Davlatiy moliya


Pensiya,  nafaqa  va  to’lov  xarajatlarini  moliyalashtirish  tartibi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Pensiya,  nafaqa  va  to’lov  xarajatlarini  moliyalashtirish  tartibi. 

Amaldagi  me’yoriy  hujjatlarga  muvofiq  Pensiya  jamg’armasi  quyidagi 

yo’nalishlarga xarajat qilinadi

83



1) ishlamaydigan fuqarolarga: 

  davlat  pensiyalarining  barcha  turlari  (yoshga  doir,  nogironlik  va 

boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari); 

  qonun 

hujjatlariga 

muvofiq 


Jamg’arma 

mablag’laridan 

moliyalashtiriladigan  kompensatsiya  to’lovlari  va  boshqa  to’lovlarni  to’lash 

uchun; 


2) ishlaydigan fuqarolarga: 

  davlat  pensiyalarining  barcha  turlari  (yoshga  doir,  nogironlik  va 

boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari); 

  dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni moliyalashtirish 2019-

yilning  1-yanvaridan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetidan 

amalga oshiriladi

84

);  


  16  yoshgacha  bo’lgan  nogiron  bolaning  ota-onalaridan  biriga  (vasiyga, 

homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lovlar; 

  qonun 

hujjatlariga 

muvofiq 

Jamg’arma 

mablag’laridan 

moliyalashtiriladigan  kompensatsiya  to’lovlari  va  boshqa  to’lovlar  uchun 

sarflanadi. 

Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va 

kompensatsiya  to’lovlari  va  boshqa  to’lovlarni  moliyalashtirish  uchun 

Jamg’armaning 

hududiy 

bo’linmalari 

tomonidan 

G’aznachilikning 

                                                           

83

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 



tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi  2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori

 

84



  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “2019-yilgi  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  prognozi  va  davlat  byudjeti 

parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086-son 

Qarori 28-band. 



308 

bo’linmalarida hisob raqamlari ochiladi. Jamg’armaning hududiy boshqarmalari 

to’lov  to’lanadigan  har  bir  oyning  15-kunigacha  ishlamaydigan  va  ishlaydigan 

fuqarolarga  pensiyalar,  ijtimoiy  nafaqalar,  kompensatsiya  to’lovlari  va  boshqa 

to’lovlar to’lash  uchun  mablag’larga  bo’lgan  ehtiyoj  hajmini belgilaydi  hamda 

Jamg’armaning  ijro  etuvchi  apparatiga  buyurtmanoma  taqdim  etadi. 

Jamg’armaning  ijro  etuvchi  apparati  Jamg’arma  xarajatlarini  O‘zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: 

  joriy  to’lov  oyining  15-kunigacha  —  o’tgan  oyning  ehtiyoji  hisob-

kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; 

  joriy to’lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan 

miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. 

Jamg’armaning  tuman  (shahar)  bo’limlari  pensiyalar,  ijtimoiy  nafaqalar, 

kompensatsiya  va  boshqa  to’lovlar  uchun  mablag’larni  aloqa  tashkilotlari  va 

banklarning hisob raqamlariga o’tkazadi.  

Jamg’armaning 

tuman 

(shahar) 



bo’limlari 

tashkilotlarning 

buyurtmanomalari  bo’yicha  ishlaydigan  pensionerlarga  pensiyalar,  dafn 

marosimi  uchun  nafaqalar  (mablag’lari  davlat  byudjetidan  qoplanadi),  16 

yoshgacha  bo’lgan  nogiron  bolalarning  ota-onalaridan  biriga  qo’shimcha  dam 

olish  kunlari  uchun  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  to’lovlarni 

to’lashga mablag’larni moliyalashtiradi. 

Jamg’armaning hisob raqamlaridan mablag’larni qonun hujjatlarida nazarda 

tutilmagan maqsadlarda o’tkazish va vaqtincha olib qo’yish taqiqlanadi. 

Jamg’armaning  hududiy  boshqarmalari  har  yili  15  iyundan  kechikmay 

Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan 

ijrosini va kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi 

yilga manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning daromadlari 

va xarajatlari prognozlari Jamg’armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab 

chiqiladi va Jamg’armaning Kuzatuv kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  byudjeti  belgilangan  tartibda  qabul 

qilingandan  va  kelgusi  yilga  uning  asosiy  parametrlari  tasdiqlangandan  keyin 

Jamg’armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasiga  —  mintaqalar 

bo’yicha  kelgusi  yilga  Jamg’arma  daromadlarining  tasdiqlangan  asosiy 

parametrlarini; 

  Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga — 

turlar  va  mintaqalar  bo’yicha  kelgusi  yilga  Jamg’arma  xarajatlarining 

tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo’nalishlarini) etkazadi. 

Jamg’arma  daromadlari  va  xarajatlarining  tasdiqlangan  ko’rsatkichlarini 

bajarish: 




309 

  yuridik va  jismoniy  shaxslardan  majburiy  to’lovlar,  badallar va  boshqa 

to’lovlar tushishining va yig’ilishining to’liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati 

organlari tomonidan; 

  Jamg’arma  mablag’larini  belgilangan  tartibda  o’z  vaqtida  va  to’liq 

moliyalashtirish,  o’z  vaqtida  tayinlash,  to’lash  va  manzilli  ravishda  sarflash, 

shuningdek  Jamg’arma  mablag’laridan  maqsadli  va  samarali  foydalanilishini 

nazorat  qilish  yuzasidan  —  Jamg’armaning  hududiy  boshqarmalari  va  tuman 

(shahar) bo’limlari tomonidan ta’minlanadi. 

