Tajribaga asoslangan (eksperimental) tadqiqotlar (kuzatishlar, amaliy
mashg‘ulotlar, tajribalar). Tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini o‘quvchilar
botanika darslarida olib boriladigan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish
davomida hamda darsdan tashqari ishlar davomida hosil qiladilar. Mavzular:
Kartoshka ko‘chatini chopiq qilishning ahamiyati. Mineral o‘g‘itlarning oshpiyoz
rivojiga ta’siri. O‘simliklarni tuproqsiz o‘stirish. O‘simliklarning yuqori haroratga
moslashuvi. O‘simlikning urug‘dan rivojlanishi. Organik o‘g‘itlarning lavlagi
rivojiga ta’siri. Pomidor ko‘chatini xomtok qilishning ahamiyati. Tashqi muhit
omillarining xona o‘simliklariga ta’siri. Xona o‘simliklari bargidan kislorod
ajralishini o‘rganish. Yorug‘likning o‘simliklarga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |