Mavzu: MUSTAHKAMLASH DARSI
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad - gap bo'laklari bo'yicha o'tilganlarni takrorlash;
Tarbiyaviy maqsad - oilaga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad - mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivoj-lantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: savol - javob
Darsning jihozi: gap qoliplari bo'yicha ko'rgazma.
Darsning rejasi:
Savollarga javob berish orqali takrorlash.
Topshiriqlar bajarish orqali mustahkamlash.
Gap qoliplari ustida ishlash.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
2. Uy vazifasini so’rash va baholash.
3.Mustahkamlash.
4.Yangi mavzu:
Dars mustahkamlash uchun berilgan yettita savolga javob berish bilan boshlanadi. O'quvchilardan javoblarini albatta misollar bilan asoslashlari talab qilinadi. Oldingi darsda uyga topshiriq qilib berilgan 162-mashq talabi bo'yicha tuzilgan gaplarni so'rash maqsadga muvofiq. Bunda biryo'la uy vazifasi ham nazoratga olingan bo'ladi. Agar uy topshirig'ida savollarning javobiga mos keladigan gaplar tuzil-magan bo'lsa, shu joyning o'zida og'zaki misol keltirishlari so'raladi.
Savollar
1. Qanday gap bo'laklarini bilasiz?
2. Qaysi gap bo'lagi boshqa bo'laklarsiz ham yolg'iz o'zi gap bo'la oladi?
3.Gap bo'laklaridan qaysilari, asosan, kesimga bog'lanadi?
4.Kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar bilan hokim bo'lakka bog'langan so'z qaysi gap bo'lagi bo'ladi?
5.1kkiva undan ortiq gap bo'laklaridan iborat bo'lgan gap qanday gap hisoblanadi?
6.Qaysi gap bo'lagi to'ldiruvchiga tobe bog'lanib kelishi mumkin?
7.O'zbek tilida gap bo'laklari qay tartibda joylashadi?
1-topshiriq ega va ot kesimni farqlash maqsadida berilgan. Aksari-yat hollarda o'quvchilar kim? so'rog'iga javob beradigan so'zlar gapda doimo ega bo'ladi, degan tushunchada bo'ladilar. O'quvchi quyidagicha gap tuzishi mumkin: Akam (kim?) mohir haydovchi (kim?). Gap tahlil qilingach, xulosa beriladi: Gap boshida kelib, kim? so'rog'iga javob bo'ladigan so'z ega, gap oxirida kelib, kim? so'rog'iga javob bo'ladigan so'z kesim vazifasini bajaradi.
1-topshiriq. Uchta yoki to'rtta so'zdan iborat gap tuzing. Unda kim? so'rog'iga javob bo'ladigan so'z gapning boshida va oxirida kelsin. Ularning qaysi gap bo'lagi bo'lib kelishini aniqlang. Gapdagi boshqa so'zlarning qaysi so'roqqa javob bo'lishi va qanday gap bo'lagi bo'lib kelishini ayting.
2-topshiriq orqali she'rda, ayniqsa, inversiya hodisasida gap bo'laklarini aniqlash malakasi shakllantiriladi. Bunda, albatta, o'qituvchi yo'naltiruvchi savollar orqali o'quvchilarga yordam berishi kerak. 3-, 4-topshiriqlar ham bolalarni mustaqil, ijodiy fikrlashga yetaklaydi.
2-topshiriq. She'rni o'qing. Unda ishtirok etgan gap bo'laklarini aniqlang.
- Aka, aka, bugun men -Tushimda-chi, men bilan
Juda qiziq tush ko'rdim. Nasiba ham bor edi.
-Qani, ayt-chi, tushingni,- Yuzim yuvib kelguncha
Kulib singlimdan so'rdim. Aytib bersin u,-dedi.
3-topshiriq. Yuqorida berilgan she'rdagi to'ldiruvchilarni o'zi tobe bog'langan so'z bilan birga ko'chiring. Ularning hokim so'zga qanday vositalar orqali bog'langanini ayting va bu vositalarning ostiga chizing.
4-topshiriq. Berilgan qoliplar asosida gaplar tuzing. Gap bo'laklarining joylashish tartibiga e'tibor bering.
Ega, aniqlovchi, kesim. Ega, hoi, kesim.
Ega, aniqlovchi, to'ldiruvchi, kesim.
Ega, to'ldiruvchi, hoi, kesim.
Aniqlovchi, ega, to'ldiruvchi, kesim.
To'ldiruvchi, kesim. Kesim.
UYGA VAZIFA:
163-mashq. Uyga topshiriq. Quyidagi jadvalni gap bo'laklarining so'roqlari bilan to'ldiring. Ularning har biriga og'zaki misol keltiring.
Kesim Ega Hol To'ldiruvchi Aniqlovchi
Ko’rildi: _________________________28. 10.2016
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 46
Do'stlaringiz bilan baham: |