Jamg’armaning  hududiy  boshqarmalari  Jamg’armaning  ijro  etuvchi 

apparatiga: 

  har  oyda,  hisobot  oyidan  keyingi  oyning  10-kunigacha  —  hududlar 

bo’yicha  to’langan  pensiyalar,  ijtimoiy  nafaqalar,  kompensatsiya  to’lovlari  va 

boshqa to’lovlar to’g’risidagi tezkor axborotni; 

  tasdiqlangan  shakl  bo’yicha  yuridik  shaxslarning  choraklik  va  yillik 

hisobotlari  taqdim  etilgandan  keyin  15  kun  mobaynida  —  mablag’lardan 

foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi. 

Jamg’armaning  Kuzatuv  kengashi  Jamg’armani  boshqarishning  yuqori 

organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 

bilan  tasdiqlanadi.  Jamg’armaning  Kuzatuv  kengashi  vakolatlariga  quyidagilar 

tegishli bo’ladi: 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishgan  holda 

Jamg’armaning  daromadlari  va  xarajatlari  prognoz  parametrlarini,  shuningdek 

Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib chiqish va tasdiqlash; 

  Jamg’arma  ijro  etuvchi  apparati,  hududiy  boshqarmalarining  amalga 

oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash; 

  vazirliklar  va  idoralar,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  boshqa 

tashkilotlar  mas’ul  xodimlarining  Jamg’arma  vakolatiga  tegishli  bo’lgan 

masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish; 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasining  Jamg’armaga 

majburiy  ajratmalar,  badallar  va  boshqa  to’lovlarning  to’liq  va  o’z  vaqtida 

to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitish; 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  Jamg’armaning  ijro 

etuvchi  direktorini,  uning  o’rinbosarlarini  lavozimga  tayinlash  va  lavozimdan 

ozod qilish to’g’risida taqdimnoma kiritish; 

  Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy nizomni 

tasdiqlash; 



310 

  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 

Pensiya jamg’armasining Pensiyalar tayinlash bo’yicha tuman (shahar) bo’limi 

komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; 

  Jamg’armaning  ijro  etuvchi  apparati  faoliyatini,  ayniqsa  Jamg’arma 

daromadlarini shakllantirish, uni o’z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli 

foydalanish yuzasidan nazorat qilish; 

  topshiriqlar,  vedomostlar  va  pochta  o’tkazmalari  bo’yicha  to’lanadigan 

pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar jo’natilishi va 

etkazib berilishi bo’yicha xizmatlarga haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash; 

  Jamg’arma  faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat 

ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga 

oshirilishi bilan bog’liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish. 

Jamg’armaning  ijro  etuvchi  apparatiga  Jamg’arma  Kuzatuv  kengashining 

taqdimnomasi bo’yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining  qarori  bilan  lavozimga  tayinlanadigan  ijro  etuvchi  direktor 

boshchilik  qiladi.  Ijro  etuvchi  direktor  Jamg’armaga  yuklangan  vazifalarning 

bajarilishi va o’z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. 

Jamg’arma  ijro  etuvchi  direktorining  birinchi  o’rinbosari  va  o’rinbosari 

Jamg’arma  Kuzatuvchi  kengashining  taqdimnomasi  bo’yicha,  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi. 

Jamg’armaning  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  boshqarmalari  boshliqlari  Jamg’arma  ijro  etuvchi  direktorining 

taqdimnomasiga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirining  qaroriga 

muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. 

Jamg’armaning  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahridagi  boshqarmalari  boshliqlarining  o’rinbosarlari,  Jamg’armaning  tuman 

(shahar)  bo’limlari  boshliqlari  Jamg’armaning  tegishli  hududiy  boshqarmalari 

boshliqlarining  taqdimnomasi  bo’yicha  Jamg’armaning  ijro  etuvchi  direktori 

tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 

Jamg’armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman 

(shahar) bo’limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi 

boshliqlarning  yuqori  boshliqlarga  hamda  Jamg’arma  Kuzatuv  kengashining 

raisiga bo’ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi. 

Jamg’armaning ijro etuvchi direktori: 

  jamg’arma faoliyatiga rahbarlik qiladi; 

  o’z  vakolatlari  doirasida  ijro  etuvchi  direktorning  o’rinbosarlari  hamda 

hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma o’rtasida 

lavozim vazifalarini taqsimlaydi; 



311 

  o’z  vakolatlari  doirasida  hududiy  boshqarmalar  va  tuman  (shahar) 

bo’limlari  rahbarlari  Jamg’arma  tomonidan  bajarilishi  majburiy  bo’lgan 

buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi; 

  belgilangan mehnatga haq to’lash fondi va xodimlarning soni doirasida 

ijro  etuvchi  apparatning  shtatlar  jadvaliga  o’zgartirishlar  kiritadi  va  uni 

tasdiqlaydi,  Jamg’armaning  tarkibiy  boshqarmalari  to’g’risidagi  nizomni 

tasdiqlaydi; 

  jamg’armaning  ijro  etuvchi  apparati  xodimlarini,  Jamg’armaning 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi, 

viloyatlar 

va 

Toshkent 



shahridagi 

boshqarmalarining  boshliqlari  o’rinbosarlarini,  Jamg’armaning  tuman  (shahar) 

bo’limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; 

  pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, 

statistika  va  buxgalteriya  hisobotlari  tuzilishini  va  belgilangan  tartibda  taqdim 

etilishini tashkil qiladi; 

  jamg’armaning  vaqtincha  bo’sh  mablag’larini  tijorat  banklaridagi 

depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi; 

  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vazifalar  va  vakolatlarni  amalga 

oshiradi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish