Dak ga yuborilsin Dekan dots. T. Jiemuratov 2014 y



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana02.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#730674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

 
Inflyatsiya nazariyalari 
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar 
uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini 
o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda 


13 
uning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar 
indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis 
davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni 
aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v 
xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha 
hisoblanadi: 
PKt 
IPTs = ------------ x 100 % 
PKb 
Bu erda: IPTs – iste`mol narxlarining indeksi; 
PKt - iste`mol savatining joriy narxi; 
Pkb - iste`mol savatining bazis narxi. 
Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan aniqlash mumkin. 
Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so`m bo`lgan va uning joriy 
davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning 
narxi 117 % ga ortgan. 
585 so`m 
1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 %
500 so`m 
Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot 
indeksi ko`rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma`lum bir davr 
mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, 
bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi 
ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o`lchash 
uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator – bu pul ifodalangan iqtisodiy 
ko`rsatqiyalarni o`tgan davrdagi baholar darajasiga nisbatan taqqoslash maqsadida 
qo`llaniladigan koeffitsientdir. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy 
ish haqi darajasini aniqlash mumkin. 


14 
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o`rganish va uni oqilona 
boshqarish bo`yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan biri bo`lib Angliyalik taniqli 
iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns 
bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini 
ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib 
borish, talabni rag`batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga 
oshirishi imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy 
mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat: 
1.
mamlakat aholisining ish bilan ta`minlanganligi darajasi ishlab chiqarish 
xajmi bilan aniqlanadi;
2.
umumiy talab taklifga to`g`ri kelmaydi, chunki ma`lum pul mablag`lari 
jamg`arishga sarflanadi; 
3.
ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan 
aniqlanadi; 
4.
investitsiyalar va jamg`armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda 
jamg`arma aktlari mustaqil faoliyat ko`rsatadi. 
Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo`shimcha pul emissiyasi 
aholining to`lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va 
xizmatlarni ko`payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
xaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko`paytiradilar va 
muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan 
to`ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya 
«tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan. 
O`tgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos 
solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel` mukofatining 
laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»ning boshlig`i Milton Fridmen asos soldi. 
Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm 
maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1)
«Pullar ahamiyatga egadir», ya`ni kredit – pul sohasidagi o`zgarishlar 
mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi; 


15 
2)
Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo`jalik holatidan qat`iy nazar pul 
massasining barqaror o`sishini ta`minlab turishi lozim. 
M. Fridmenning asosiy g`oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat 
ig`tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat byudjetining holati, ishsizlik darajasi 
va boshqa makroekonomik ko`rsatqichlardan qat`iy nazar davlatning pul 
siyosatidagi asosiy vazifasi o`rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g`oya Dj. 
Keyns g`oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini o`sishidagi cheklovlar 
va talabni oldinga surgan bo`lsa, M. Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy 
o`sishini oldinga surgan. 
Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlaydilar: 
- tadbirkorlikning to`g`ridan-to`g`ri rag`batlantirish (foydaga investitsiya qilingan 
qismidan soliqlarni pasaytirish); 
- davlat xarajatlarini qisqartirish; 
- investitsiyaga yo`naltirilgan jamg`armalarning o`sishini rag`batlantirish 
(mamlakat aholisining jamg`armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog`ozlarga 
joylashtirish). 
O`z mohiyatiga asosan monetaristik siyosat qat`iy siyosat bo`lib, uni amalga 
oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarqlikni talab etadi. Shuni 
ta`kidlash lozimki, Dj. Keyns va M. Fridmen yaratgan nazariyalari inflyatsiya bilan 
oqilona kurash olib borishda mutloq to`liq javob bermaydi. Har ikkala nazariya 
o`zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham egadir. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdagi 
inflyatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosi 
hal etishlikni, ularning o`zaro bog`liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik 
iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflyatsiya va ishsizlik haqiqatda 
ular o`rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha aniq olingan 
mamlakatda aholi o`rtasida ishsizlik darajasi past darajada bo`ladi. O`z vaqtida 
uning aksi inflyatsiya darajasi yuqori bo`lgan holatda, ishsizlik darajasi past 
bo`ladi. Biz buni quyidagi grafikda ko`rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, 
inflyatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati 


16 
tushib boradi. Ushbu holat aholining turli toifalari narx-navo ko`tarilishi natijida 
yo`qotilgan haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur 
bo`ladi. Buning natijasida, mamlakat aholisi o`rtasida ishsizlak darajasining 
pasayishi kuzatiladi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish