Darsning texnologik xaritasi mavzu



Download 1,07 Mb.
bet31/493
Sana13.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#358989
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   493
Bog'liq
5 sinflar uchun dars qoralamalari on

DARSNING BORISHI:

1.Tashkiliy qism:

a)salomlashish

b)davomatni aniqlash

2. Uy vazifasini so’rash va baholash.

3.Mustahkamlash.

4.Yangi mavzu

Bu darsda o'quvchilar boshqa tildan o'zlashgan tilshunosliknjng ilmiy atamalariga ilk bor duch keladilar. O'qituvchi bu atamalarga alohida e'tibor bilan to'xtalib, bundan keyin ham shunday atamalar uchrashini tushuntiradi.



Sof ilmiy tushunchalar olamiga endi kirib kelayotganlari uchun darslikda berilgan qoidalarni o'quvchilarga batafsil, kengaytirilgan holda tushuntirish, qo'shimcha misollar yordamida izohlash lozim. Sintaksis va punktuatsiyaning bir-biriga bog'liqligi uqtiriladi. Buning uchun ikki dars oldin o'tilgan maqsadga ko'ra gap turlariga qaytib, gap qoliplari sintaksisga, ularga qo'yiladigan tinish belgilari punktuatsiyaga tegishliligi tushuntiriladi.

Berilgan barcha mashqlar o'quvchilarning ijodiy ishlashi, mustaqil fikrlashi uchun qaratilgan. Mashqlarning shakli, sharti turlicha bo'lsa-da, ularni quyidagi uchlik birlashtirib turadi:

Talaffuzda: gap — ohang — ma'no

Yozuvda: gap — tinish belgisi — ma'no

Har bir gapni shu ikki sxema bo'yicha tahlil qilish kerak, misol tariqasida 56-mashqning birinchi gapini olaylik.

Bu gaping yomon, bo'lmadi. Bu gaping yomon bo'lmadi.

O'quvchilar avval gaplar orasidagi farqni tushuntiradilar. Bu farqni talaffuzda ohang bilan ham farqlab berishlari kerak. So'ng tinish belgisi (ya'ni vergul) izohlanadi.

59-mashqda 56-, 58-mashqlar xarakteridagi topshiriq berilgan. Farqi shuki, oldingi mashqlarda tayyor berilgan gaplarda tinish belgilari orqali ma'no o'zgarishi kuzatilsa, bu mashqda o'quvchi o'zi musta­qil gap tuzishi va vergul o'rnini o'zgartirish bilan gapning mazmunini o'zgartirishi kerak. Albatta, bunday gap tuzish 5-sinf o'quvchisi uchun biroz murakkabroq, shuning uchun u iqtidorli o'quvchilarga mo'ljallangan. Bu topshiriqqa sinfdagi barcha o'quvchilarni jalb etish mumkin. Iqtidori pastroq o'quvchi bunday gapni tuzolmas, har holda uning o'ylanishi, izlanishi, gap tuzishga intilishi o'qituvchi uchun yutuq hisoblanadi. O'quvchi tomonidan tuzilgan bitta muvaffaqiyatli gap uning ijobiy baholanishi uchun yetarli bo'ladi. Uni ijodiy ish sifatida baholab, sinf taxtasiga yozdirib, hamma bilan birgalikda tahlil qilish kerak.

1-topshiriq. Quyidagi so'zlarni bir-biriga bog'lab gap tuzing. O'zbekiston, buyuk, kelajak, davlat. Gap tuzish uchun nimalar qilganingizni ayting.

2-topshiriq. Yaxshi, kitob o'qi.

Yaxshi kitob o'qi.

Yuqoridagi jumlalar bir-biridan nimasi bilan farq qilayotganini ayting. Tinish belgisining fikrni to'g'ri ifodalashdagi ahamiyatini tushuntiring.

Ma'lum bir fikrni ifodalash uchun so'zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog'lab, gap tuzamiz.

So'zlarning bir-biriga bog'lanishi, gap va uning turlarini o'rgatadigan tilshunoslik bo'limiga sintaksis, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to'g'ri qo'llash yo'l- yo'riqlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limiga esa punktuatsiya deyiladi.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish