Darsning texnologik xaritasi mavzu



Download 1,07 Mb.
bet34/493
Sana13.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#358989
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   493
Bog'liq
5 sinflar uchun dars qoralamalari on

Dars usuli: savol-javob

Darsning rejasi:

  1. Nutq va gap.

  2. Gapning o'ziga xos belgilari.

  3. Gapning so'z va so'z birikmasidan farqi.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:

a)salomlashish

b)davomatni aniqlash

2. Uy vazifasini so’rash va baholash.

3.Mustahkamlash.

1. Sintaksis nimani o'rganadi?

2. Punktuatsiya tilshunoslikning qanday bo'limi?

3. Sport, tinchlik, elchi so'zlarini bog'lab, gap tuzing. Qanday tinish belgilaridan foydalanganingiz sababini ayting.



4.Yangi mavzuning bayoni

Darsda kitobda berilgan kirish topshiriqlari, qoidalar vositasida gap, gapning so'z va so'z birikmasidan farqi tushuntiriladi. Bunda darslik-dagi 1-topshiriq qo'l keladi. Sinf taxtasiga quyidagicha yoziladi:

Gul - so'z.

gulzordan teraman -so'z birikmasi.

Gulzordan gul teraman - gap.

Misoldagi so'z va so'z birikmasida tugallanmagan, gapda esa tugallangan ohang bor. So'z va so'z birikmasi tugal fikr bildirmayapti, gapda esa tugal fikr bor. So'ng qoidadagi har bir fikr shoshilmay batafsil tu­shuntiriladi.

2-topshiriq. Vatanni sevish to'g'risida maqol ayting. Tarkibida nechta so'z borligini aniqlang.

Siz yangi bir ertakni eshitdingiz. Uni o'rtoqlaringizga aytib bermoqchisiz. Ana shunda nima qilasiz? O'zingiz mansub bo'lgan tilning qonun-qoidalari asosida so'zlarni qo'shib hosil qilingan gaplardan foydalanasiz. Demak, nutqimiz gaplardan iborat bo'ladi. Masalan: 1. Baliqchi chol oltin baliq ushlab olibdi. 2. Sevinibdi. Bularning har ikkisi gap, lekin birinchisi bir necha so'zdan, ikkinchisi esa faqat bitta so'zdan tashkil topgan. Ularning har ikkisi uchun muhim narsa kesimlarning mavjudligi, tugallangan ohang bilan aytilishi va fikr ifodalashidir. Ana shu belgisi bilan gap so'z va so'z birikmasidan farq qiladi.

Ohang va fikr tugalligiga ega bo'lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so'z va so'zlar qo'shilmasiga gap deyiladi. Masalan: Vohid o'midan turdi

Yurti miz qanday chiroyli!

Yozuvda gap oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgilaridan biri qo'yiladi va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.

61-mashq. Quyidagi so'zlardan foydalanib gaplar tuzing, so'zlarning bog'lanishiga alohida diqqat qiling.

1. Ma'naviyat, qalb, quyosh.

2. Biz, Amir Temur, nabira.

3. Mustaqillik, abadiy, bo'l.

4. Siz, o'z, Vatan, sev.

5. Iste'dod, bola, deganda, kim, tushun.

6. Ona, tabiat, e'zoz.

62-mashq. O'qing. Har bir qatordagi gap, so'z va so'z birikmalari sonini aniqlang.

1. Ko'hna Samarqand. Har bir o'zbek bu shahar bilan faxrlanadi.

2. Mana Registon. Binolarga hayrat bilan boqaman.

3. Kuch-adolatda. Bu-Sohibqironning hayotdagi shiori edi.

4. Kuch-bilimda. U insonni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi mayoqdir.

63-mashq. Ertasi, shahrimiz, tonggi, bobom, do'stning, yuksak, kelajagi kabi so'zlarni tegishli so'zlar bilan kengaytiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.

Namuna: Ertasi: Vatanimning ertasi - Vatanimning ertasi charog'on.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish