Curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy termiz -2020



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/105
Sana02.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#88663
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
3.2.Biologiya-fanini-oqitish-metodikasi

  
 Izoh:  Tinglovchilar  sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlar  hamda  ekskursiyalarning  
maqsadini o‘quv faoliyati natijalari ko‘rinishida aniq ifodalashlari zarur.  
 
Amaliy mashg‘ulotga doir nazariy material 
Maktab tajriba maydonchasidagi  darsdan tashqari ishlar 
Biologiyani  o‘qitish  amaliyotida  maktab  tajriba  maydonchasiga  alohida 
e’tibor beriladi. Bu erda o‘quvchilar dala o‘simliklari, sabzavot ekinlari, rezavor-
meva    ekinlari,  manzarali  o‘simliklar  va  o‘simlik  biologiyasi  bilan  tanishadilar, 
ularni  pravarish  qilish,  begona  o‘tlardan  tozalash  va  zararkunanda  hasharotlarni 
yo‘qotish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshiradilar. 
O‘quvchilarning maktab tajriba  maydonchasida kuzatish va tajriba qo‘yish 
ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etilishi biologiya o‘quv xonasini o‘quv jarayoni 
uchun  kerakli  tarqatma  materiallar  bilan  ta’minlash,  kuzatish  va  tajribalarning 
natijalarini darsda namoyish qilish imkonini beradi. 
O‘quvchilarga  aniq  puxta,  mantiqiy  tuzilgan  reja  asosida  ishlash  uquvini 
singdirish  zarur.  Buning  uchun  maktab  o‘quv  tajriba  maydonchasida  katta 
pedagogik imkoniyatlar bor.  Maktab tajriba    maydonchasini  tashkil  etish,  ekin va 
ko‘chatlar  ekishning  puxta  o‘ylangan  rejasini  tuzishni  birinchi  o‘ringa  qo‘yish 
kerak.  O‘quv  tajriba  maydonchasida  5-11-sinflarda  darsdan  tashqari  ishlar  kuzda, 
bahorda  amaliy  mashg‘ulotlar,  yozda,  kuzda  va  bahorda  tajribalar  qo‘yish  va 
kuzatishlar  o‘tkazish,  biologiya  darslarida  tarqatiladigan  va  ko‘rgazmali 
materiallarni tayyorlash yuzasidan o‘tkaziladi.  
Maydonchada  «YOsh  tabiatshunoslar»  to‘garagi  ish  olib  boradi.  To‘garak 
a’zolari maktab tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etish va maktab, sinfdan 
tashqari tadbirlar: «Hosil bayrami», «Qushlar bayrami»ni o‘tkazishga tayyorlanish, 
ko‘rgazmalar  tashkil  etishda  o‘qituvchiga  yaqindan  yordam  beradilar.  Maktab 
tajriba  maydonchasidagi  ishlarni  tashkil  etishda  o‘quvchilarni  kichik  guruhlarga 
ajratish, har bir guruh etakchisini tayinlash, etakchiga bajariladigan ishlar bo‘yicha 
aniq topshiriqlarning berilishi ishning samarali bo‘lishi va ularni nazorat qilinishi, 
o‘quvchilarning o‘z vaqtida rag‘batlantirish imkonini beradi. 
Ota-onalar,  maktab  ma’muriyatining  mazkur  ishlarni  tashkil  etishda 
yaqindan  yordam  berishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Maktab  tajriba  
maydonchasining  tarkibiy  qismlari  bo‘yicha  metodist  olimlar  o‘rtasida  turlicha 
yondashuvlar mavjud.  Jumladan, P.I. Borovskiy maktab tajriba  maydonchasi ikki 
bo‘limdan: tajriba va kolleksiya bo‘limlaridan iborat bo‘lishini ta’kidlagan. 
N.M.  Verzilinning  fikricha,  maktab  tajriba    maydonchasi  bir  necha:  dala, 
sabzavot,  rezavor,  manzarali  o‘simliklar,  biologiya  va  zoologiya  bo‘limlaridan 
iborat bo‘lishi darkor.  


98 
 
 
Maktab  tajriba  maydonchasida  maktab  o‘quv  dasturida  o‘rganiladigan 
o‘simliklar: dala, poliz, rezavor mevalar, manzarali va yovvoyi o‘simliklar bo‘lishi 
kerak. Shunga muvofiq, maydoncha aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor meva, 
manzarali,  biologiya  va  zoologiya  bo‘limlariga  ega  bo‘lishi  zarur.  Maydonchada 
metrologik  stansiya,  auditoriya  barpo  etish  zarur.  Har  bir  bo‘limda  o‘simlik 
kolleksiyasi va ular ustida tajriba o‘tkazish uchun joy ajratiladi. Sabzavot ekinlari 
ustida  o‘tkaziladigan  tajribalar  quyidagilar  bo‘lishi  mumkin:  erga  qo‘shimcha 
ishlov  berishning  tasiri,  qalamchadan  ko‘paytirish,  chatishtirish,  novdalarni 
chilpishning  tasiri,  yaxshi  o‘simliklarni  urug‘lik  uchun  ajratish,  asosiy  ekinlar 
(karam,  pomidor,  lavlagi,  piyoz,  bodring  va  b.)  dan  yuqori  hosil  etishtirish. 
Biologiya 
kursidan 
mavzularni 
o‘tishda  bu  tajribalarning  barchasidan 
foydalaniladi.   
Biologiya o‘quv xonasi, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba  maydonchasi 
biologiya  o‘kitishning  yaxlit  moddiy  texnika  bazasini  tashkil  etadi.  Biologiya 
o‘qituvchisi  biologiya  o‘kitishning  moddiy  texnika  bazasining  har  bir  tarkibiy 
qismining  didaktik  funksiyasi,  biologiya  darslari  bilan  bir  qatorda,  o‘quvchilar 
bilan olib boriladigan darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o‘quvchilarning mustaqil 
ishlarini  maqsadga  muvofiq  tashkil  etish  yo‘llarini  belgilashi  va  o‘z  pedagogik 
faoliyatini amalga oshirishi lozim.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish