2. Tajriba-sinov ishlari. Tajribalar o‘tkazish o‘quvchilardan ma’lum
bilimga ega bo‘lishni, bilimlarini amaliyotga qo‘llay olish mahoratini, sabr-toqat
bilan ish olib borish kabi jihatlarning bo‘lishini talab etadi. Tajribalar o‘tkazish
davomida o‘quvchilar mustaqil faoliyat olib borish ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Tajriba ishlari davomida o‘quvchilarda ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqish uyg‘onadi.
Tajriba ishlarining maqsadi, mohiyati, rejasi, o‘tkazish tartibi, uning natijalari
maxsus daftarga qayd etib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |