Darsning jihozi: mavzu doirasidagi jadvallar.
Darsning rejasi:
Darak, so'roq, buyraq va his-hayajon gaplar haqida ma'lumot.
Ularda tinish belgilarining ishlatilish o'rinlari.
Darsning borishi:
I.Darsni tashkil qilish:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH
Dars avvalida takrorlash uchun savollarga javob berilgach, ramziy belgilar (sxemalar) asosida gaplar tuziladi. Boshlang'ich sinfda ega bir to'g'ri chiziq, kesim ikki chiziq, barcha ikkinchi darajali bo'laklar to'lqinli chiziq bilan shartli belgilanishi eslatiladi va taxminiy quyi-dagicha sxemalar asosida gap tuzish topshiriladi:
1. !
2. ?
3. ?
Gapning maqsadga ko'ra turlari va ularda qo'yiladigan tinish bel-gilari takrorlanib, eslanib olingach, 52-mashq bajariladi. Mashqda berilgan matn mazmuni o'zlashtirilgach, o'quvchilar 4-sinfda o'qigan «Tabiatshunoslik», 5-sinfda o'rgana boshlagan «Botanika» fanlariga bog'lanish qilinadi. O'quvchilar mashqda berilgan gaplar oxiriga tushiril-gan tinish belgilarini qo'yadilar va sharhlaydilar. Dars oxirida qisqa suhbat o'tkaziladi.
52- mashq. Matnni o'qing. Gaplarning oxiriga kerakli tinish belgilarini qo'yib daftaringizga ko'chiring.
Tog'ga ham chiqamizmi () dedi Feruza quvoncnidan qichqirib ( ) Zuhra Feruzaning qo'lidan ushlab yo'l boshlagan edi, oyisi tayinladi () -Yalpiz ham terib kelinglar (?) Feruza yalpizni hech ko'rmagan edi ( ) - Nima yalpiz ham gulmi ( ) deb so'radi ( ) - Voy, yalpizni bilmaysanmi () Fotima hayron bo'ldi () Yalpiz o't-da()
53-mashqda berilgan rasm asosida matn yaratish topshirig'i beriladi. Og'zaki bajariladigan bu mashqda gaplarning turli qolipda bo'lishini o'qituvchi nazorat qilib turadi. 5-sinfda o'quvchilar gap tuzishda ko'plab uslubiy xatolarga yo'l qo'yadilar. Bu o'qituvchining nazaridan chetda qolmasligi kerak.
Nutqda his-hayajon gaplarni ifodalash ohangga bog'liq. His-hayajon gaplar bilan ishlashga qaratilgan 54-mashqni bajartirishda har bir gapni sokin va his-hayajon bilan o'qib, yozuvda qaysi tinish belgisi qo'yilishi muhokama qilinadi. Yo'qsa, keyinchalik o'quvchilar har qanday buyruq gap oxiriga undov belgisi qo'yib qo'yishlari mumkin.
Mashqlar matni asosida muxtasar holda ma'naviy, axloqiy yo'nalishda suhbat o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu darsda eng asosiysi, xoh yozma, xoh og'zaki bo'lsin, gaplarda qo'llanilgan tinish belgilarini sharhlashdir
Do'stlaringiz bilan baham: |