Rivojlantiruvchi maqsad - o'zlikni anglash tuyg'usini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: savol - javob
Darsning jihozi: turli rasmlar, jadvallar, slaydlar
Darsning rejasi:
Uyushiq bo'laklarida umumlashtiruvchi bo'lak.
Umumlashtiruvchi so'zda tinish belgilari.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b) davomatni aniqlash
d) she’riy daqiqalar
2. Uy vazifasini so’rash va baholash.
3.Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar
1. Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
4.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriqqa ko'ra o'quvchilar quyidagicha gap tuzishlari mumkin: O'zbekistonda Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Buxoro kabi yirik sha-
harlar bor.
2-topshiriqqa javoban esa: Menga palto, telpak, jemper va qo'lqop kabi qishki kiyimlar zarur - deb gap tuzishlarini tasavvur qilsa bo'ladi.
Nazariy bilimlar berilgach, o'qituvchi yana shu gaplarga qaytib, qoidalarga muvofiq ravishda ularni o'zgartiradi:
O'zbekistonda yirik shaharlar: Toshkent, Samarqand, Buxoro bor.
Gaplardagi uyushiq bo'laklar va umumlashtiruvchi so'zga so'roq beriladi hamda ular bog'langan so'z aniqlanadi. Fikrlar xulosalanib, o'quvchilarga yana bor qoida havola qilinadi: uyushiq bo'laklar va umumlashtiruvchi bo'lak bir xil so'roqqa javob bo'ladi hamda bitta gap bo'lagiga bog'lanadi.
168-mashqda berilgan matn o'qiladi, bir necha o'quvchiga maz-muni so'zlatiladi va unga mos sarlavha topiladi. Matnning uch yerida umumlashtiruvchi bo'lak va uyushiq bo'laklari keltirilgan, ularni topib, tinish belgilari izohlanadi. Sarlavha «Maqtanma g'oz, hunaring oz»
bo'lishi mumkin.
Keyingi mashqlarda berilgan gaplarning aksariyati milliy-diniy qadriyatlar, insoniy fazilatlar talqiniga bag'ishlangan, 169-mashqdagi di-yonat, jaholat so'zlarini o'quvchi tushunmasligi mumkin. O'qituvchi ularning ma'nosini izohlab berishi kerak. Insof diyonat so'zining, jaholat esa nodonlik so'zining ma'nodoshi hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
2. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
Uyga vazifa:171-mashq. Uyga topshiriq. O'zinglz qatnashgan bayram, to'y yoki kechalarni tasvirlab hikoyacha tuzing. Unda uyushiq bo'laklar va umumlashtiruvchi so'z ishtirok etsin.
Ko’rildi: _________________________31. 10.2016
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 48
Do'stlaringiz bilan baham: |