  nazarda  tutilgan  byudjetdan 

ajratiladigan mablag’lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi. 

  Tumanlar  va  shaharlar  byudjetlari  tasdiqlanganidan  keyin  tumanlar  va 

shaharlar  hokimliklarining  moliya  bo’limlari  tumanlar  va  shaharlar 

byudjetlaridan  moliya-lashtiriladigan  davlat  byudjeti  tashkilotlari  hamda  davlat 



369 

byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan 

ajratiladigan mablag’larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish